15-. O'ZBEKISTONLIK JANGCHILARNING
FASHIZMNI TOR-MOR ETISHDAGI
JASORATLARI

O'zbekistonliklarning
dastlabki janglardagi
jasoratlari

Urushning dastlabki kunlaridayoq
G'aabiy chegaralardagi
harbiy qo'shilmalar
tarkibida xizmat qilayotgan
o'zbekistonliklar fashist bosqinchilariga qarshi jangga
kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal'asining 50 dan
ortiqroq millatga mansub jangchilari orasida o'zbekistonliklardan
Doniyor Abdullayev, Boboxalil Kashanov,
Ahmad Alivev, Nurum Siddiqov, Uzoq
O'tayev va boshqalar ham bor edi. Ular qal'a himoyachilari
bilan yelkama-yelka turib dushmanning katta
kuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tomchi
qonlari qolguncha jang qildilar. O'layotgan
bo'lsam ham taslim bo'lmayman. Alvido, Vatanim!
Qal'a devoriga qon bilan yozilgan bu so'zlarda yurtdoshlarimizning
his-hayajonlari, jasorati, Vatanga
muhabbati o'zining yorqin ifodasini topgan.
G'arbiy chegaralardagi dastlabki janglarda toshkentlik
Zokir Karimov jasorat ko'rsatdi. U Qrim va
Kavkazda ham dushman bilan olishdi, mardlik va
jasorati uchun I va II darajali Shuhrat va boshqa
ordenlar hamda Jasorati uchun medali bilan taqdirlandi.
O'zbekistonlik jangchilar Smolensk, Kiyev,
Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlar mudofaasida
qatnashdilar. Odessa himoyasida qatnashgan Omon
Umarov dushmanning qurol-aslaha ortilgan 40 avtomobildan
iborat kolonnasiga qarshi hujumda jasorat
ko'rsatdi, bir o'zi dushmanning 3 avtomashinasini
safdan chiqardi va 9 nemis askarini yer tishlatdi.
Omon Umarovning kichik harbiy bo'limi Odessa
yonida qurilgan dushman aerodromiga hujum qilib
dushmanning 16 samolyoti va 30 avtomashinasini
yondirib yubordi. Uning bir o'zi 12 fashistni yo'q
qildi. Afsuski, Kerch uchun bo'lgan janglarda u halok
bo'ldi. Odessa himoyasida sapyorlar rotasining
komandiri Hamza Zaripov jasorat ko'rsatdi. Uning
rotasi minalashtirilgan yo'lda dushmanning 27 tanki
va 13 bronetransportyorini portlatdi.
O'zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk,
Kiyev, Odessa, Sevastopol va Leningradning
qahramonona himoyasi fashistlar Germaniyasining
Yashindek tez urush qilish rejasiga dastlabki zarba
bo'ldi.

O'zbekistonliklar Moskva
uchun janglarda

1941-yil kuz-qish oylarida
Moskva ostonalarida hayotmamot
janglari bo'ldi. Unda,
bir tomondan, qanday qilib bo'lsa ham Moskvani
egallash uchun intilgan, ikkinchi tomondan, qanday
qilib bo'lsa ham Moskvani qo'ldan bermaslik uchun
oyoqqa turgan tarixda misli ei'rilmagan darajadagi
katta harbiy qo'shinlar to'qnashdi. Ana shu dahshatli
janglarda o'zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat,
yuksak harbiy mahorat ko'rsatdilar.

Janubi G'arbiy front tarkibidagi 353-tog' o'qchi polki
jangchisi Qo'chqor Turdiyev katta jasorat ko'rsatdi. U
1941-yil 25-oktabrda o'rtoqlari bilan razvedkaga, so'ngra
til olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha o'rtoqlari
halok bo'lgan Qo'chqor Turdiyevning bir o'zi dushmanning
bir DZOT, 9 askar va zobitini yo'q qilib, 3 tasini asirga
olib keldi va front qo'mondoni S.K. Timoshenkoga
buyruq bajarilgani haqida xabar berdi. Bu jasorati uchun
Qo'chqor Turdiyev qahramonlik unvoniga sazovor bo'ldi.

Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general
I. V. Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan
diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent
piyoda bilim yurti va O'rta Osiyo harbiy okrugining
harbiy-siyosiy bilim yurtida ta'lim olgan 180 ta zobit
bor edi. General I. V. Panfilov diviziyasi Moskva
ostonalaridagi Volokolamsk yo'nalishida qattiq jang
qildi. Ommaviy qahramonlik ko'rsatildi. Diviziyaning
28 kishidan iborat 4-o'qchi rotasining bir o'zi Dubosekovo
razyezdida dushmanning bir rotasini qaytardi,
32 ta tankini majaqlab tashladi. Diviziya jang maydonida
dushmanning 114 ta tankini, 26 ming askar va
zobitini, 5 ta samolyot va boshqa ko'plab texnikasini
yo'q qildi, harakatdagi jangovar texnikasining ancha
qismini qo'lga kiritdi. Janglarda vzvod komandiri
Ikrom Halilov, Zarif Ibrohimov, Mamadali Madaminov, Abdulla Tog'ayev, jarroh G'ulom Abdurahimov
va boshqalar jasorat ko'rsatdilar. Jangda diviziya
qo'mondoni I. V. Panfilov halok bo'ldi, ammo uning
quroldoshlari 8-gvardiyachi Panfilovchi diviziya nomi
bilan dushman tor-mor etilguncha jang qildilar.
O'zbekistonda tuzilgan 21- va 44-otliq askarlar
diviziyasi Moskva ostonalarida 1- va 2-otliq askarlar
korpuslari saflarida jang qilib qahramonlik namunalarini
ko'rsatdilar. Shular qatorida 1-otliq askarlar korpusining
jangchilari H. Musayev, R. Abduqosimov,
A. Abdullayev, bo'lim komandiri R. Aliyev, vzvod
komandiri kichik leytenant X. Bektursunov, 2-otliq
askarlari korpusining jangchilari Z.M. Qosimov,
R. S. Halilov, katta serjant V. Sodiqov, eskadron
komandiri M. Ibrohimov va boshqalar bor edi.

O'zbekistonda tuzilgan 258-o'qchi diviziya askarlari
Moskva ostonalaridagi janglarda 9000 dan ko'proq dushman
askar va zobitlarini yer tishlatib, 137 ta aholi yashaydigan
manzilgohlarni ozod etadi, birinchilardan bo'lib Upa
daryosiga chiqib oladi, ko'plab jangovar texnikani qo'lga
tushiradi. 258-o'qchi diviziya Kalugani ozod etishda
ko'rsatgan matonati uchun gvardiyachi diviziya unvoniga
sazovor bo'ladi.

Diviziyaning orden va medallar bilan mukofotlangan
komandirlari va siyosiy xodimlari orasida
B. O'razov, G. Tolipov, M. Bektemirov, V. Kashapov
va boshqalar bor edi. O'zbek xalqi Moskva himoyachilariga
ko'maklashish uchun qo'lidan kelgan barcha
tadbirni ko'rdi. 1941-yil dekabrida O'zbekiston SSR
Oliy Kengashi Raisi Yo'ldosh Oxunboboyev boshchiligidagi
o'zbek delegatsiyasi Moskvaga bordi.
Delegatsiya a'zolari Moskva ostonlarida jang qilayotgan
G'arbiy front jangchilari - askarlar, zobitlar va
qo'mondonlari bilan uchrashdi, suhbatlashdi, 1942-yil
1-yanvar - Yangi yil kunini birga kutib olishdi, ularga
O'zbekistondan olib borilgan 29 vagon meva-cheva, 9
ming kalta po'stin, 20 ming juft kigiz etik, 100 ming
juft issiq qo'lqop va boshqalarni sovg'a qildilar.

Moskva himoyachilari orasida o'zbek qizi Zebo
G'aniyeva ham bor edi. U Moskvadagi Teatr san'ati
institutida o'qir edi. Urush boshlangach, Zebo
G'aniyeva o'z yurti - Andijonga qaytib kelishni emas,
frontda jang qilishni afzal ko'rdi. Tez orada mohir mergan
va razvedkachi bo'lib yetishdi. Uning harbiy qismi
Moskva-Volga kanali bo'ylab joylashgan edi.

Mergan Zebo G'aniyeva 1942-yil 21-may kunigacha
23 ta fashistni yer tishlatdi, 16-martda razvedkaga borib,
dushman to'g'risida qimmatli ma'lumotlar olib keldi. Zebo
G'aniyeva jasorati uchun hukumat ordeni bilan mukofotlandi.

1943-yil avgustda Demyanskda bo'lgan jangda
Zebo G'aniyeva og'ir yarador bo'ldi, 33 marta jarrohlik
operatsiyasiga bardosh berib o'limni yengib o'tdi.

Zebo G'aniyeva urushdan keyin ham tinib-tinchimadi,
tirishqoqlik bilan o'qidi. Bokuda institutni tamomlab,
Moskva jahon adabiyoti institutida nomzodlik
dissertatsiyasini yoqladi.
Moskva ostonalarida o'zbekistonlik merganlar
Is'hoqov 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132,
Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini yer tishlatdilar.

