IV b o b. 1946-1990-yillarda
O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hayoti

16-. XALQ XO'JALIGINING TIKLANISHI.
MA'MURIYATCHILIKNING KUCHAYISHI,
ZIYOLILARNI QATAG'ON QILISHNING YANGI
BOSQICHI

O'zbekiston
xalq xo'jaligini
tinch qurilishga O'tishi

Urish tamom bo'lgach, O'zbekiston
xalq xo'jaligini
tinch qurilishga i'tkazish va
tiklash ishlari boshlandi. Bu
jarayon boshqa respublikalardan birmuncha farq qilardi.
G'arbiy viloyatlar va respublikalarda birinchi navbatda
vayron bo'lgan xo'jalikni tiklashga e'tibor berilgan
bo'lsa, O'zbekistonda xo'jalikni tinch qurilishga
o'tkazish birinchi darajali vazifa edi.
Sovet davlati dasturlarida asosiy mablag'lar va
vositalar g'arbiy hududlarga yo'naltirilgan bo'lib,
Sharqdagi hududlar, jumladan, O'zbekiston o'z mablag'
larigagina tayana olardi. Buning ustiga yuqoridan
tiqishtirilgan baynalmilallik tamoyiliga ko'ra O'zbekiston
xo'jalikni tiklashdagi, aholini oziq-ovqat va
iste'mol mollari bilan ta'minlashdagi tanqisliklarga,
malakali ishchi va mutaxassislar yetishmasligiga qaramay,
g'arbiy viloyatlarga har jihatdan yordam berishga
majbur qilinar edi. O'zbekiston aloqachilari
Dnepropetrovsk viloyatiga 300 mutaxassis, Toshkent
temiryo'lchilari g'arbdagi temiryo'llarda ishlash uchun
230 kishi yubordilar. O'zbekiston, Qozog'iston,
Turkmaniston respublikalari Rossiyaning sharqiy
viloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va Boshqirdiston
avtonom respublikalari, Ukrainaga 5000 ta traktor,
300 ta avtomashina, 500 ta plug va ko'p miqdorda
boshqa qishloq xo'jalik mashinalari yetkazib berdilar.
Donbass shaxtalarini qayta tiklashga O'zbekiston
nasoslar, kompressorlar, ko'targich kranlar, elektr
kabellari va boshqa uskunalar yubordi. Markazning
O'zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida qoldirishdan
O'zbekiston xalq
xo'jaligining tinch
qurilishga o'tishi
186
iborat yo'li qat'iy edi. Shu bois urushdan keyin
respublikadagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslaha
va boshqa harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishdan
qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarishga moslab
qayta jihozlandi. Oaonaeuiao, Ocaaenaeuiao,
E?aniue aaeaaoaeu, Iiau?iiee va boshqa
mashinasozlik zavodlari paxtachilik hamda irrigatsiya
qurilishi uchun mashinalar, tirkama uskunalar, kultivatorlar,
o'g'itlagichlar, chigit seyalkalari, g'o'zapoya
yuluvchi, ko'rak teruvchi mashinalar, ekskavatorlar,
buldozerlar ishlab chiqarishga moslashtirildi. Kimyo
sanoati korxonalari mineral o'g'itlar ishlab chiqarishga
moslab qayta qurildi. Yengil va oziq-ovqat sanoati
xalq iste'mol buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirdi.
Urush yillarida boshlangan yirik inshootlar, jumladan,
Farhod GESi, O'zbek metallurgiya kombinatining
yangi korxonalari qurilishi davom etdi.
1946-yil 18-mart kuni SSSR Oliy Kengashi
tomonidan SSSR xalq xo'jaligini tiklash va yanada
rivojlantirishning 1946-1950-yillarga mo'ljallangan
rejasi haqida qonun qabul qilindi. Rejada vayron
bo'lgan xo'jalikni tiklash, sanoat va qishloq xo'jalik
mahsulotlari ishlab chiqarishni urushdan oldingi darajaga
yetkazish va yanada oshirishga erishish vazifasi
ilgari surildi.
