17-18-. O'ZBEKISTONNING IJTIMOIYIQTISODIY
HAYOTI. INQIROZLI HOLATNING
VUJUDGA KELISHI

50-80-yillar O'zbekiston tarixidagi murakkab
davrlardan biridir. Bir tomondan, O'zbekiston xalqining
fidokorona, bunyodkorlik mehnati tufayli

respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchi
tomondan, SSSRda hukmron bo'lgan totalitar tuzum,
ma'muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijtimoiy,
iqtisodiy va ma'naviy hayotda bir qator muammolar,
noxush holatlar to'planib borib, pirovardida
inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.

Energetika va yoqilg'i
sanoati

50-80-yillarda O'zbekiston
sanoati ancha rivojlandi,
qurilish ishlari kengaydi,
yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi. Respublika xalq
xo'jaligini rivojlantirishda energetika sanoati muhim
o'rin tutdi. Shu boisdan, birinchi navbatda, elektr
energiyasi tarmog'i kengaytirildi.
50-80-yillarda 7-Shahrixon GESi, ikkita Namangan
GESlari, ikkita Bo'zsuv GESlari, Chorvoq GESi,
Xo'jakent GESi qurilib ishga tushirildi. O'zbek va
tojik qardosh xalqlari birgalikda Tojikiston hududida
O'rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESini, Xisrav
GESini qurib ishga tushirdilar. Gaz bilan ishlaydigan
Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-Angren
GRESlari qurilib ishga tushirildi.
1985-yilda O'zbekiston elektrostansiyalarining
umumiy quvvati 9,9 mln kilovattdan ortdi. Shu yili
47,9 milliard kilovatt/soat, ya'ni 1940-yilga nisbatan
100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko'p
elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich
liniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barcha
elektr stansiyalari O'zbekiston yagona energosistemasiga
ulandi. Shuningdek, O'zbekiston, Qozog'
iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining
yirik elektr stansiyalari Markaziy
Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada
sanoat, qurilish, transport, qishloq xo'jali gini elektrlashtirish
ancha kengaydi, xonadonlarni elektr
energiyasi bilan ta'minlash yaxshilandi.
Yoqilg'i sanoati o'sdi. 50-yillarda Surxondaryo
viloyatidagi Sharg'un toshko'mir koni o'zlashtirildi va
yuqori sifatli qo'ng'ir ko'mir qazib chiqarila boshlandi.
60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli,
Jarqoq, Sho'rtepa, Sho'rchi, Qarantay yangi neft konlari
o'zlashtirildi. 70-yillarda Farg'ona vodiysida yangi
neft konlari ishga tushirildi. 1959-yili qurilib foydalanishga
topshirilgan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi
ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, benzin,
dizel yog'ilg'isi, parafin va boshqa 35 xil mahsulotlar
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
O'zbekistonda yirik gaz industriyasi bunyod etildi.
Gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida
yirik gaz konlarining izlab topilishi va o'zlashtirilishi
bilan bog'liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning
ikkinchi yarmida O'zbekneftegazrazvedka tresti
amalga oshirgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida
1956-yili gaz zaxiralari 500 milliard kubometrga teng
bo'lgan, foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi.
Shuningdek, Muborak, O'rtabuloq, Qultak, Shapatti,
Uchqir, Jarqoq, Taxiatosh, Qorovulbozor neft va gaz
konlari topildi.
Respublikamizda jami 100 dan ortiq neft va gaz
konlari topilgan. Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250
mln tonna neft zaxiralari borligi aniqlandi. 1959-yili
Buxoroda neft va gaz qazib olishni yo'lga qo'yish
maqsadida Buxoroneftgaz boshqarmasi tuzildi.
1958-1960-yillarda Jarqoq-Buxoro-Samar-qand-Toshkent gaz quvurini qurish ishlari olib
borildi. 767 km uzunlikdagi gaz quvuri 1960-yil
2-dekabrda qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5
mlrd kubometr gazga teng edi.
1960-yilda Shimoliy So'x-Farg'ona, Shimoliy
So'x-Qo'qon gaz quvurlari qurilib ishga tushirildi.
1959-1965-yillarda O'zbekistondagi 37 shahar, 71
tuman markazi va 20 ta posyolka va aholi yashaydigan
manzillar gazlashtirildi. 320 ta sanoat korxonasi, 3500
dan ortiq kommunal-maishiy korxonalar va 400 ga
yaqin isitish qozonlari gaz bilan ishlashga tushirildi.
1964-1966-yillarda Muborak-Toshkent-Chimkent-
Bishkek-Almati gaz quvuri yo'li qurilib foydalanishga
topshirildi. Uzunligi 1317 km, diametri
720 mm li po'lat quvurlari orqali Qashqadaryo gazidan
O'zbekistonning ko'pgina shaharlari, shuningdek,
Qozog'iston va Qirg'iziston xalqi bahramand bo'ldi.
Keyingi yillarda Toshkent-Bishkek-Almati oralig'
ida ikkinchi gaz quvuri qurildi. Shunday qilib,
1958-1980-yillarda Buxoro, Gazli va Qarshi rayonlaridan
Toshkent-Bishkek-Almatigacha yotqizilgan
gaz quvurlarining umumiy uzunligi 5686 km ni (uning
3618 kilometri O'zbekistonda yotqizilgan), yillik quvvati
23 mlrd kubometr gaz yoqilg'isini tashkil etadi.
70-yillarda Muborakda qurilgan eng yirik gazni qayta
ishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni tozalab
