III b o b. O'zbekiston Ikkinchi jahon
urushi yillarida (1939-1945-yillar)


11-. O'ZBEKISTONNING URUSH GIRDOBIGA
TORTILISHI. MA'NAVIY VA MODDIY KUCHLARNING
FRONTGA SAFARBAR ETILISHI

Urushning boshlanishi,
sabablari va
xarakteriIkkinchi jahon urushi jahon tarixida
misli ko'rilmagan darajada
katta va dahshatli, butun
insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi.
1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining
Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu
urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini,
ya'ni 1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi.
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi
ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron
bo'lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni
asosiy bosqinchi davlatlar - fashistlar Germaniyasi va
Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida
Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi.
Fashizm o'ta agressiv, o'ta urushqoq siyosiy kuch,
siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi
bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fashistik
kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan
norozi bo'lgan, dunyoni qaytadan bo'lishga va dunyoda
hukmron bo'lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat
korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo'llabquvvatladilar.
Fashistlar ikki jahon urushi o'rtasida
o'tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va
nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda
siyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya
fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning
ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu
tariqa G'arbda, Sharqda, O'rta Yer dengizida xavfli
urush o'choqlari vujudga keladi.
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari
o'zlarini nasibasiz qoldirilgan deb hisoblardilar.
Ular Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan, uning
natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosabatlarni o'zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan
qaytadan bo'lish maqsadida urushga tayyorlandilar.
Ularga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ikkinchi
guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon
urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yerlarni
saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga
va o'z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga
intilardilar.
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida - 1939-yil
1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo'lgan davrda
fashistlar Germaniyasi G'arbiy va Markaziy Yevropada
hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya
Yevropadagi 10 davlatni - Polsha, Chexoslovakiya,
Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya,
Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.
Millatlar ligasi harakatdan to'xtadi.
Germaniya G'arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy
resurslarini qo'lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni
hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani buzib, urush
e'lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi.
Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini
talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul
qilish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borgan
urushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush
edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari
- Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya
ham SSSRga qarshi urushga kirdilar.
Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning boshlanishi
munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma
ishlab chiqdi va u o'sha kuni radio orqali e'lon
qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g'alabaga erishish
uchun mustahkam jipslashishga, uyushqoqlik va
fidokorlik ko'rsatishga chaqirdi. Bizning ishimiz haq
ish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g'alaba qilamiz!
 deyilgan edi murojaatnomada.