1753 nafar o'zbekistonlik jangchilar Moskva mudofaasi
uchun medali bilan mukofotlandilar.

Moskva yonidagi jangda
dushman tor-mor etildi. Bu
uning Ikkinchi jahon urushi
boshlangandan beri o'tgan
ikki yarim yil orasidagi birinchi
yirik mag'lubiyati
edi. Fashistlarning yashindek
tez urush rejasi butunlay
barbod bo'ldi.
O'zbekistonlik jangchilar
1942-yilda Qrim, Donbass,
Don, Kuban, Shimoliy
Kavkazda bo'lgan
og'ir janglarda ham qatnashib
o'z vazifalarini
bajardilar. O'zbekistonda
uzoq yillar xizmat qilgan
general I.Y. Petrov Sevastopol
uchun bo'lgan 8 oylik
mudofaa janglarining boshliqlaridan biri edi. U katta
harbiy mahorat bilan alohida dengizbo'yi armiyasiga
qo'mondonlik qildi. Sevastopolni quruqlikdan himoya
qilishni tashkil etdi. Uning adyutanti toshkentlik katta
leytenant Z. Qahhorov edi. General I.Y. Petrov Shimoliy
Kavkaz fronti, keyinroq 4-Ukraina frontiga
qo'mondonlik qildi, Berlin operatsiyasida qatnashdi.
Urushdan keyin Toshkentga qaytib kelib Turkiston
harbiy okrugi qo'shinlariga qo'mondonlik qildi.

O'zbekistonliklar
Stalingrad jangida

O'zbekistonliklar 62- va 64-
armiyalar saflda turib tarixiy
Stalingrad jangida qahramonona
jang qildilar. Janglar avjiga chiqqan paytda
Stalingradga Samarqand va Farg'onada tuzilgan 90-
va 94-o'qchi brigadalar yetib kelib jangga kirdilar. Bu
brigadalar asosan o'zbek yigitlaridan tuzilgan bo'lib,
komandirlari orasida S. Nuriddinov, V. Umarov,
A. Murodxo'jayev, F. Norxo'jayev va boshqalar bor
edi. 21-otliq askarlar diviziyasining baland jangovar
ruhda jang qilishida diviziya komissari, keyinroq general-
mayor unvoniga erishgan Mullajon Uzoqovning
xizmati katta bo'ldi. Volga bo'ylarida dahshatli janglar
bo'layotgan paytda o'zbekistonlik jangchilar o'zbek
xalqining ularga yozgan xatini oldilar.

Xatda: Farzandlarimiz, erlarimiz va aka-ukalarimiz,
fashistlarni oldinga yorib o'tmoqchi bo'lgan hamma joyda
to'xtatib qolingiz, ularning olg'a qarab bir qadam ham
siljishiga yo'l bermang, qonxo'r jallodlarni orqaga uloqtirib
tashlang va yer bilan yakson qiling, yodingizda bo'lsinki,
agar siz hozir bir qadam orqaga chekinsangiz, bu narsa
mamlakat uchun, O'zbekistonimiz uchun g'oyat og'ir
musibatlar keltirishi mumkin, - deyilgan edi. Jangchilar
bu xatni jangovar topshiriq deb qabul qildilar. Unga
javoban yanada qat'iyroq, shiddatliroq jang qildilar.

128-gvardiyachi Turkiston tog'-o'qchi diviziyasi
askarlari dushmanga qarshi shiddatli zarbalari bilan
shuhrat qozondilar. Kichik leytenant M. Kabirov
vzvodiga Perelazovsk xutori yonidagi tepalikni egallash
va ushlab turish vazifasi topshirildi. Vzvodning 40
ta jangchisi hamma tomondan ochiq, dushmanga
ko'rinib turgan yalanglikdan o'rmalab tepaga yurdi,
qattiq jang, og'ir yo'qotishlar evaziga tepalikni ishg'ol
etdi. Tirik qolgan 11 jangchi dushmanning 300
jangchisiga qarshi 12 kun davomida tepalikni qo'ldan
bermay jang qilishdi va dushmanni o'sha tepalik yonida
to'xtatib qoldi. Ularning 9 tasi o'zbek, 1 tasi qozoq
va 1 tasi tatar edi. Og'ir jangda B. Alimbekov, D. Ahmedov,
B. G'afforov, S. Mardonov, H. Musayev,
S. Payziyev, N. Haitov, S. Tlenovlarning qoni ana shu
tepalikda abadiy qoldi. Faqat Abdurahmon Erdonov
va M. Kabirovlar tirik qolishdi.

Bu tepalik hozirgacha Sharqning 11 qahramoni
tepaligi deb atalib kelinmoqda.