berib turdi va yiliga 160 ming tonna oltingugurt ishlab
chiqarishni ta'minladi.
1970-1972-yillarda 234 km uzunlikdagi Qo'qon-
Namangan-Andijon gaz quvuri qurilib foydalanishga
topshirildi. 1974-1978-yillarda Xovos-Farg'ona
quvuri yotqizildi. Uzunligi 677,8 km dan iborat
bo'lgan bu gaz yo'lining 425,8 kilometri O'zbekiston,
qolganlari Tojikiston hududidan o'tdi. Qashqadaryo
va Buxoro zangori olovidan qardosh Tojikiston
xalqi ham bahramand bo'ldi.
O'zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko'plab
boy tabiiy gaz konlarining topilishi va o'zlashtirila
boshlanishidan behad xursand bo'ldilar. Iaa bir oila
o'z xonadonida zangori olovdan foydalanishni orzu
qilardi. Ammo o'zbek xalqi respublikamiz hududida topilgan gaz konlariga xo'jayin emas edi, ularning
xo'jayini uzoqda - Moskvada edi. O'zbekiston gazidan
qanday foydalanishni Markaziy hokimiyat kabinetlarida
o'tirganlar belgilardi. Markaziy hokimiyat
O'zbekiston gazidan Uraldagi, SSSRning Yevropa qismidagi
shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlarni
gazlashtirishda foydalanishga kirishdi. 1961-
1963-yillarda zudlik bilan Buxoro-Ural o'rtasida
qariyb 2000 km masofada 1020 mm li gaz quvurlari
yotqizildi. Gazli gazi Uralning Chelyabinsk shahrigacha
bo'lgan hududdagi shahar va posyolkalarga,
korxonalarga yetib bordi. Buxoro-Ural gaz quvuri
yo'lining 2-3-navbatlarining qurilishi 1965-yilda
nihoyasiga yetkaziidi. Umumiy uzunligi 6100 km dan
uzun bo'lgan Buxoro-Ural gaz transport sistemasining
yillik o'tkazuvchi quvvati 21 mlrd kubometr o'zbek
zangori oloviga teng edi. Markaziy hokimiyat bu bilan
cheklanib qolmadi, O'zbekiston va Turkmaniston gazini
bir yo'la katta miqdorda G'arbiy viloyatlarga uzatish
rejalarini tuzdilar. Bu reja O'rta Osiyo- Markaz gaz
quvuri nomini oldi. 1965-1975-yillarda 2750 km
uzunlikdagi O'rta Osiyo-Markaz gaz yo'li qurildi. 2
yo'llik O'rta Osiyo-Markaz gaz quvurining umumiy
uzunligi 5500 km bo'lib, bu yo'llar yiliga 80 mlrd
kubometr yoqilg'i uzatish quvvatiga ega bo'ldi.
Shunday qilib o'zbek Zangori olovi uzoq-uzoq joylardagi
korxonalar va xonadonlarni isitdi. Ko'pgina
o'zbekistonliklar asosan qishloq aholisining yonginasidan
o'tgan gaz quvurlariga ming alam bilan qarab
qolaverdi, bu mamlakatimiz qaramligining oqibati edi,
albatta. 1985-yilga kelib respublikada atigi 2,8 mln
xonadon, jumladan, qishloqlardagi 1,3 mln xonadon
gazlashtirilgan edi, xolos.
Respublikamizda mo'1-ko'l bo'lgan gaz, neft,
oltingugurt, ozokerit, osh tuzi, ohak, grafit, rangli metallurgiya
chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan
hosil bo'ladigan chiqindilar kimyo sanoati uchun
boy xomashyo bo'lib xizmat qiladi. Kimyo sanoatida
mineral o'g'it ishlab chiqarish yetakchi o'rinda turar
edi. Shu maqsadda 50-yillarda Samarqand superfosfat
zavodi, 1962-yilda Farg'ona azot o'g'iti zavodi, 1965yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969-yilda Olmaliq
kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 70-yillarda
Olmaliq va Samarqand zavodlarida mineral o'g'itlar
ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar bunyod etildi.
1985-yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mln
tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi, bu 1960-
yildagidan 7 marta, 1950-yildagiga nisbatan 15 marta
ortiq edi. Respublika qishloq xo'jaligi mineral o'g'itlar
bilan ta'minlandi va boshqa respublika, viloyatlarga
o'g'itlar chiqarildi.
O'zbekistonda kimyo tolalari (Farg'ona kimyo
tolalari zavodi), plastmassalar (Ohangaron Santexnika
 zavodi, Jizzax plastmassa turbalari zavodi),
maishiy kimyo mahsulotlari (1971-yilda barpo etilgan
Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, Namangan
kimyo zavodi, 1971-yilda Toshkent yog'-moy zavodi
tarkibida qurilgan sintetik yuvish vositalari zavodi) ishlab
chiqarish yo'lga qo'yildi.
Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar,
kislotalar ishlab chiqarish katta o'rin tutadi. Andijon
gidroliz zavodi, Farg'ona furan birikmalari zavodi,
Yangiyo'l bioximiya zavodi paxta, sholi, paxta
chiqindilaridan spirt, oqsil achitqilari, furan va boshqa
mahsulotlar tayyorladilar. Farg'onada triatsetilsellyuloza,
Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ishlab
chiqarish yo'lga qo'yildi. 1960-yilda 235,4 ming
tonna sulfat kislotalari ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1985-
yilda 2,3 mln tonna tayyorlandi.
Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyo
vositalari ishlab chiqarish respublikaga 60-70-yillarda
tiqishtirildi. 1985-yilda 47,9 ming tonna turli zaharli
ximikatlar ishlab chiqarildi.
Zaharli vositalarning respublika paxta maydonlarida
haddan tashqari keng qo'llanilishi natijasida atrofmuhit,
ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli-tuman
kasalliklarga chalindi. Odamlar sog'lig'i hisobiga paxta
xomashyosiga ko'rsatilgan g'amxo'rlik xalqqa qimmatga
tushdi.