O'zbekiston rahbariyati Markaz tomonidan real
imkoniyatlardan kelib chiqmagan, texnika vositalari va
moliyaviy resurslar tanqisligiga qaramay oshirib belgilangan
ko'rsatkichlarni e'tirof etishga majbur bo'ldi va
respublikada amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab
chiqdi. Bu vazifalar respublika Oliy Kengashining
1946-yil avgustida tasdiqlangan O'zbekiston SSR xalq
xo'jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946-1950-yillarga
mo'ljallangan 5 yillik rejalari to'g'risidagi
qonunda o'z ifodasini topgan. Rejada respublikada
sanoat mahsulotlarini 52 foizga ko'paytirish ko'zda
tutilgan edi. Paxtachilikni, xususan, paxta yig'im-terimini
kompleks mexanizatsiyalashni tugallash kabi
noreal vazifalar qo'yilgan edi. O'zini hamma narsalarni
qilishga qodir deb hisoblovchi partiya apparati kabinetlarida
o'tirib belgilangan bu ko'rsatkichlarga erishib
187
bo'lmasligi ko'rinib turardi, amalda ham shunday
bo'ldi, rejalar bajarilmay qoldi.
O'zbekistonliklar xo'jalikni tiklash va yanada rivojlantirish
yo'lida astoydil mehnat qildilar. 1946-1950-
yillarda 150 dan ortiq yangi sanoat korxonalari qurilib
ishga tushirildi. Quvvatiga ko'ra SSSRda uchinchi
o'rinda turuvchi Farhod GESining birinchi va
ikkinchi navbatlari qurilib ishga tushirildi. 1-Oqqovoq,
1-Bo'zsuv, 2-Bo'zsuv va boshqa gidroelektr stansiyalari
qurildi. 1945-yilda 1187 mln kilovatt/soat
elektroenergiyasi ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1950-yilda
2681 mln kilovatt/soatga yetdi. Qora metallurgiya
sanoati rivojlandi. O'zbek metallurgiya kombinatining
300 prokat stani va yupqa listli 700 prokat stani
qurildi, marten va prokat sexlari loyihadagi ishlab
chiqarish quvvatiga yetdi. Kombinatda issiqlik elektr
markazi ishga tushirildi. Kombinat 1950-yilda 119
ming tonna po'lat ishlab chiqardi va O'zbekiston
hamda boshqa respublikalar sanoati uchun yuqori
sifatli po'lat yetkazib beruvchi korxona bo'lib qoldi.
Oaonaeuiao, Ocaaenaeuiao, ?e??eenaeuiao
 Samarqanddagi E?aniue aaeaaoaeu va
boshqa zavodlar paxtachilik bilan bog'liq mashinalar
ishlab chiqarishni kengaytirdilar. 1950-yilda 4803 ta
chigit seyalkalari, 7784 traktor kultivatorlari tayyorlandi.
1949-yilda 5 ta dastlabki paxta terish mashinasi
SX-40 ishlab chiqilgan bo'lsa, 1950-yilda esa 4641 ta
SX-40 ishlab chiqarishga erishildi. Paxta tozalovchi
mashinalar ishlab chiqarish 1946-yilda 363 tani tashkil
etgan bo'lsa, 1950-yilda 1251 taga yetdi.
Yoqilg'i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg'ona
vodiysida Moyli va Shahrixon, Surxondaryo viloyatida
Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga
topshirildi. Oltiariq neft haydash zavodi
kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950-yilda 1,3 mln
tonnadan oshdi. Polvontosh - Asaka gaz quvuri
qurildi, gaz ishlab chiqarish ortib bordi va 1950-yilda
52 mln kubometrni tashkil etdi.
Yengil sanoat o'sib bordi. Farg'ona va Qo'qonda
yangi to'qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj
fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip
188
yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. 1941-yilda
107 mln metr ip gazlama ishlab chiqarilgan bo'lsa,
1945-yilda 85 mln metr, 1950-yilda 161 mln metr ip
gazlama tayyorlandi. 1950-yilda 552 ming ustki kiyim,
8427 ming ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi kabi
trikotaj buyumlari ishlab chiqarildi.
Transport tarmoqlari va yuk tashish ancha kengaydi.
O'zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmaniston
va Qoraqalpog'iston hududlarini bog'lovchi Chorjo'
y - Qo'ng'irot temiryo'l magistralining qurilishi
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Toshkentda 29 km uzunlikdagi dastlabki trolleybus
yo'li ishga tushirildi. 1950-yilda 2070 km uzunlikdagi
temiryo'l, 28,7 ming km uzunlikdagi avtomobil
yo'llari, 814 ta pochta, telegraf va telefon korxonalari
aholiga xizmat ko'rsatdi.
