10-. MUSTABID TUZUMNING QATAG'ON
SIYOSATI: UNING OQIBATLARI

Totalitar tuzumning
kuchayishi

XX asr 20-yillari ikkinchi
yarmiga kelib sovetlar mamlakatining
hokimiyat boshqaruv-
idora tizimida ham keskin o'zgarish hollari yuz
berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o'zining yakkahokimligini
butun choralar bilan qaror toptirish harakatida
bo'ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi
nazariy qarash sifatida ilgari surilgan Sotsializm mustahkamlanib
borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham
kuchayib boradi degan g'oya g'ayriqonuniy xatti-harakatlarning
avj olishiga olib keldi. Stalin va uning
atrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har bir
masalada o'z irodasi, hukmini boshqalarga majbur
etib, har qanday muxolifatchi qarashlarni, ularning
tashuvchilarini mahv etib bordilar.
Shu tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan
totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada kuchaytirdi.
Bu tizimning mohiyati shundaki, unda
davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik xarakteriga
ega bo'ladi. Ijtimoiyot, iqtisodiyot, madaniyat,
ma'naviyat sohalari ustidan qattiq nazorat
o'rnatiladi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muxolifatchilik
harakatlarida bo'lish qat'iyan man etiladi,
siyosiy erkinliklar taqiqlanadi. Ayni chog'da demokratiya
buziladi, ilg'or, taraqqiyparvar kuchlar qatag'
onlikka mahkum etiladi. Hukmron partiyaning yagona
irodasi, o'zboshimchaligi, chegara bilmas zo'ravonligi
avjga minadi.
Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy
sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning
butun inon-ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga
bog'lab qo'ydi. Bu O'zbekiston timsolida ham ko'zga
yaqqol tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining
hamma bo'g'inlari to'liq ravishda SSSR
organlariga bo'ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi
yagona rahbar tashkilot - O'zbekiston Kompartiyasi
ham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya'ni viloyat
bo'limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaror-u farmoyishlar,
rahbariy ko'rsatmalar respublika partiya tashkilotlari
tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi.
Stalincha ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ko'zga
ko'rinarli va ko'zga ko'rinmas ming xil qizil iplar
bilan O'zbekistonni o'z domiga kiritib, uning amaldagi
rasmiy mustaqilligini ham yo'qqa chiqargan edi.
Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy,
xo'jalik, madaniy-ma'naviy hayotiga oid biror bir
masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli,
huquqli emas edi.

Milliy kuchlar safining
bo'lib tashlanishi

Mustabid tuzum Markazdan
O'zbekistonga o'zining ko'p
sonli sadoqatli xodimlar, vakillarini
rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib
turdi. Ular yordamida o'lka hayotida kechayotgan
barcha jarayonlar, o'zgarishlardan doimiy xabardor
bo'lib, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat
qilib bordi.
O'z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya
qilib, uning istiqbolini ko'zlab, o'zida kuch-iroda topib,
bor haqiqatni aytishga jur'at qilgan millat kishilari
birinchi navbatda hukmron Markazning qahr-zahriga
duchor bo'ldi. Qatag'on zulmkorlari, ularning gumashtalari
bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini
oradan olib tashlash, faoliyatini og'machilik, buzg'unchilikda
ayblash, sha'niga millatchi, xalq dushmani,
aksilinqilobchi, burjua malaylari singari asossiz bo'htonlar
bilan la'nat tamg'asini tirkashga doimo tayyor
turardilar. Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilari
tomonidan to'qib chiqarilgan va o'zbek milliy kadrlari
sha'nini bulg'ashga qaratilgan 18 lar guruhi, inog'omovchilik
, qosimovchilik degan siyosiy ishlar misolida
ko'rish mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oid
tarixiy hujjatlarni ko'zdan kechirib, tahlil etarkanmiz,
bu insonlar xatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga
bois bo'ladigan hech bir asosli ashyo-dalillar bo'lmaganligiga
to'la amin bo'lamiz. Ularning yagona gunohi
 - bu o'z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko'zlab,
ayrim muhim muammolarni ko'targanligi va ularni
hal etishga yuqorining e'tiborini jalb etganligi, xolos.
Xo'sh, 18 lar guruhi tarkibi kimlardan iborat
bo'lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday
gunoh qilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan
tashkil topgan bu guruh (I.Xidiraliyev, M. Saidjonov,
U. Ashurov, R. Rahimboboyev, R. Rafiqov
va b.) ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan tuhmatu
bo'htonga ko'ra, go'yo uning a'zolari ko'p masalalarda
noto'g'ri yo'l tutganlar. Aslida esa ular hukmron
Markazning ulug'davlatchilik va shovinistik siyosatiga,
milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo'liga
qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini
himoya qilib chiqqandilar. Shu bois rasmiy partiya
organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi va
uning a'zolari o'z lavozimlaridan olinib, turli partiyaviy
jazolarga giriftor etildilar. Inog'omovchilik
guruhi to'g'risida gap borganda ham unga qo'yilgan
barcha ayblarning to'liq tarzda to'qib chiqarilganligi
ayon bo'ladi. Ma'lumki, Rahim Inog'omov O'zKP(b)
MQ Matbuot bo'limi mudiri va O'zSSR Maorif xalq
komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Inog'omovchilik guruhi to'g'risida gap borganda
ham unga qo'yilgan barcha ayblarning to'liq tarzda
to'qib chiqarilganligi ayon bo'ladi. Ma'lumki, Rahim
Inog'omov O'zKP(b) MQ Matbuot bo'limi mudiri va
O'zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat
yuritib kelgan.