O'zbekistonning urush
girdobiga tortilishi

SSSR tarkibiga kirgan barcha
respublikalar, muxtor
viloyatlar, okruglar, shu
jumladan, O'zbekiston xalqlari ham urush girdobiga
tortildi. O'zbekiston xalqlarining boshiga og'ir sinovlar
tushdi.Urushning boshlanganligi to'g'risidagi shum xabar
yetib kelgan kuniyoq O'zbekistonning barcha shaharlari
va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar
va yig'ilishlar bo'lib o'tdi. Ishchilar, xizmatchilar,
dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o'z Vatanlarini
himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarni
tor-mor etish uchun urushga borishga, g'alabani
ta'minlash uchun front orqasida fidokorona mehnat
qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri talablariga
moslab qayta qurishni, butun kuch va vositalarni
safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuni
VKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organlarini
urush sharoitiga moslab qayta qurish to'g'risida
qaror qabul qildi. Partiya va sovet hukumatining harbiy
holat to'g'risida, harbiy xizmatga majbur bo'lgan
kishilarni qizil armiyaga safarbar etish to'g'risida,
qurol-aslaha ishlab chiqarish bo'yicha safarbarlik
rejasini joriy etish to'g'risida qarorlari e'lon qilindi.
SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) MQ
1941-yil 29-iyunda mamlakat hayotini urush talablariga
moslab qayta qurish dasturi - Front yoni viloyatlarining
partiya va sovet tashkilotlariga yo'1-
yo'riqlarini tasdiqladi va tegishli tashkilotlarga yubordi.
Yo'1-yo'riqlarda jangchilardan har bir qarich yer
uchun qattiq jang qilishni, mardlik va jasorat ko'rsatishni,
partiya va sovet tashkilotlaridan harakatdagi
armiyaga har tomonlama yordam berishni uyushtirish,
qurol-yarog', o'q-dori, tanklar va samolyotlar ishlab
chiqarishni butun choralar bilan ko'paytirish talab
qilingan edi. Front orqasini mustahkamlash, korxonalarning
yanada kuchliroq ishlashlarini ta'minlash
vazifalari qo'yildi. Hamma narsa front uchun! Hamma
narsa g'alaba uchun! - yo'1-yo'riqning asosiy
talabi, ko'rsatmasi ana shunday edi.
Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va harbiy
hayotga rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalin
boshchiligida tuzilgan Davlat Mudofaa Qo'mitasi
(DMQ) qo'lida to'la ravishda to'plandi. Uning qarorlari,
ko'rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlar
uchun majburiy edi. Harbiy harakatlarni boshqaruvchi Oliy Bosh Qo'mondonlik qarorgohi tuzildi va Stalin
SSSR Qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni va
SSSR Mudofaa xalq komissari qilib tayinlandi. Sovet
rahbariyati tomonidan ko'rilgan bu tadbirlarning ijrosi
hayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi,
mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirdi.

Harbiy safarbarlik

O'zbekistonliklar frontga otlandilar.
Urushnmg birinchi
oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko'p
ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o'zlarini
frontga jo'natishni so'rab ariza berdilar. Barcha viloyat,
shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmat
majburiyatida bo'lganlarni safarbar etish bilan
shug'ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz
minglab vatandoshlarimiz qo'lga qurol olib frontga
jo'nab ketdilar.
O'rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar
va zobitlar tayyorlaydigan o'choqqa aylantirildi. Bu
okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo'lgan
muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy
qo'shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh
Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va
brigada jo'natdi.
O'zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy
harbiy qo'shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar.
1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo'lgan
davrda 14 ta milliy harbiy qo'shilmalar, jumladan, 9 ta
o'qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib
frontga jo'natildi. Milliy qo'shilma askarlari va zobitlariga
yaxshi harbiy ta'lim berishda, ular bilan frontni
mustahkamlashda O'zbekistonda tuzilgan zaxiradagi
24-o'qchi diviziya katta rol o'ynadi. Diviziyaning boshliqlari
va zobitlari tarkibida 178 o'zbek o'g'loni faol xizmat
qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan
ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo'natdi.

1941-yilda O'zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini
tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil
etgan bo'lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi,
aniqrog'i 1433230 kishi urushga safarbar bo'lgan.
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3.
Asarlar. T.: O'zbekiston, 1996, 80-bet.

O'zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov
paytida o'z farzandlarini frontga jo'natar ekan, ularga
mard va botir askar bo'l, qahramonlarcha jang qil,
g'alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar.

