Rashq qilmang meni har kimga,
Goho sizni kuttirib qo'ysam.
Sizni tashlab ketishim mumkin,
Qachon sizdan oldin o'lsam.

-------------------

Sevgi nima bilish kerak,
Buni anglab yetish kerak,
O'ntasiga yugurmasdan,
Bittasini SEVISH KERAK

-------------------

Atir gulni avaylashar,
Hidi so'lib qolguncha.
Yigit qizni sevadi,
Boshqasini topguncha.

-------------------
Yigit ko'ylak kiyadi,

Yoqasi bukilmaydi.
Qizga oshiq bo'ladi,
Oxiri uylanmaydi.

-------------------

Daraxt bargin yo'qotsa bir bor,
Qaytib topar kelganda bahor.
Inson baxtin yoqtsa bir bor,
Qaytib topmas kelsa ham bahor.

-------------------

Sevgingni rad etish men uchu og'ir,
Bilaman qiz qalbi go'yoki anor.
Lekin mening holim tushungin axir,
Ikki ishq yurakda bo'lmas barqaror.

-------------------

Menga sendan jonginam
Hech narsa kerak emas
Senga bo'lgan sevgimni
Qadriga yetolsang bas!
Baxtlimisan mendayin
Sendan so'ragim kelar
Bir umrga sevgilim
Yoningda qolgim kelar !

-------------------