U 1926-yilda O'zbekiston ziyolilari degan risolasini
e'lon qilgan. Risolada oktabr o'zgarishi o'zbek xalqi uchun
kutilmagan voqea bo'ldi va unga o'zbek mehnatkashlari
tayyor emas, degan gaplarni yozdi. Uning risolasida
oktabrgacha bo'lgan davrda ...Rus istibdodiga qarshi
mustaqillik harakatida tarixiy rolni ziyolilar o'ynagan,
degan haqqoniy fikrlar ilgari surilgan.

Shuningdek, R. Inog'omov o'zining bir qator nutqlarida
O'zbekiston Kompartiyasining mustaqil faoliyat
yurita olmayotganligiga, Markazning nazoratchi
organlarining o'lka hayotidagi zo'ravonligiga ham alohida
e'tibor qaratgan. Respublikaning bir qator mahalliy
partiya, sovet organlari mas'ul xodimlaridan
N.Mavlonbekov, I. Isamuhammedov, M.Aliyev singari
hammaslaklar Inog'omov qarashlarini qo'llab quvvatlab chiqqandilar. Albatta, bunday muxolifatchi
chiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining qahriga
uchramasdan, jazolanmasdan qolmasdi. Shu bois
1926-1927-yillarda bu guruh faoliyati partiya tashkilotlarida
bir necha bor muhokama qilinib, og'machi
guruhbozlikda ayblandi. R. Inog'omov va uning tarafdorlari
vazifalaridan olinib, nomlari qoralandi, o'zlari
esa tavba-tazarru qilishga majbur etildilar.
Qosimovchilik guruhi ham 1929-1930-yillarda
sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni,
ziyolilarni qatag'on qilish, jazolash maqsadida atayin
uyushtirilgan navbatdagi uydirma bo'lgan.
O'zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kelgan
Sa'dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari
deb topilgan N. Alimov, B. Sharipov kabi 7 kishi
1929-yilning ikkinchi yarmida qamoqqa olinadilar.
Ularning atayin to'qib chiqarilgan ayblov ishiga
siyosiy tus beriladi. Bunga ko'ra, ular respublikadagi
millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog'laganlikda ayblandilar.
Ular bosmachilik harakatiga yon bosganlikda
qoralandilar. Bu guruhning 4 ta a'zosi mana shunday
asossiz ayblar bilan ayblanib, otib tashlandilar,
qolgan 3 kishi esa ko'p yillik qamoq jazosiga hukm
qilindilar. O'zbekiston ravnaqi, istiqboli uchun,
xalqining baxt-u saodati, farovon turmushga erishishi
uchun fidoyilik ko'rsatgan Fayzulla Xo'jayev, Turor
Risqulov, Abdulla Rahimboyev, Akmal Ikromov, Isroil
Ortiqov, Abdulla Karimov va boshqa o'nlab nomdor mahalliy rahbar kadrlarning hayot qismati ham
pirovardida mana shunday fojia bilan yakun topdi.