Sanoat korxonalarini malakali ishchilar va mutaxassislar
bilan ta'minlash choralari ko'rildi. Ishchilar
tayyorlash hunar maktablari, fabrika-zavod ta'limi tarmoqlari,
temiryo'l bilim yurtlari, shuningdek, korxona
va muassasalarning o'zlarida tashkil etilgan kurslar
orqali amalga oshirildi. Ta'limning ana shu tarmoqlari
orqali 1946-1950-yillarda 216,7 ming ishchi kadrlar
yetishtirildi. Shu yillarda respublika oliy texnika o'quv
yurtlari sanoat, qurilish, transport va aloqa tarmoqlari
uchun 2372 muhandis, o'rta maxsus o'quv yurtlari esa
5719 texnik kadrlar tayyorlab chiqardilar.
Respublika dehqonlari qishloq xo'jaligini, ayniqsa
paxtachilikni tiklashga va rivojlantirishga katta kuch
sarfladilar. Bu sohadagi majburiy ko'rsatmalar SSSR
XKS va VKP(b) MQning 1945-yil 15-iyuldagi O'zbekistonda
paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish
choralari to'g'risidagi va SSSR XKSning
1946-yil 2-fevraldagi 1946-1953-yillarda O'zbekistonda
paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish
rejasi va tadbirlari to'g'risidagi ketma-ket
qabul qilingan qarorlarida belgilab berilgan edi. Tub
aholi manfaatlariga mos bo'lmagan, paxta monokulturasini
yanada kuchaytirishga qaratilgan bu qarorlarni
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1945-yil
sentabrida bo'lgan XIII plenumi muhokama qilib,
Markaz ko'rsatmalarini o'ziga dasturilamal deb
hisobladi va ularni bajarish yuzasidan tadbirlar ishlab
chiqildi. Qishloq xo'jaligida paxta ekiladigan maydonlarni
yildan yilga ko'paytirish asosiy vazifa bo'lib
qoldi. Paxta va beda almashlab ekish uchun ajratiladigan
sug'oriladigan maydonlarni 1945-yildagi 947 ming
gektardan 1947-yilda 1287 ming gektarga, 1953-yilda
1500 ming gektarga yetkazish belgilangan edi. Ayni
paytda g'alla, qand lavlagi, poliz va sabzavot ekiladigan
maydonlar qisqarib bordi.
O'zbekiston xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun
mablag'larning katta qismi paxtachilikka ajratildi va
uning bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarga sarflandi.
Respublika traktor parki ancha ko'paydi, kolxozlarga
texnik xizmatni ko'rsatuvchi MTSlar soni 245 taga
yetdi, ulardagi traktorlar soni 1950-yilda 29,5 mingtani,
paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil
etdi. Respublika qishloq xo'jaligining yuk avtomobillar
parki 1950-yilda 7934 ta yuk avtomobillari va
avtotsisternalarni tashkil etdi.
1949-yil 4-fevral kuni paxtaga davlat tayyorlov
bahosini oshirish haqida hukumat qarori e'lon qilindi.
Ilgari 1 tonna paxta xomashyosiga 1047 so'm to'langan
bo'lsa, 1949-yildan boshlab 2200 so'mga ko'tarildi,
ya'ni 1 tonna paxta xomashyosi 3 tonna bug'doyga
tenglashtirildi. Paxtakorlar mehnati juda ham past
baholanib qolaverdi, 1 tonna paxta yetishtirish uchun
1 tonna bug'doy yetishtirishga nisbatan 10-15 marta
ko'p mehnat sarflash talab qilinardi.
1950-yil avgustida bo'lgan O'zbekiston Kompartiyasi
MQning VI plenumi qarorlari asosida kolxozlar
yiriklashtirildi. O'zbekiston SSRdagi 1777 ta mayda
kolxoz o'rniga 1950-yil avgustida 752 ta yirik kolxoz
vujudga keldi.
Sovxozlar, kolxozlar, MTSlarni rahbar xodimlar va
mutaxassislar bilan mustahkamlash choralari ko'rildi.
