Osmon to`la chiroqga, 
Milt-milt etib yonadi, 
O`sha yongan chiroqlar, 
Hayollarim oladi. 

Tuni kecha osmon kezib, 
Taqdirimiz izladim, 
Yulduzlardan seni so`rab, 
Yoshim to`kib bo`zladim. 

Xotirada abad qolgan, 
Sening oxu ko`zlaring, 
Qayta-qayta qiynagan, 
Menga aytgan so`zlaring. 
(Sizni sevaman). 

So`zlar eding men tinglab, 
Har bir yulduzdur chiroq, 
Har biri ham bir insonning, 
Yo`liga har dam porloq. 

Mening yulduzimni sen, 
So`nmasligin tilading, 
Ajib seni o`sha damda, 
Betinimdur yuraging. 

Izxorlarim tinglamasdan, 
Sinar eding bardoshing, 
Bilmasmuding yoningda, 
Turganligi sirdoshing. 

Mana keldim o`tdi yillar, 
Yana keldim qoshingga, 
Bilgin endi o`rin yo`q, 
Mayus ko`zu yoshingga. 

Osmon ekan taqdirimiz, 
Yulduzimiz yonmo yon, 
Endi eshit aytay dardim, 
Sog`indim seni yomon. 

Seni qattiq sog`inganman, 
Hayol ichra erkalab, 
Hatto shirin tushlarimdan, 
Uyg`onganman ertalab.