Mustabid tuzum hukmdorlari va ular gumashtalarining
yeng shimarib qilgan sa'y-harakatlari natijasida 1937-
1938-yillarda go'yo O'zbekistonda bir qator yirik aksilinqilobiy
tuzilmalar borligi to'qib chiqarildi. Bular: respublika
rahbarlari A. Ikromov va F. Xo'jayev boshchiligidagi
Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi,
Abdurauf Qoriyev rahbar bo'lgan Musulmon ruhoniylarining
millatchi-isyonchilar tashkiloti, Aksilinqilobiy o'ng
trotskiychi josuslar tashkiloti markazi, Buxoro va
Turkiston baxt-saodati nomli aksilinqilobiy tashkilot,
I. Ortiqov boshliq Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik
tashkiloti, Ingliz josuslik rezidenturasi, Yapon
josuslik-qo'poruvchilik rezidenturasi va boshqalar edi.

Eng so'nggi ma'lumotlar, tarixiy hujjatlarni har
tomonlama o'rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar
bunday tashkilotlarning respublika hududida butunlay
bo'lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy
tashkilotlar totalitar tuzum buyurtmasi asosida
Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidan
atayin to'qib chiqarilgan. Buning orqasida mingminglab
begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan,
aziz umrlari xazon bo'lgan.

Faqat 1937-1939-yillarda O'zbekistonda hammasi
bo'lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6
ming 920 nafari otib tashlangan, 37 ming nafari esa turli
muddatli qamoq va surgunlarga hukm etilgan.

Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligini hech
narsa bilan oqlab bo'lmaydi. Yaqin milliy tariximizning
bu qorong'i zulmati xalqimiz dilida mangu
o'chmas armon bo'lib qoldi. U faqat milliy istiqlol
tufayligina to'la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz
fuqarolari chinakam ro'shnolik ko'rmoqdalar.

Ziyolilarning quvg'in
qilinishi

Sovet tuzumining qatag'onlaridan
milliy ziyolilar eng
ko'p aziyat chekdi, mislsiz
qurbonlar berdi. Negaki, bu tuzum mutasaddilari
o'zlari johil kimsalar bo'lganligidan ilm-u ma'rifat,
ziyo ahlini qadrlash, e'zozlash emas, balki ularni
xo'rlash, tahqirlash, kerak bo'lsa yo'q qilishni o'zlariga
kasb qilib olgandilar. Ular yurtimizda iymoni but, qalbi, dili jonajon Vatan, ona zamin mehri bilan
limmo-lim to'la, vijdonli, diyonatli ziyolilarni topib,
jazolashdan o'zgacha zavq olardilar. Shuning uchun
Markazning o'tkir shamshiri va po'lat qalqoni
hisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (AIO), Ichki
ishlar xalq komissarligi (IEAA) kabi jazo organlari va
ularning jallodlari uchun ilg'or, taraqqiyparvar ziyolilarni
hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo'q
ayblarni to'qib chiqarish, uydirmalarni yasash hech
gap emasdi. Qatag'on davrida tuzilgan uchlik1 har
qanday vallomat, pokdomon zotni ham bir lahzada
gunohi azimga g'arq qilib, uni og'ir jazoga mahkum
eta olardi. Eng achinarlisi shuki, o'z elini jon-u dildan
sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror madaniyatiga
murojaat qilib undan asar bitgan, buyuk ajdodlar
nomini tilga olgan vatanparvar ijodkorlar, ilm-fan ahli
birinchilar qatorida qatli omga duchor bo'ldi. Masalan,
butun hayotini, barakali ijodini millat baxt-saodati,
yurt istiqboli uchun bag'ishlagan Munavvarqori
Abdurashidxonov mana shu davrda avj olgan sovetlar
ig'vosi va bo'htonining aybsiz qurboni bo'ldi.
Uning rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo'lida
faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan Milliy
Ittihod va Milliy Istiqlol tashkilotlarining 87 a'zosi
ustidan sud uyushtirildi. Ularning 15 nafari 1931-yilda
Moskvada otib tashlandi, qolganlari ham uzoq muddatli
qamoq jazosiga hukm qilindi.