Mehnat safarbarligi

O'zbekiston partiya va sovet
tashkilotlari front orqasini
mustahkamlash, xo'jalikni harbiy izga tushirish,
ko'plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o'q-dorilar ishlab
chiqishni yo'lga qo'yish bo'yicha shoshilinch tadbirlarni
amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b)
MQ va Davlat Mudofaa Qo'mitasi topshirig'iga binoan
ishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil
4-kvartali va 1942-yil uchun harbiy xo'jalik ishlar rejasi
asos bo'lib xizmat qildi. Bu rejada mamlakatning sharqiy
mintaqalarida, jumladan, O'zbekistonda yangi
zavodlar, shaxtalar, konlar qurish hamda qurol-aslaha,
o'q-dori, ayniqsa ko'plab tank, samolyot, to'p va zambaraklar
ishlab chiqarishning keng dasturi belgilab
berilgan edi. Dasturda transport ishini qayta qurish,
dushman ishg'ol qilishi xavfi ostida qolgan joylardagi
sanoat korxonalarini, kolxoz va sovxozlarning molmulklarini,
ilmiy muassasalarni sharqqa ko'chirish va
ularni joylashtirish, yangidan ishga tushirish tartiblari
ham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga
1941-yil 25-avgustda tashkil etilgan U. Yusupov
boshliq maxsus respublika hukumat komissiyasi rahbarlik
qildi. O'zbekistonning iqtisodiy va mehnat
resurslari frontga safarbar etildi. Butun SSSR hududida,
jumladan, O'zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy
qilindi, ya'ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari va
mehnat ta'tillari bekor qilindi.
O'zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300
ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o'qdori
ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar.
Ularda frontga ketgan erkaklar o'rnini keksalar, xotinqizlar
egalladilar.

Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin
toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda,
1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni shaxtalarida
ishlashga yo'l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan
Tashselmash zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketgan
otalari, akalari va erlarining o'rniga ishga kirib fidokorona
mehnat qildilar.

Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan
ta'minlash choralari ko'rildi. Respubiika oliy va o'rta
maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari,
fabrika-zavod ta'limi maktablarining faoliyati urush
davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo'naltirildi.
Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar
o'rgatish ishlari yo'lga qo'yildi.
Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni va
front orqasini oziq-ovqat, sanoatni xomashyo bilan
ta'minlash uchun oyoqqa turdi. Har bir kolxozchi va
sovxoz ishchisi ikki-uch ish normasini bajarish uchun
fidokorona mehnat qildi.
Urush bo'layotgan va dushman yaqinlashib kelayotgan
hududlardan muhim sanoat korxonalarini,
kolxoz, sovxoz va MTSlarning mulklarini, madaniy
boyliklar va o'quv maskanlarini Sharqqa, jumladan,
O'zbekistonga zudlik bilan ko'chirib keltirish, joylashtirish
ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan
yondirilgan, vayron qilingan shaharlar va qishloqlarning
aholisi, otalari urushning dastlabki kunlarida
halok bo'lgan bolalar, million-million kishilar ulkan
yurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixida
ko'lami jihatidan bunday katta voqea birinchi marta
sodir bo'ldi. O'zbekistonga 100 ga yaqin sanoat korxonasi,
jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash,
kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari
ko'chirib keltirildi. O'zbekiston shaharlarida shoshilinch
bo'shatib berilgan yoki yangidan qurilgan binolarga
ko'chirib keltirilgan asbob-uskunalar zudlik
bilan joylashtirildi va montaj qilindi. Ular ishchi
kuchi, xomashyo, instrumentlar bilan ta'minlandi va
front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga
qo'yildi.

O'zbeklarning insoniylik
fazilatlari

O'zbek xalqining insoniylik,
olijanoblik, bolajonlik
fazilatlari urush yillarida
mamlakatning g'arbiy viloyatlaridan ko'chirib keltirilgan
aholiga, bolalarga ko'rsatgan ochiqko'ngilligi,
hamdardligi va g'amxo'rligida o'z ifodasini topdi.
O'zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo'yi respublikalaridan
ko'chirib keltirilgan bir milliondan ko'proq
kishilarni, shu jumladan, 200 mingdan ko'proq yetim
bolalarni o'z bag'riga oldi. Ko'chirib keltirilgan aholini
qabul qilib olish, joylashtirish va ularga zarur shartsharoitlar
yaratish masalalarini mehnat jamoalarining
yig'ilishlarida muhokama qilish va amaliy yordam
ko'rsatish ishlari keng quloch yozdi. 1941-yil 3-dekabrda
O'zbekiston Kompartiyasi MQning ko'chirib keltirilgan
fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasidan
maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti
huzurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus respublika
komissiyasi va mahalliy sovetlarning ijroiya qo'mitalari
qoshida tuzilgan alohida bo'limlar kishilarni hisobga
olish va joylashtirish bilan shug'ullandilar. Ko'chirib
keltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashtirildi.
Qisqa muddat ichida Andijon viloyatiga 100 ming,
Samarqand viloyatiga 165 ming, Namangan viloyatiga
53600 kishi joylashtirildi. Ko'chib kelganlar O'zbekistonda
boshpana topdilar, ish bilan ta'minlandilar.
O'zbek xalqi o'z noni, kiyim-kechagi, turar joyini
ko'chib kelganlar bilan baham ko'rdi.