1947-yilda Toshkentda va Samarqandda ochilgan ikki
yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlarni tayyorlab
berib turdi. Samarqand Qishloq xo'jaligi institutida
MTS direktorlari va tuman qishloq xo'jalik bo'limlari
mudirlarining malakasini oshirish 1 yillik kurslari ish190
lab turdi. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshida
MTSlarning katta mexaniklari malakasini oshirish bir
yillik kurslari ochildi. 1947-yilning kuzida Toshkentda
agronomlar tayyorlaydigan uch yillik maktab tashkil
etildi. Bu o'quv tarmoqlari, shuningdek, qishloq
xo'jalik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, kolxoz,
sovxoz, MTSlarni malakali rahbar va mutaxassislar
bilan ta'minlashda ijobiy rol o'ynadi. MTS direktorlari
orasida oliy va o'rta ma'lumotlilari 1944-yilda 36
foizni tashkil etgan bo'lsa, 1949-yilda 57,9 foizga yetdi.
1949-yil yanvarida bo'lgan respublika komsomolining
XII syezdi 20 ming komsomol a'zosini
Mirzacho'lda doimiy ishlash va yashash uchun safarbar
etishga qaror qildi. 1949-yil 15-martgacha
Sirdaryo, Mirzacho'l, Bekobod, Bo'ka tumanlariga
14,5 ming kishi, shulardan 10,5 ming komsomol a'zosi
doimiy ishlash uchun keldi.
1949-yilda viloyat, shahar, tuman komsomol faollaridan
bir ming kishi qoloq kolxozlarga rahbarlik
lavozimlariga - rais, brigadir va zveno boshliqlari
bo'lib ishlash uchun yuborildi. Amalga oshirilgan tadbirlar
ijobiy natija bera boshladi. Paxta hosildorligi birmuncha
oshdi. 1940-yilda gektaridan 14,9 s, 1945-
yilda 10,9 s paxta olingan bo'lsa, 1950-yilda respublika
paxtakorlari 2282,4 ming tonna paxta xomashyosi
yetishtirdilar, hosildorlik gektariga 20,1 s ga yetdi.
Qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlarini tiklash tadbirlari
ham amalga oshirildi. Respublika chorvachiligida
murakkab vaziyat vujudga kelgan edi. Urush yillarida
chorva mollari 1 mln boshdan ziyodroqqa kamaygan
edi. Chorvachi bo'lmagan kolxozlarga jamoat
chorvasini vujudga keltirishga yordamlashildi. Sigir,
qo'y, echkilar soni birmuncha ko'paytirilgan bo'lsa-da,
urushdan oldingi darajaga yetmadi.
Gap-so'zlar ko'p bo'ldi, ammo respublika chorvachiligida
jiddiy o'zgarishlar bo'lmadi, chorvachilik
mahsulotlari yetishtirish qoniqarsiz ahvolda qolaverdi.
Buning asosiy sabablari chorvachilikda moddiy-texnika
bazasining nochorligi, chorva mollari zotini yaxshilash
ishlarining yo'lga qo'yilmaganligi, chorvadorlar191
ning o'z mehnatidan moddiy manfaatdor emasligi va
boshqalardan iborat edi.
Respublika dehqonlari g'alla yetishtirish, bog'-
dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish
sohasida ham ter to'kib mehnat qildilar. Ammo 1950-
yilda ham bug'doy, arpa, guruch, kartoshka, sabzavot,
poliz mahsulotlari yetishtirish urushdan oldingi darajadan
ancha past bo'ldi. Masalan, 1940-yilda 280,1
ming tonna, urush yillarida bundan ham ko'proq
bug'doy yetishtirilgan bo'lsa, 1950-yilda atigi 200,7
ming tonna bug'doy tayyorlandi. Buning asosiy sababi
bunday mahsulotlarni yetishtirish uchun sug'oriladigan
ekin maydonlarining qisqartirilishi, bu sohaga yetarli
moliyaviy va texnika vositalarining ajratilmasligi edi.
Urushdan keyingi yillarda maktab yoshidagi barcha
bolalarni maktablarga to'la jalb qilish tadbirlari
amalga oshirildi. Urush yillarida harbiy muassasalarga
berilgan maktab binolari xalq maorifi organlariga qaytarib
berildi. Ular qayta ta'mirlanib, bolalarga ta'limtarbiya
berish ishlari yo'lga qo'yildi. 1950-yilda 37 oliy
o'quv yurtida 40 ming talaba o'qidi, bu 1940-yilga
nisbatan ikki baravardan ko'p edi. O'zbekiston Fanlar
akademiyasi tarkibidagi 23 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari
xo'jalikni tiklash va yanada rivojlantirishga
ko'maklashuvchi ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Urushdan keyin xalqning
mamlakatda rahbarlik qilish
usullari normal holatga
o'tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy
hayot demokratlashtiriladi, degan orzu-niyatlari
ro'yobga chiqmadi. Aksincha, iqtisodiyotda, ijtimoiysiyosiy
va ma'naviy hayotda ma'muriyatchilik kuchaydi.