Mashhur Pavlov uyini mudofaa qilgan jangchilar
orasida o'zbek yigiti Kamoljon Turg'unov ham bor edi.
Stalingradda jang qilayotgan namanganlik zobit
Mamasoli Jabborov 1942-yilning noyabrida o'zining
motoo'qchilar rotasi bilan chekinib borayotgan dushmanning
ikkita polkiga shiddatli hujum qilib 400 soldat
va zobitni qirib tashladi, 230 tasini asirga tushirdi
va anchagina qurol-aslahani o'lja qildi. 117 fashistni
yer tishlatgan Buxoro viloyatidan borgan mergan
Hayit Xo'jamatov 5 ta jangda o'z pulemyoti bilan
dushmanning 300 dan ortiq askar va zobitini yer tishlatgan.
Qorako'l tumanidan borgan jangchi Haitov,
Toshkent Pedagogika institutining talabasi Yelena
Stempkovskayalar jasorati Stalingrad jangi solnomasidan
munosib o'rin egalladi.

O'zbekistonlik jangchilardan 2738 kishi Stalingrad
mudofaasi uchun medali bilan mukofotlandi.

Tub burilishga o'zbekistonlik
jangchilar
hissasi

1943-yil yozida Kursk yoyida
bo'lgan qattiq janglarda O'zbekistonda
tuzilgan 62- va
69-o'qchi diviziyalar, 162-O'rta Osiyo-Novgorod-
Shimol diviziya askar va zobitlari alohida jasorat
ko'rsatdilar. O'zbekistonliklar, shuningdek, 5- va 15-
o'qchi diviziyalar hamda 5-gvardiyachi va 62-gvardiyachi
o'qchi diviziyalar tarkibida ham jang qildilar.

Oryol diviziyasi faxriy nomini olgan 5-o'qchi diviziya
tarkibida farg'onalik Ahmadjon Shukurov ham bor edi. Bu
diviziyaga Zolotaryovka qishlog'ini dushmandan tortib olish
topshirig'i berildi. Zolotaryovka uchun bo'lgan qattiq
janglarda Ahmadjon Shukurov jasorat ko'rsatdi. Dushmanning
110 ta askar va zobitini yer tishlatdi va 15 tasini asir
oldi. Bu jasorati uchun unga Qahramon unvoni berildi va
Zolotaryovka qishlog'i Shukurovka deb ataladigan bo'ldi.

Zilmat Hasanov bir o'zi 80 fashistga qarshi jang
qilib, 60 tadan ortig'ini qirib tashladi, patronlari tugagach,
qaltis paytda o'zini ham, dushmanlarni ham
portlatib yubordi. O'zbek qizi, shifokor-jarroh Muqaddam
Ashrapova namunali xizmati uchun 1-gvardiyachi
armiya jangchilarining mehr va hurmatiga
sazovor bo'ldi. Pragagacha bo'lgan jangovar yo'lni
bosib o'tdi. Ko'rsatgan jangovar jasoratlari uchun
hukumat ordeni va bir necha medallar bilan taqdirlandi.
Muqaddam Ashrapova urushdan keyin Toshkent
Tibbiyot institutida ishlab, tibbiyot fanlari doktori, professor
darajasiga erishdi, o'z hayotini fanga va tibbiyot
xodimlari tayyorlashga baxshida etdi.
Kurskda porloq g'alabaga erishilgach, qizil armiyaning
2000 km uzunlikdagi frontlarda qudratli
strategik hujumi boshlanib ketdi. Shimoliy Don,
Desna, Soj daryolari kabi suv to'siqlari ham, dushmanning
kuchli mudofaa pozitsiyalari ham qo'shinlarimizni
to'xtatib qololmadi. Dushmanning Dnepr
daryosining o'ng qirg'og'ida mahkam o'rnashib olishdan
iborat rejasini sindirish maqsadida jangchilarimiz
zudlik bilan Dneprni kechib o'tishni boshladi.
Toshkent viloyatida tuzilgan 441-o'qchi diviziya jasorat
ko'rsatdi. Leytenant Ozerov otryadi daryoni kechib
o'tib Dnepr va Soj daryolarining burilish joyidagi
g'arbiy sohilning kichik bir istehkomini egalladi.
Fashistlar o'q yog'dirib, ularni yo'q qilib tashlashga
intildilar. Tirik qolgan 10 tacha jangchi rota komandiri
Jo'raxon Usmonov yetakchiligida madad yetib kelguncha
ikki kecha-kunduz davomida marrani egallab turdi.
Bo'linmaning barcha jangchilari yuksak mukofotlarga
sazovor bo'ldi, Jo'raxon Usmonov Qahramon unvoni
bilan taqdirlandi. Dneprni birinchi bo'lib kechib
o'tganlar orasida G'ijduvon tumanidagi Navzakaron
qishlog'idan chiqqan starshina Vali Nabiyev, andijonlik
Qambarali Do'smatov, qoraqalpoq Xudoybergan
Shoniyozov, shofirkonlik Xalloq Aminov, romitanlik
Sharif Ergashev, Buxorodan chiqqan T.A.Tixonov va
boshqalar bor edi.