O'zbek adabiyotining ustunlari bo'lgan, noyob ijodlari
xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat,
Abdulhamid Cho'lpon, Usmon Nosir, Elbek (Mashriq Yunusov),
Mahmud Botu, G'ozi Yunus kabi ajoyib iste'dodlar
quruq bo'hton-u tuhmatlar asosida xalq dushmanlari
sifatida jismonan yo'q qilinib, yorqin faoliyati so'ndirildi.
Axir ularning har biri o'z millatining faxri, iftix

Axir ularning har biri o'z millatining faxri, iftixori
darajasiga ko'tarilgan, beqiyos ijodi, yaratgan boy
merosi e'tirof topgan, har qancha havas qilsa arziydigan
insonlar edilar-ku! Masalan, ulardan biri professor
G'ozi Olim Yunusovni oladigan bo'lsak, u 50 dan
ziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arab
va nemis tillarida Samarqand universiteti, Toshkent
pedagogika instituti hamda Til va adabiyot ilmiytadqiqot
institutida maxsus kurslardan ma'ruzalar
o'qirdi. Biroq bunday iste'dodlar qatag'on jallodlari
uchun sariq chaqalik ham qadr-qimmatga ega bo'lmagan.
Mustabid tuzum farmonbardorlari ayniqsa o'zbek
xalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning
o'zligini tanitishga ilk qaldirg'ochlar sifatida fidoyilik
qilgan istiqlol darg'alari bo'lgan jadidchilik namoyandalarini
yo'q qilishni o'z oldilariga maqsad qilib
qo'ydilar. Bunga erishdilar ham.
O'z zamonasining qomusiy bilim sohibi Said Rizo
Alizoda qalamiga mansub bo'lgan yetuk asarlar uning
hayotlik davridayoq dunyoga mashhur bo'lgan. Faqat
1923-1934-yillar davomida Lahor shahrida olimning
10 dan ziyod asari, shu jumladan, yirik Axborot kitobi
chop etilgan. Uning 1919-yildan boshlab nashr etila
borgan Inqilob shu'lasi haftalik jurnali faqat
Turkiston o'lkasi xalqlari o'rtasida mashhur bo'lib qolmay,
balki shu bilan birga qo'shni Eron, Turkiya,
Afg'oniston, Hindiston mamlakatlariga ham keng tarqalgan.
Shunday inson ham 30-yillar qatag'oni domiga
uchrab, Vladimir turmasida azob tortib, olamdan
bevaqt ko'z yumib ketdi.
Qatag'on davri qurbonlari orasida juda ko'plab
taniqli ilm-ma'rifat, madaniyat namoyandalari bo'lgan.
Ajablanarli jihati shundaki, Buxoro va Turkiston
respublikalari hukumatining tashabbusi va sa'yharakati
bilan 20-yillarda xorijga o'qishga yuborilib,
yaxshi mutaxassislar, fan arboblari bo'lib yetishgan
kishilar atayin qatli om qurbonlari bo'ldilar. Agar
Germaniya yoki Turkiyada ta'lim olgan bo'lsalar
ularga o'sha mamlakatlarning josuslari degan ayb
qo'yildi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytida
chet elda bosilgan kitob topilguday bo'lsa, shuning
o'zi yetarli dalil edi. Axir ular xorijiy oliy o'quv yurtlarida
o'qigan bo'lsalar shunday kitoblar ularda bo'lishi
mumkin edi-ku. Masalaning bunday mantiqiy
jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini aslo qiziqtirmagan.
Germaniya va Turkiyada o'qib, u yerda olgan bilimlarini o'z respublikasining xalq xo'jaligi,
iqtisodiyotini yuksaltirish uchun baxshida qilishga bel
bog'lagan Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam
Sultonova singari o'nlab bilimdon yosh mutaxassis
kadrlarga xalq dushmani, chet el josusi qabilidagi
tavqi la'nat tamg'asi bosilib, qatli om etildilar.
Qatag'on siyosati ijrochilari aqli raso, oq-qorani
yaxshi biladigan, sog'lom fikrlaydigan har bir insonni
ayab o'tirmasdi. 60 yoshli mo'ysafid Xudoyberdi
Devonovning 1938-yilda mutlaqo asossiz ayb bilan
oliy jazoga mahkum qilinib, otib yuborilganligi faktini
qanday izohlash mumkin axir. Bu tinib-tinchimas
inson o'zbeklardan chiqqan dastlabki fotograf va
kinomatograf sifatida butun umri davomida halol-u
?ie xizmat qilib kelgan. Uning turli yillarda tasvirga
olgan rang-barang suratlari, kinoxronikalari xalqimizning
katta ma'naviy mulki hisoblangan. Qarangki,
1936-yilda I?aaaa Ainoiea gazetasi tahririyati
tomonidan moddiy rag'batlantirish maqsadida taqdim
etilgan Leyka fotoapparati uning boshiga balo
bo'ldi. Negaki, qatag'on posbonlarining taxminicha,
bu apparat go'yo X. Devonovga xalq dushmani deb
topilgan Fayzulla Xo'jayev tomonidan berilgan.
Binobarin, bu shaxs F. Xo'jayevning dumi deb
ko'rsatilib, uni otuvga hukm qilganlar.
Inson taqdiri bilan bu qadar o'ynashish, uni
chuqur surishtirmay eng og'ir jazoga mahkum etish -
bu totalitar tuzum qonunbuzarligi va qonxo'rligining
tipik namunasidir.
Biz milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz
erki, ozodligi va mustaqilligi yo'lida kurashib, stalincha
qatag'on qurbonlari bo'lib ketgan aziz va mukarram
insonlar xotirasini doimo qalbimiz to'rida saqlamog'
imiz kerak bo'ladi. Bu har birimiz uchun farz-u
qarzdir. Yurtboshimizning tashabbusi bilan Toshkentda
qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish
uchun 2000-2002-yillarda Shahidlar xotirasi yodgorlik
majmui, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi
barpo etildi. Prezidentning 2001-yil 1-maydagi farmoni
bilan 31-avgust kunining Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni, deb e'lon qilinganligi g'oyatda
quvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilarining
o'tganlar, shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining
umumxalq va umumdavlat e'tirofidir.

