Shunday bir kun kelsa - xotirjam, xushhol 
Tole`ing doriga ko`nglimni ossam... 
Dunyoda borligim keltirmay malol, 
Bosgan izlaringni ko`zimga bossam... 

Shunday bir kun kelsa - quyoshli, nurli, 
Hijron zindonlarin qulfi yechilsa...
Umidlar bag`rida tongdek sehrli 
Diydor dunyosiga yo`llar ochilsa... 

Shunday bir kun kelsa - taqdirning taxti 
Bir sho`r peshonamga bitilgan bo`lsa... 
Firoq rangidagi armon daraxtin 
Poyiga xazoni to`kilgan bo`lsa... 

Shunday bir kun kelsa - sog`inch degan rang 
O`tmish xotiriga ketilsa yutib. 
Xudoyim hukmida qarshimga chiqsang - 
Sevging gullarini qo`limga tutib... 

Shunday bir kun kelsa... 
Ikkimiz birga - 
Baxtiyor umrni yashab o`tolsak...