Dneprni kechib o'tishda, uning o'ng qirg'og'idagi
istehkomlarni egallashda ko'rsatgan jasorati uchun jami,
2348 jangchiga, jumladan, 26 nafar o'zbek yigitlariga
Qahramon unvoni berildi.

Kurskdagi g'alaba va dushmanning Dneprdan uloqtirib
tashlanishi natijasida jahon urushining borishida
tub burilish yasaldi, harbiy strategik tashabbus dushmandan
batamom tortib olindi. Stalingraddagi g'alaba
Gitler Germaniyasining yengilishi muqarrarligini
ko'rsatgan bo'lsa, Kursk va Dneprdagi g'alaba nemisfashist
qo'shinlarini halokatga mahkum etdi.
O'zbekistonlik jangchilar Leningrad qamalini yo'q
qilish, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va Boltiqbo'yi
respublikalarini dushmandan ozod qilish uchun
bo'lgan janglarda qahramonlik namunalarini ko'rsatdilar.
1944- yil kuz oylariga kelganda dushman mamlakatdan
butunlay haydab chiqarildi, SSSR chegaralari
tiklandi.

O'zbekistonlik
partizanlar

Dushmanni tor-mor etishda
partizanlar harakatining
roli va o'rni katta bo'ldi.
Urushning dushman ustunlik qilgan dastlabki davrida
butun-butun harbiy qismlar dushman qurshovida
qolib ketdi, ko'plab askar va zobitlar noilojlikdan asirga
tushib qoldilar. Asirlarning soni 5 mln kishidan
ortiqroq bo'lib, ular orasida minglab o'zbekistonliklar
ham bor edi. Asirga olinganlar orasida komissarlar,
kommunistlar birinchilar qatorida surushtirib o'tirilmasdan
otib tashlanar edi. Qolganlari harbiy lagerga
tashlanardi, ularga qattiq azob berilar, sovuqda ochyalong'
och saqlanar edi. Dastlabki paytlarda fashistlar
harbiy asirlarni ortiqcha yuk, keraksiz xo'randa deb
o'ldirib yuborishar edi. Keyinchalik urush dushman
o'ylaganchalik bo'lib chiqmagach, harbiy asirlardan
tekin ishchi kuchi sifatida foydalana boshladi.
Dushman bosib olgan shahar va tumanlar aholisi
Germaniyaga haydab ketildi. Ba'zi joylarda mehnatga
layoqatli bo'lgan fuqarolarni o'z ixtiyori bilan Germaniyaga
ishga yollab olib ketishga ham urindilar.

Germaniyaga olib ketilgan sovet fuqarolari soni 4 mln
dan ortiq edi. Harbiy asirlar, haydab ketilgan fuqarolar
Osvensim, Mautxauzen, Buxinvald va boshqa o'nlab o'lim
lagerlarida saqlanadi, xo'rlanadi va ko'plari o'ldiriladi.

Dushman ishg'ol qilgan tumanlar aholisining dushman
qamalidan chiqib olgan qismi yoki harbiy asirlikdan
qochgan jangchilar tog'larga, o'rmonlarga
yashirinib, partizancha kurashga o'tdilar. Partizanlar
harakati Markaziy shtabi tayyorlab yuborgan harbiy
mutaxassislar, razvedkachilar partizanlar orasiga borib,
ularni yirik-yirik otryadlarga birlashtirib, uyushgan
holda dushmanga qarshi kurashdilar. Dushman qurshovidan
chiqib olgan o'zbekistonlik jangchilar ham
Rossiyaning g'arbi, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya
respublikalarida partizan qo'shinlarida ishtirok etdilar.

Chekist partizan otryadining razvedkachisi, qo'rqmas
partizan Mamadali Topiboldiyevning nomi Belorussiyada
mashhur bo'ldi. U dushmanning 67 askar va zobitini yo'q
qilib, 180 tasini asirga oldi. Dovrug'i butun partizanlar
o'lkasiga yoyilgan M.Topiboldiyev ko'rsatgan jasorati
uchun Qahramon unvoniga sazovor bo'ldi. Belorussiyaning
Pisarevo qishlog'i o'zbek xalqining jasur o'g'loni
nomiga Topiboldiyevka deb ataladi.