Inson huquqlari va
erkinliklarining poymol
etilishi

Totalitar sovet tuzumi bedodligi
va zulmining haddan
ziyod kuchayib borishi
nafaqat yurtparvar milliy
kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzini, qismatini
zavol toptirib qolmasdan, shu bilan birga millionlab
fuqarolarning oddiy insoniy qadr-qimmati, or-nomusi
hayosizlarcha tahqirlandi. G'addor tuzum zulmkorlari
o'z g'ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib borar
ekanlar, bunda har bir insonning yurish-turishi, kundalik
mashg'uloti, muomalasidan tortib to uning qanday
tafakkur yuritishigacha bo'lgan hamma jarayonlarni
o'z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan
ko'zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasini
jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish
va shu yo'l bilan badkirdor tuzum sha'niga dog' tushirmaslik,
uning soxta obro'-nufuzini asrash, avaylash edi.

SSSRning g'olib sotsializm Konstitutsiyasi va unga
muvofiq tarzda O'zbekistonning Asosiy qonuni qabul qilinib,
ularda inson haq-huquqlari, sovet demokratiyasi afzalliklari
to'g'risida lof urilib, olamga jar solingan bir paytda
respublika fuqarolari mutlaq ko'pchiligining oddiy
insoniy huquqlari, or-nomusi, vijdoni oyoqosti qilinganligi,
ularning hayoti nochor, tahlikali ko'chganligini qanday
izohlasa bo'ladi?