Mamlakatni boshqarish partiya davlat apparatida
rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar
tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzolaydigan
va matbuotda e'lon qiladigan farmon va
qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo'lib qoldi.
Hammani, xususan, joylardagi rahbar bo'g'inlarni
nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o'tirganlarga
mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish
imkoniyatini berardi.

Ma'muriyatchilikning
kuchayishi

Respublikalarning, jumladan, O'zbekistonning iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal
qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning
g'alabani ta'minlashda rus xalqi asosiy rol o'ynadi,
degan g'oyasi butun mamlakatni ruslashtirish siyosatiga
aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya
va komsomol tashkilotlari ruslarni katta, ulug'
og'amiz deb targ'ib qilardi.
Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan
qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni
urushdan keyin ham davom etdi. 1946-yil sentabrida
VKP(b) MQ va SSSR hukumatining Kolxozlarda
qishloq xo'jalik ustavining buzilishini tugatish choralari
to'g'risidagi qarori e'lon qilindi. Qishloq xo'jaligi bilan
aloqasi bo'lmagan 1300 ta tashkilotga yordamchi
xo'jalik sifatida berib qo'yilgan 6 ming gektar yerni
kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati
shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy
ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizlikka yo'l
qo'yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog'
i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan
50 ming kolxozchi oilasi qo'lidagi tomorqa yerlaridan
25 ming gektari ustavda belgilanganidan ortiqcha
 deb tortib olindi. Kolxoz hududida yashagan,
ammo unga a'zo bo'lmagan 20 ming xo'jalikning go'yo
qonunga xilof ravishda egallagan 2,5 ming gektar yerlari
ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum
etish jarayoni 50-yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlar
turmushi nochor bo'lgan qishloq aholisining ahvolini
yanada og'irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kim
qarshi chiqa olmadi. Qishloq xo'jalik artelining
odamlardan so'ramasdan tuzilgan nizomini o'zgartirishni,
nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga
moslashtirishni respublika rahbariyati ham,
qishloq aholisining o'zi ham ko'tarib chiqa olmadi.
Negaki, totalitar tuzum hammani jilovlab olgan edi.
Odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda yashardi.
VKP(b) MQning 1946-yil
fevralida qabul qilingan
Caacaa va Eaieia?aa
jurnali to'g'risida, Katta hayot filmi to'g'risida,

Ziyolilarni qatag'on qilishning
yangi bosqichi

V. Muradelining Buyuk do'stlik operasi to'g'risidagi
qarorlari ijodkor ziyolilarni qatag'on qilishning yangi
to'lqinini boshlab berdi. Bu qarorlar O'zbekiston
Kompartiyasi organlari uchun ko'plab olimlar, adabiyot
va san'at xodimlarini qatag'on qilish uchun mafkuraviy
asos bo'lib xizmat qildi. Ularning ko'pchiligi
o'tmishni ideallashtirishda, feodal madaniyat oldida
qullarcha tiz cho'kishda, sovet turmush tarzini
buzib ko'rsatishda, millatchilikda ayblandi.
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1949-yil 25-
iyundagi O'zbekiston yozuvchilar soyuzining ishi
to'g'risidagi qarorida Abdulla Qahhorning Qo'shchinor
chiroqlari romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan
Oybek, Mirtemir, Hamid G'ulom, M. Shayxzoda,
M. Boboyev, A. Qayumov va boshqa yozuvchilar
badnom qilindi. Sharq yulduzi, Zvezda Vostoka
jurnallarining tahririyatlariga bir qator yaramas asarlar
chop etishga yo'l qo'ygan, degan jiddiy ayblar
qo'yildi.
1948-1949-yillarda 20 dan ortiq yirik talantli
olimlar, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olinib, yopiq
ravishda so'roq qilinib, millatchilikda ayblanib, 15-25
yilga ozodlikdan mahrum etildi va surgun qilindilar.