Gomel atrofidagi Temiryo'l urushida ishtirok
etgan Jonibek Otaboyev, Bryansk atrofida dushmanga
to'satdan zarba bergan I. Musayev, A. Hakimov,
I. Qosimov va boshqalarning nomlari urush solnomasidan
o'chmas o'rin oldi. Ukrainada dushmanga
qiron keltirgan S.A. Kovpak, A.N. Soburov, A.F. Fedorov,
M.I. Naumovlarning partizan qo'shinlari saflarida
yuzlab o'zbekistonlik qasoskorlar ham qatnashdilar.
Ular dushman qismlariga to'satdan hujum qilar,
ko'priklar va temiryo'llarni portlatib dushmanni
sarosimaga solardilar.

O'zbekistonliklar -
Yevropa xaloskorlari

O'zbekistonlik jangchilar
Yevai?a xalqlarini ozod
etishda faol qatnashdilar.
Birinchi o'zbek generali, 57-gvardiyachi diviziyaning
qo'mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira
qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan Sharqiy Prussiyagacha
bo'lgan masofani qattiq janglar bilan bosib
o'tdi. Ko'rsatgan harbiy mahorati uchun ko'p martalab
hukumat ordenlari va medallar bilan taqdirlandi.
1943-yil martida unga general-mayor unvoni berildi.
1943-yil mayidan 1944-yil apreligacha muddatda
Sobir Rahimov Moskvadagi Oliy harbiy akademiyada
ta'lim oldi. U akademiyani tamomlab, avval Belorussiyani
ozod etishda, so'ngra Polshaning Grudzyandz,
Gnev, Starograd, Dzyaddovo shaharlarini
ozod etish uchun bo'lgan janglarda sarkardalarga xos
harbiy san'atni namoyish etdi.

1945-yil 26-martda Gdansk shahrini ozod etish uchun
bo'lgan jangda general Sobir Rahimov halok bo'ldi. Sobir
Rahimovga o'limidan so'ng Qahramon unvoni berildi.
Polsha xalqi o'zbek xalqi kabi general Sobir Rahimov
nomini e'zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko'chalar,
maktablarga Sobir Rahimov nomi berilgan.

O'zbekistonliklar Yevropa mamlakatlarida avj
olgan qarshilik ko'rsatish harakatida ham faol qatnashdilar.
Ular dushmanning maxsus lagerlaridan
qochib Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya,
Fransiyadagi Qarshilik harakatiga qo'shilib jang
qildilar. Samarqandlik G.G. Bulatov otryadi Polshada
o'nlab ko'priklarni, temiryo'
llarni portlatdi, dushmanning
harbiy qismlari va
jangovar texnikasi ortilgan
eshelonlarni ag'dardi.
1944-yil o'rtalarida Slovakiyada
fashistlarga qarshi
ko'tarilgan milliy qo'zg'
olonda o'zbekistonliklardan
partizan otryadi komandiri
V.F. Melnikov, R.
Allamov, A. Narzullayev,
R.Hamroyevlar ishtirok
etdi. Yugoslaviyada ko'rsatgan
jasorati uchun
farg'onalik Uksanboy Xolmatov
3 marta Yugoslaviyaning
mukofotlariga
sazovor bo'ldi.
Fransiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200
sovet harbiy asirlaridan tuzilgan partizanlar polki
A.A. Kozaryan qo'mondonligida fransuz partizanlari
bilan birgalikda jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli shaharlarini,
Gar va Lozer departamentining qishloqlarini
fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samarqandlik
Abdulla Rahmatov, Bulung'ur tumanidan
Sariboy Shomurodov, toshkentliklar Rahmon Rahimov,
Nasib Amirov va boshqalar faol qatnashdilar.

Fransiyaning janubini ozod etishda ko'rsatgan jasorati
uchun qo'qonlik Hoshim Ismoilov, toshkentlik Tojiboy
Ziyayev Fransiyaning Janna d'Ark kresti ordeni bilan
mukofotlandi.

Italiyaning Karraro shahri konlarida ishlatish uchun
olib borilgan harbiy asirlar orasida andijonlik Turg'un
Qo'chqorov va Ahmad Mamajonovlar italiyalik partizanlar
bilan aloqa bog'lab toqqa qochadi. Ular
Garibaldiyachi partizanlar otryadiga qo'shilib dushman
qurol-aslaha omborxonalarini portlatishda, yo'llarda
dushman kolonnalarini yo'q qilishda, ko'priklar va
eshelonlarni portlatishda faol qatnashadilar.

O'zbekistonliklarning Qarshilik ko'rsatish harakatidagi
ishtiroki Yevropa xalqlarini fashistlar asoratidan xalos qilish
harakatiga qo'shgan muhim hissa bo'ldi.

