Yana ko'zimda yosh, dilimda alam,
Alamim qo`limga tutqazdi qalam..
o`hlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam,
Qaniydi men sizni so`g inmasaydim..
Kunlar o`taverar, o`tadi vaqt ham, 
o`tadi, ketadi bir zumlik baxt ham. 
Kun kelib bitadi dildagi dard ham, 
Ungacha men sizni so`g'inmasaydim..
Har yerdan qidirib sizni ovora,
So`g'inib yig'layman yuragim pora. 
Baxtli bo` larmidim unutsam zora, 
Unutib hech qachon sog'inmasaydim.. 
Ko` zingiz ko`raman har bitta ko`zda,
So`zingiz sezaman har bitta so`zda. 
o`zingiz izlayman har bitta yuzdan,
To`polmayin ko`nib sog'inmasaydim..
Kechalarim bedor, tunlar uxlamay, 
o`zgani o`ylasa meni sog'inmay. 
Ahvoling ne deya bir bor yo`qlamay,
Qadrim bilmaganni sog'inmasaydim..

---------------