O'zbekiston bo'yicha 1942-yil bahorigacha ko'chirib
keltirilgan 716 ming kishi qabul qilib olindi, ishga joylashtirildi,
ular uchun kerakli sharoitlar tug'dirildi.
O'zbeklar ko'chirib keltirilgan ota-onasiz yosh
bolalarga alohida g'amxo'rlik qildilar, 200000 dan ko'proq
yetim bolalarni o'z bag'riga oldilar.

O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida
bolalarga yordam ko'rsatish bo'yicha maxsus
komissiya tuzildi, uning ishida 30 ta xotin-qizlar
faoliyat ko'rsatdi. O'zbekiston Xalq maorifi komissarligi
tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsimlash
markazi tuzildi. Respublikamizning barcha viloyatlari,
shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish
punktlari ochildi, ularda o'qituvchilar kecha-yu kunduz
navbatchilik qildilar. Militsiya bo'limlari qoshida
30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
Ko'chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar.
15 yoshgacha bo'lgan bolalar bolalar uylari, maktabinternatlarga
joylashtirilib, ularda o'quv-tarbiya ishlari
yo'lga qo'yildi. Fabrika-zavod ta'limi maktablari,
hunar va temiryo'l bilim yurtlarining sobiq talabalari
o'qishni davom ettirishi uchun respublika zavod-fabrika
ta'limi maktablarida o'qishga jalb etildi. 15 yoshdan
katta bo'lgan bolalar esa ishlab chiqarishga, ishga
joylashtirildi.
1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotinqizlarning
yig'ilishi bo'lib, unda respublikamizdagi
barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi.
Murojaatda yetim bolalarni o'z tarbiyasiga olishga
da'vat etiladi. Ko'plab oilalar boqimsiz qolgan
bolalarni o'zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini
ular bilan baham ko'rdilar. O'zbekiston rahbarlaridan
Usmon Yusupov va Yo'ldosh Oxunboboyevlar
oilasi ham yetim bolalarni o'z tarbiyasiga oldilar.

Jami 200000 dan ortiq yetim bolalar o'zbekistonliklar
oilasida issiq boshpana, rizq-ro'z, eng muhimi, mehribonlik
topdilar. Turli millatlarga mansub bo'lgan 14 bolani farzandlikka
olgan toshkentlik temirchi usta Shoahmad Shomahmudov
va uning xotini Bahri Akramovalar oilasi yuksak
insoniylik fazilatlarini ko'rsatib ko'pchilikka ibrat bo'ldi.
Urushdan nogiron bo'lib qaytib kelgan kattaqo'rg'onlik

Hamid Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchi
ayol Fotima Qosimovalar oilasi 10 bolani o'z quchog'iga
olib, mehr qo'ri bilan ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi.

O'nlab bolalarni farzandlikka olib, tarbiyalab voyaga
yetkazgan oilalar respublikamizda anchagina.
Ularning buyuk insonparvarlik, vatanparvarlik jasorati
tahsinga sazovor. 

O'sha og'ir yillarda, bir burda non tansiq bo'lgan yillarda,
O'zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab
oilalarga boshpana berdi, non berdi, qanchadan qancha
yetim-yesirlarning boshini siladi. Xalqimizning insonparvarlik
va olijanoblik fazilatlari tillarda doston bo'ldi.
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3.
Asarlar. T.: O'zbekiston, 1996, 80-81-betlar.