Turkiston legioni

Dushman o'ta makkor edi.
Harbiy asirlar o'rtasida millatlarni
bir-biriga qarshi gijgijlash, kelib chiqishi
nemislardan bo'lgan sovet fuqarolarini qulayliklar
yaratish evaziga o'ziga xizmatkorlikka olish, sovet
hokimiyatiga nisbatan norozilik kayflyatida bo'lgan
ayrim musulmon etnik guruhlaridan foydalanish kabi
siyosiy yo'llardan foydalanishga urinib ko'rdi. Rozi
bo'lmaganlarni ochlik va o'lim bilan qo'rqitar edi. Bu
xildagi usullar harbiy asirlarga ko'proq ishlatilardi.
Fashistlar harbiy asirlardan Rus ozodlik armiyasi,
Turkiston legioni, Volga - Ural legioni kabi harbiy
qo'shilmalar tuzishdi, ulardan partizanlarga qarshi
kurashda foydalandilar ham. Chet el manbalarida o'z
vatanining dushmanlari bilan hamkorlik yo'liga kirganlar
soni oz emas, ko'p emas, qariyb 1 mln kishiga
yetganligi ko'rsatiladi. Bunga Stalinning asirlikka
tushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani ham
o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lishi ehtimoldan xoli emasdir.
Haqiqatda ham ko'pgina harbiy askarlar bunday
legionlarga majburan kiritilgan edi. Ular yashirin
guruhlar tuzib partizanlar bilan aloqa bog'lash yo'lini
qidirganlar. Masalan, 1944-yilning yanvarida gitlerchilar
Turkiston legioni otryadini Chernogoriyada
yugoslaviyalik partizanlarga qarshi jangga soladi.
Otryadlarning birida 28 o'zbek yigitlari - S. Fayziyev,
A. Ahmedov, Z. U. Husanov va boshqalar bor edi.
Zobit S. Fayziyev mahalliy aholi bilan aloqa bog'laydi
va uning ko'rsatmasi bilan legionchilar fashist
komandirlarini otib tashlab, qurol-aslahalari bilan
toqqa, partizanlar tomoniga yuradi. 1944-yil 25-may
kuni 28 o'zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyada
harakat qilayotgan bolgar askarlari batalyoniga
qo'shilib ketadi. Ular orasida jang qilgan toshkentlik
Z.U. Husanovning taqdiri hayratomuzdir. U 1941-
yilda Smolenskda yarador bo'ladi, tuzalib safga qaytadi
va 1943-yil 5-iyulda 228-o'qchi polki safida qahramonlarcha
jang qilib, og'ir yaralanadi. Quroldoshlari
uni halok bo'ldi deb hisoblashadi, uyiga bu haqda
xabar yo'llashadi. Unga Qahramon unvoni beriladi.
Ammo jangchi o'lmay qoladi, dushman uni og'ir
yarador holda asirga oladi, keyin Turkiston legioniga
kiritadi. Ziyamat Husanov o'rtoqlari bilan partizanlar
tomoniga o'tadi. Priepol shahrida fashistlarga qarshi
mardona jang qilib, ko'plarni yer tishlatadi, o'zi ham
og'ir yarador bo'ladi, bir mahalliy ayol jangchini o'ziga
keltiradi. Italiyadagi harbiy kasalxonaga joylashtirishadi.
U to'rt marta operatsiyani boshidan kechiradi,
sog'aygach o'z yurtiga keladi. U keyinroq Qahramon
unvoniga sazovor bo'lganligidan xabar topadi.
Biroq omon qolgan harbiy asirlarning taqdiri ham
og'ir kechadi. Ular o'z Vataniga qaytib kelgach,
gumon ostida bo'ldilar, ishga joylashishda, uy-joyli
bo'lishda qiynaldilar. Ayrimlari yana lagerlarga, endi
sovetlar hukumatining lagerlariga tushib qoladilar.
Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratgan
ishonchsizlik va gumonsirash vaziyatining oqibati edi.

O'zbekistonliklarning
urushning so'nggi pallasidagi
jasoratlari

Urush o'zining so'nggi pallasiga
kirdi. Berlin uchun
qattiq janglar bo'ldi. Urush
Qahramonlari Botir Boboyev, Tojiali Boboyev, Solih
Umarov, Shuhrat ordenining to'liq kavalerlari
Abdulla To'qmoqov va Said Niyazovlar Berlinni zabt
etishda qahramonlarcha jang qildilar.

Berlinni olganligi uchun medali bilan o'zbekistonlik
jangchilardan 1706 kishi taqdirlandi. Fashistlar Germaniyasi
tor-mor etildi. Germaniya ustidan g'alaba qozonilganligi
uchun medali bilan 109208 o'zbekistonlik jangchi
taqdirlandi.

