Muhabbatim.

Sizga bergan yuragimni qildingiz yakson,
Ishq dardida ezilgan ko`nglimda armon,
Endi sizni izlayman, dilimda hijron
Hijronlarda qolib ketgan muhabbatim!

Tunlar bedor bo`lib sizni o`ylayman,
Dardim ko`p, ammo uni kimga so`zlayman?
Ko`zlarimni yoron yana bo`zlayman
Ko`z yoshlarda qolib ketgan muhabbatim!

Armon bo`lib joy oldingiz yurak to`ridan,
Pora-pora bo`ldi dilim ishqning zo`ridan.
Endi panoh topay bardosh nuridan
Saroblarda qolib ketgan muhabbatim!