O'zbekiston jangchilarni
sog'lomlashtirish
markazi

O'zbekistonga janglarda yarador
bo'lgan yoki bemor
bo'lib qolgan minglab jangchilar
-askar va zobitlar
ham jo'natilardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga
joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohida
mehribonlik qilindi, respublikamiz sog'lomlashtirish
markazlaridan biriga aylandi. 1941-yil 1-oktabrgacha
O'zbekiston sog'liqni saqlash xalq komissarligi tizimida
14950 o'ringa ega bo'lgan 47 gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda
Moskvadan, Kalinin, Rostov va boshqa viloyatlardan
15900 o'rin-karavotga ega bo'lgan 48 gospital ko'chirib
keltirilib, joylashtirildi va ishga tushirildi. Harbiy
kasalxonalar qurish keyingi yillarda ham davom etdi.

O'zbekistonda 39140 o'ringa ega bo'lgan 113 ta
gospitalda yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat
ko'rsatildi.

Viloyat, shahar, tuman idora organlari gospitaldagilar
holidan xabar olib turdilar, gospitallarga xo'jaliklar
tashkil etish va ish yuritish uchun yer maydonlari
ajratib berdilar. Agar 1941-yilda shu maqsadda 385,5
gektar yer ajratilgan bo'lsa, 1943-yilga kelib ajratilgan
yerlar maydoni 656 gektarni tashkil etardi. 1942-yilda
1513 mehnat jamoalari, shu jumladan, 750 korxona,
kolxoz va sovxozlar gospitallarni otaliqqa olib, ularni
yoqilg'i, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlari
bilan ta'minlab turdilar. Jumladan, 1943-yilda
Buxoro viloyatidagi gospitallar uchun zarur bo'lgan
yoqilg'ining 80 foizini otaliq korxonalar yetkazib
berdi. O'zbekistonlik 18482 nafar donorlar yaradorlarni
oyoqqa turg'izish uchun qon berib turdilar.

Urush yillarida O'zbekistondagi gospitallarga 164382
yarador va bemorlar joylashtirildi, ularning 87 foizi,
143101 kishi davolanib chiqdilar.

O'zbekistonliklar sog'ayganlarga chiroyli xaltachalar
tikib berar va sovg'a-salomlar bilan frontga
kuzatar yoki korxonalarda ishlashga joylashtirardilar.
Nogiron bo'lib qolganlarga zarur yordam ko'rsatildi,
holiga yarasha ish bilan ta'minlash choralari ko'rildi.

Mudofaa fondi

O'zbekistonliklar orasida
mudofaa fondini tashkil
etish, front uchun issiq kiyimlar to'plash harakati keng
yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jamg'
armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa tondlariga
topshirdilar. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida
O'zbekiston kolxoz va sovxozlari front uchun 59
ming ot va ularga kerakli yem-xashak to'plab berdilar.
Mashhur o'zbek raqqosasi Tamaraxonim mudofaa
fondiga 50 ming so'm topshirdi.  

Mudofaa fondiga 650 million so'm pul, 22 million
so'mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogrammga yaqin
oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar to'plandi.

Bu jamg'arma hisobiga respublikamizda tank
kolonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar
qurilib frontga jo'natildi. O'zbekistonliklar jangchilarga
eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo'natib turdilar.
Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo'li bilan
anchagina mablag' to'plandi. Aholidan issiq kiyimlar
tayyorlash uchun jun, qo'y terilari yig'ib olindi.

Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotoreyasi sotish
hisobiga 4,2 milliard so'm mablag' yig'ilib g'alaba manfaatlari
yo'lida foydalanildi.

Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O'zbekistonning
butun moddiy va ma'naviy kuchlari g'alaba
uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq
Vatan himoyasiga otlandi.