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1950-yil 1-
sentabrda qabul qilgan O'zbekiston Fanlar akademiyasining
ishi to'g'risidagi qarorida bir qator iqtisod,
til va adabiyot sohasidagi olimlar millatchilikda
ayblandilar.
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1951-yil 8-
apreldagi O'zbekiston SSRda musiqa san'atining
ahvoli va uni yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida
gi qarorida o'zbek xalqining buyuk shoiri Alisher
Navoiyning Farhod va Shirin, Layli va Majnun
dostonlari, Tohir va Zuhra, Alpomish xalq dostonlarining
afsonaviy folklor sujetlariga asoslangan
opera, balet va musiqali drama spektakllarini yaratish
va sahnalarda ko'rsatish zararli ish deb baholandi.
Bunday spektakllarni sahnalashtirgan ijodiy xodimlar
qattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, ko'pgina konsert
tashkilotlari va musiqali teatr xodimlari eski, arxaik
musiqani va juda g'amgin, mungli maqom namu-
7 - O'zbekiston tarixi
nalarini tarqatganligi uchun qoralandi. Qarorda
O'zbekistonning musiqali san'ati hayotdan orqada
qolmoqda, o'zbek xalqini kommunistik ruhda tarbiyalash
maqsad va vazifalariga to'la-to'kis xizmat qilmayotir
, deb ta'kidlandi.
1951-yil 10-avgustda respublika matbuotida Ba'zi
shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg'unliklar
to'g'risida degan maqola e'lon qilindi. Unda Turob
To'la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla,
Habibiy asarlari kommunistik mafkuraga, xalqlar
do'stligiga zid g'oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifatida
tanqid qilindi, ular millatchilikda ayblandilar.
Shu yil 24-avgustda matbuotda e'lon qilingan
O'zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda nomli
maqolada Oybek, H. Zaripov, H. Yoqubov, I. Sultonov
va boshqa adiblar mafkuraviy og'ishlarda qoralandi.
M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, Said
Ahmad, G'ulom Alimov (Shuhrat)lar 1951-yilda
sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib
qamoqqa olindilar va keyinchalik 25 yilga ozodlikdan
mahrum etishga hukm qilindilar.
1952-yil fevralida bo'lib o'tgan O'zbekiston
Kompartiyasi MQning X plenumi ilmiy va ijodiy
ziyolilarni quvg'in, ta'qib ostiga olishda yana bir turtki
bo'ldi.
Plenumda Respublikada mafkuraviy ishlarning
ahvoli va uni yaxshilash choralari to'g'risidagi masala
muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Plenumda faylasuf V. Zohidovning ilmiy ishlariga burjua-
millatchilik xatolari yuklandi, tarixchi A. Boboxo'
jayev va iqtisodchi O. Aminov panturkizmni
targ'ib qilishda ayblandi. Ular siyosiy va ishchanlik
sifatlari jihatidan egallab turgan lavozimlariga to'g'ri
kelmaydigan shaxslardir, deb hisoblandi va ishdan
bo'shatildi. Turob To'la va M. Shayxzodalarning she'r
va qo'shiqlari g'oyasiz va axloqsiz asarlar deb
baholandi.
O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari
yana bir bor oyoqosti qilindi, bu sohada so'z
yuritgan ijodkorlar qatag'on qilindi. Tarixiy o'tmish
ham, zamonaviy hayot ham kommunistik mafkura,
sinfiylik nuqtayi nazardan turib qo'pol ravishda buzib
baholandi. Natijada ma'naviy hayotga, falsafiy va
badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi.
Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo'lganidek,
O'zbekistonda ham shaxsga sig'inish oqibatlarini tugatish
tadbirlari ko'rildi. Qatag'on qilinganlar ishini
qaytadan ko'rib chiqishga kirishildi. Ko'pgina jinoiy
ishlar to'qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib,
ozodlikdan mahrum etilganligi aniqlandi va
ular oqlandi. Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat va
boshqa ko'plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Shukrullo,
Shuhrat, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzoda
va boshqa adiblar ham oqlandi. Minglab partiya,
sovet, komsomol xodimlari oqlandi. 50-yillarning
boshlarida shubha ostiga olingan, har bir qadami
nazorat qilinayotgan 60 dan ortiq yirik olimlar, adiblar
zimmasidan millatchi, sovetlarning dushmani
degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan xalos bo'ldi, hayoti saqlanib qolindi