Dunyoni tomosha qildim shunchaki.

Dunyoni tomosha qildim shunchaki,
Bir eski dvorday ktmadim nurab.
Muhabbat yuzini o`girsa hamki
Mn yashab yuribman umrimni sudrab.

O`zimni olovga otmayman, biroq
Baribir jonimga brmayman ozor.
Dunyoda baxtsizlar bo`lmaydi mutloq
Hayotda hammayam kimdandir qarzdor.

Quchog`im eng xushbo`y gulga to`lsada
Yig`lashga topilar bahona, imkon.
Oshiqlik dunyoga ustun bo`lsada,
Bizning qalbimizga mhmondir, mhmon.

Hch qachon mn Sizdan kutmayman yordam,
Avaylab-asrayman eski dardimni.
Bilaman, eng abjir qasoskor yov ham
O`g`irlay olmaydi xotiralarni.

Yo`limda g`ovlarning ko`pligi aniq,
Maxf etolmasman ularni balki.
Umrimni hch kimga kimga qilmayman tortiq,
Muhabbat yuzini o`girsa hamki.