Mani elim, ellatim,
o eginidagi, go`zal ahloq degan libosi bor millatim 
qo`lini ko`ksiga doim bosgan o`zbegim, 
mani elim, g`ururim 
jonim fido bo`sin-agar-u mani kamida hardam, 
salom aligi bor oqibatda ohiri tagidagi damo dam hotirjam 
o`zbegim mani millatim donishmand devon honam 
Bu yerlarni kezdi bo`lib har yon ahli harobotilar 
devonai mashoyiq abddollar ibni SINO bobolarim 
hazrati NAQSHBAND darojati ulug`lar, balogardonlar 
terani koinot sirlarini bilishni istar hamon bu odamzod 
hozirgi kunda ham noayyon bardavom 
endi aniqlaniyotgan bashoratni 
bilar edi kim? ULUGBEK bobom 

Chorus: 

O`zbegim, mani elim 
O`zbegim, millatim mani g`ururim 
zaminim elim goda yanada bepoyon har tomon 
to Samarqandu Buhoro to Hiva tomoni 
bo`ldim gadoi mano, bo`ldim gadoi mano 
yana bu man kezdim dono dunyoning olamida man eng. 
Olamida man eng. 

Verse 2: 

Minnatdorman, shukur qilarim bor kechayu kunduz 
ota onamning bergan tarbiyatining haqqini ado etib bo`lmas ekan hanuz 
nechun ular bundayin mehribon, borliklari bir ulug` in`om 
farzandining aybini yashirish va avf etishda bardavom 
chunki ular, chunki ular ham vaqtida shundayin tarbiyat ko`rgan 
padari buzruklarimga ota bobolarimdan 
yahshilik, go`zal muomila. 
halim bo`lish va qolaversa kechirimli bo`lish degan omillar meros bo`lib 
qolgan, har bir o`zbekning olgan tarbiyati shu 
Avlodi Temuriy, nasil nasab mana man bu fidokor, atadim umuman olganda borimni. 
hattoki har doim gadoing bo`lsam ham roziman umrbod 
o millatim O`zbegim bilaman qadringni. 

Chorus: 

O`zbegim, mani elim 
O`zbegim, millatim mani g`ururim 
zaminim elim goda yanada bepoyon har tomon 
to Samarqandu Buhoro to Hiva tomoni 
bo`ldim gadoi mano, bo`ldim gadoi mano 
yana bu man kezdim dono dunyoning olamida man eng. 
Olamida man eng.

Mr.BVZ <502.88.22>