O'zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda
ham qatnashdilar. Ular 22-, 79-, 275-, 388-, 221-
diviziya va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jang
qildilar. Seysin port shahrini egallashda 335-o'qchi
diviziyasi batalyoni tarkibida leytenant Fozil Karimov,
razvedkachi Vali Sulaymonovlar alohida jasorat
ko'rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan desantchilar
orasida pulemyotchi Nishon Bozorov chaqqonlik
bilan jang qilib, yaponlarning 10 ta askari va 2 ta zobitini
yer tishlatadi. U jangovar medal bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, leytenant A.A. Karimov, o'qchi
vzvod komandiri kichik leytenant U. Doniyorov,
pulemyotchilar qismi komandiri S. Qo'chqorov va
boshqalar ham dushmanga qaqshatqich zarba beradilar.
Shimoli Sharqiy Xitoy va Koreyani egallab turgan
bir millionlik Kvantun armiyasi tor-mor qilinadi.
Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo'shinlaridan
ozod qilinadi. Yaponiya tor-mor etiladi.
O'zbekistonliklarning urushda ko'rsatgan mardligi
va jasorati yuqori baholandi.

120 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming
o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi.
300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga
sazovor bo'lishdi, ularning 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar
o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni
bilan mukofotlandi.

6 yil davom etgan, butun insoniyat boshiga og'ir
kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo'ldi.
Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan
ortiqroq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi
yarador va mayib bo'lib qoldi, moddiy talofatlar qimmati
4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa,
Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo'ldi.
Fashizmni tor-mor etishda ko'p mamlakatlar qatnashdi.
Biroq urushning asosiy og'irlik markazi SSSR
xalqlari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi
urush alangasida halok bo'ldi, 18 milliondan ortiqroq
jangchilar yarador va nogiron bo'lib qoldilar.
O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan
263005 kishi halok bo'ldi, 132670 kishi bedarak yo'qoldi,
60452 kishi nogiron bo'lib qaytdi. Bu mash'um urush
tufayli eng kamida to'rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga
duchor bo'lgan. Agar qarindosh-urug'larni hisoblasak,
butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan.
Urushga bormaganlarga ham oson bo'lmadi. Yuz
minglab vatandoshlarimiz mehnat frontida zahmat
chekdilar, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan topgan
nasibasini frontga jo'natib azob-uqubatlar tortdi.
Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush
qaysi g'oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan
bo'lmasin, o'z vatani, el-yurtining yorug' kelajagi,
beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni,
o'z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo
yodda saqlaymiz.
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
Asarlar. 3-t. T.: O'zbekiston, 1996, 81-bet.
Fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning olamshumul
tarixiy ahamiyati shundaki, u dunyodagi ko'plab
xalqlarni zo'ravonlikdan, qullikdan, zulmdan ozod
etdi, erkin, demokratik rivojlanish uchun, iqtisodiy va
ma'naviy taraqqiyot uchun yo'l ochib berdi. O'zbek
xalqi fashizmni tor-mor etishga, olamshumul ahamiyatga
molik g'alabaga ulkan hissa qo'shdi. Ikkinchi
jahon urushi butun insoniyatga katta saboq bo'ldi.
Eng muhim saboq shundan iborat bo'ldiki, urush
boshlanmasdan oldin unga qarshi kurashmoq, uning
oldini olish tadbirlarini ko'rmoq zarur. Shu maqsadda
jahondagi ko'pchilik mamlakatlar Birlashgan Millatlar
Tashkilotini (1945-yil) tuzdilar. Bu xalqaro tashkilot
urushdan keyingi yarim asrdan ortiqroq davr davomi
da tinchlikni mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviy
xavfsizlikni ta'minlash masalalari bilan shug'ullanib
kelmoqda.
Urush davri O'zbekiston tarixining uzviy bir qismi,
biz uni unutolmaymiz. O'zbekistonda urush faxriylariga,
ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga
imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushmasining
tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan
g'alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok
bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida
arxiv materiallari to'planib, bu ma'lumotlar asosida
Xotira turkumida 33 kitob nashr etildi.
Fashizm ustidan g'alaba qozonilgan 9-may kuni
O'zbekistonda Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda.
Urushda qurbon bo'lganlarni xotirlash,
biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan
urush faxriylarini qadrlash, e'zozlash, hurmat-izzatini
joyiga qo'yishdek ulug'vor insoniy ishlar yoshlarni
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, mustaqil
O'zbekistonning milliy xavfsizligini mustahkamlashda
katta ahamiyatga egadir.