Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... 
Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... Esga olar uni... 

Esga olar uni, qolida qadax-may, 
Har kuni shu ahvol ichadi toxtamay. 
Mayga tola qadax tugab borgani sari, 
Bir necha soatga unutilar dardlari. 
Tongi soat 7 bedor otkazgan tun, 
Kunida yoq mano holati tushkun. 
Chidashga harakat qilar tishni qoyib tishga, 
Yana kechikib boradi doimgidek ishga. 

Hammasi boshqacha edi bir necha oy oldin, 
Sevgani yonida edi baxti edi butun. 
Yoshga tola kozlarida tola edi quvonch, 
Yuzidan sezilardi ertangi kunga ishonch. 
Endi na ishonchi na sevgani bor, 
Xiyonatmikin bu savol aylanar takror. 
Orzusiz qolgan yurakka armon boldi sherik, 
Hammasi tugani qoldi faqat yolgizlik. 

Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... 
Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... Esga olar uni... 

Esga olar uni, kozlarida charchoq, 
Yagona ermagi qolidagi kozmunchoq. 
Ha, bu osha munchoq qolgan osha qizdan, 
Qancha vaqt otmasin u qiz chiqmaydi esdan. 
Vaqt hammasiga davo deyishgandi unga, 
Lek yurakdagi soginchi ortar kundan-kunga. 
Qolida mobili qizni raqamin terar, 
Aqldan ozdimikin alam bilan yiglar. 

Yaqindagina ikki yosh sevishgan yurak, 
Birga edi doim bir maqsad, bitta istak. 
Begona edi ularga ayriliq, shubha, gumon, 
Yurakda tola orzu begona hatto armon. 
Endichi otdi-ketdi hammasi kechagi kun, 
Qiz ketdi, bola hayoti esa ostin-ustin. 
Ikkita surat va kozmunchoq u kundan estalik, 
Boshqa hech narsa yoq faqatgina yolgizlik. 

Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... 
Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... Esga olar uni... 

Bugun 9 iyul qizni tugilgan kuni, 
Bolani qolida qiz sevgan atir guli. 
Ogir qadam tashlar qiz ketgan yol tomon, 
Manzil ham uzoqmas yer yuzidagi qabriston. 
Yurak yonib, holdan tolib borar qizni qabriga, 
Tiz chokib yiglaydi bosib qabrni bagriga. 
Kechir aybdorman sozimda turolmadim, 
Qancha harakat qilsam ham seni unutolmadim. 

Koziga tolgan yosh oqar toxtamaydi, 
Yurakdagi dardin hech kim ololmaydi. 
Armonli sevgisi qalbida yashaydi, 
U qizni ornini hech kim bosolmaydi. 
Shunga har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... 
Yana har kuni, 
Uxlamay tun boyi. 
Quchoqlab qayguni, 
Esga olar uni... Esga olar uni...

