Bormoqchi bo`ldim.

Bahs etar ong va dil sening to`g`ringda,
Negadir aqldan tonmoqchi bo`ldim.
Ollohga tavakkal qilib bir gunoh,
Ilk bora,
Yoningga bormoqchi bo`ldim.

Yurak yomon demas aslo nomingni,
Duoday takrorlab yurardi, to`ydim.
Yuragimga quloq solib bu kecha
Bir bora yoningga bormoqchi bo`ldim.

Ko`nglim pisand etmas firoqlaringni,
Senda sadoqatning o`zi yo`q, ko`rdim.
Kechib kechirilmas gunohlaringni
Bosh egib yoningga bormoqchi bo`ldim.

Har negaki rozi bo`lgandim shu chog`,
Baxtimni tuproqqa qormoqchi bo`ldim.
Hattoki aldadim o`zimni-o`zim,
Baribir yoningga bormoqchi bo`ldim.

Sezdirmasdan bugun yoningga borib,
Meningsiz baxtingni ko`rmoqchi bo`ldim.
Hayotni xayolga qo`yibman sotib,
Bormayman, bormayman.
Shunchaki bormoqchi bo`ldim.