Bu insonlar kommunistik siyosat va mafkura yolg'
onlariga ishonib, porloq kelajakka umid bog'lab,
jonlarini jabborga berib, ter to'kib mehnat qilsalar,
o'zlarini sotsializm ishiga bag'ishlasalar-da, biroq buning
evaziga undan beadad zulm-sitam ko'rsalar!
Respublikada sanoatlashtirish, qishloqda jamoalashtirish,
quloqlashtirish yoxud madaniy inqilobni amalga
oshirish jarayonida yuz bergan jiddiy xatolar, buzilish
va chekinishlardan qattiq aziyat chekkan aholi
tabaqalarini rasmiy hokimiyat organlari ommaviy
tarzda quvg'in va ta'qib qilishganligi va turli xil jazolarga
tortganligi ham buning asosli isbotidir. Buning oqibatida yuz minglab vatandoshimizga nisbatan
jinoiy ish ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustun
bo'lib ketganligi faktdir. Ayniqsa, bunda kishilar
dunyoqarashi, e'tiqodini o'z izmiga bo'ysundirish, uni
yangi kommunistik axloq, ateistik tamoyillar ruhida
shakllantirish uchun jon-jahdi bilan hujumkor kurash
olib borgan sovet mafkurasining respublika mehnatkashlarining
ma'naviy hayotiga yetkazgan zarari
behisob bo'ldi. Xalq ma'naviy-ruhiy hayotiga asrlar
osha muhim hissa qo'shib kelgan ulamolar yo'q qilib
yuborildi. Ko'plari begona yurtlarga ketib jon saqlashga
majbur bo'ldi. Bunday chidab bo'lmas qabohatlar
oqibatida xalqimizning ne-ne barhayot udumlari,
marosimlari, an'analari zavol topdi, unutilishga
mahkum etildi. Faqat milliy istiqlol davriga kelibgina
ular yangidan ro'yobga chiqib, bugungi demokratik
voqeligimizdan munosib o'rin topib bormoqda.
Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda
shu narsa kishini benihoya ajablantiradiki, u davrda
insonni qoralash, uning peshonasiga xalq dushmani
tamg'asini bosish tuzum zolimlari uchun xuddi xamirdan
qil sug'urganday gap bo'lgan. Hatto shunday
hollarga duch kelindiki, respublikadagi ko'p xonadonlarda
vaqti-vaqti bilan o'tkazilgan tintuv paytida
mabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday
bo'lsa, uning nomi, mazmuni so'rab, surishtirilmasdan
o'sha xonadon sohibiga jamiyat uchun yot unsur
degan la'nat tamg'asi bosilib, u qamoq yoki surgun
jazosiga hukm etilaverardi.
Masalan, Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi
Begovul qishlog'ida ilmli, yaxshi fazilatlar bilan elda
hurmat qozongan, ayollarni o'qitib, savodli qilgan
tabarruk onaxon Bibijon Ismoilova bo'lgan. Bu 80
yoshli inson diniy kitob o'qishda ayblanib, qamoqqa
olingan. Momo qiynoqlar oqibatida qamoqda olamdan
o'tgan. Holbuki, u kishining uyiga qora quzg'unlar
bostirib kirgan paytda Bibijon momo hamisha o'qib
yuradigan Axloqi Muhsinin (Yaxshi xulqlar) kitobini
o'qib o'tirar va bu asar go'zal insoniy fazilatlar
ta'rifidan hikoya qilardi. U davrda nohaq ayblanib,
mushtipar momo singari fojiali qismatga duchor bo'ganlar ko'plab topilardi. Bunday noxush hollardan sarosimaga
tushgan, zada yegan odamlar avvalgidek
kitobxonlik qilish nari tursin, hatto eski kitoblarni qo'lga
olishdan hadiksirardilar. Bu esa ko'plab yurtdoshlarimizning
battol tuzum mayliga moslashib, ma'nan va
ruhan cho'kib, tarixiy o'tmishimizning teran sarchashmalaridan
bebahra bo'lib borishlariga bois bolgan.
Shunday qilib, mustabid sovet tuzumining qatag'on
siyosati respublikamiz hayotining barcha sohalari
uchun qonli fojialar, beadad yo'qotishlar, mahrumliklar
bilan to'lib-toshgan davr bo'ldi. U millionlab
odamlarning taqdir-qismatida asoratli iz qoldirdi.
Shunga qaramay xalqimiz o'z bukilmas irodasini, matonatini
namoyon etib, yorug' kunlar kelishiga intiqib,
kurashib yashadi, u qatli omning har qanday shiddatiga
dosh berib, o'z asriy qadriyatlari, udumlari, rasmrusumlari,
imon-e'tiqodiga sodiq qola bildi va hamisha
milliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi.