Kechiring, kechiblar ketdim jonimdan, 
Sizsiz kimga kerak bu hasta jonim?! 
Shubhalar karvoni otar yonimdan, 
Yolimni yoqotib qoydim, sarbonim. 
Kechiring, olovga otdim erkimni, 
Mening erkim sizning qafasingizda. 
Oching dilingizni - yoli berkimni, 
Qorishib ketayin nigohingizda. 
Kechiring, majnuntol kabi g''amginman, 
Bir umr poylayman yollaringizni. 
Siz haqsiz, siz soylang, men endi jimman, 
Tinglayman olovli sozlaringizni. 
Bor-yog''imni yakson ayladi bir oq, 
Maysa bas kelarmi tog''day chong toshga? 
Kechiring, na sabrim, na toqatim yoq, 
Faqat sizga bolgan sevgimdan boshqa...