Metallurgiya sanoati

O'zbekiston metallurgiya
sanoati taraqqiy etdi. 1962-
yilda O'zbekiston metallurgiya sanoati kombinatida uzluksiz po'lat quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 1970-
1980-yillarda elektr yordamida po'lat eritish kompleksi
va uning ikkita pechi qurilib ishga tushirildi. Kombinatda
po'lat idishlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Po'lat eritish 1985-yilda 1,2 million tonnaga yetdi.
Rangli metallurgiya respublika sanoatining yetakchi
tarmog'i hisoblanadi. 50-yillarda Olmaliq-
Angren tog' sanoati rayonida mis, qo'rg'oshin, rux,
volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni
topildi, ularni o'zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq
kon-metallurgiya kombinati bunyod etildi.
1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida Uchquloch
rangli metallar koni kompleks usullar yordamida
o'rganilib, Pistali, Qo'shqura, Uzoq, Markaziy,
Sharqiy va boshqa qo'rg'oshin, rux, mis konlari topildi
va o'zlashtirishga kirishildi. Jizzax-Uchquloch
o'rtasida gaz quvur yo'li, avtomobil va temiryo'llari
qurilib, Uchquloch tog' jinslarini Olmaliq kon-metallurgiya
kombinatiga tashib keltirish, ulardan qo'rg'oshin,
rux, mis ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Uchquloch
rangli metallar konining kengaytirilishi natijasida
Uchquloch va Band posyolkalari vujudga keldi.
Respublikada 50 ga yaqin simob va surma konlari,
Angrenda zaxirasi 10 milliard tonnaga yaqin bo'lgan
kaolin gili koni topildi, ularni o'zlashtiruvchi korxonalar
qurildi.
O'zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati
bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin
konlari, Farg'ona vodiysidagi daryo o'zanlarida
sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor,
Pomir tog'larida oltin tarkibli kvars qatlamlari va
rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30
ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov
tog' boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi.
O'zbekoltin birlashmasi tuzilgach, uning tarkibida
Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda oltin
saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi.
O'zbekiston hududidagi rangli metall konlariga,
shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodir
metallar qazib olishga respublika xo'jayinlik qilmasdi,
ularga Ittifoq hukumati xo'jayinlik qilardi. O'zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis,
qo'rg'oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir
metallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qayerga
olib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayotganini
bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish ham
taqiqlangan edi. Bu holat o'sha paytlarda O'zbekiston
suveren respublika degan iboraning naqadar yolg'on,
quruq gap ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi.

Mashinasozlik sanoati

50-80-yillarda O'zbekiston
mashinasozlik industriyasi
ko'p tarmoqli sohaga aylandi. 1985-yilda respublika
sanoatida faoliyat ko'rsatgan 1549 ta ishlab chiqarish
birlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan
ortig'i mashinasozlik tarmog'iga tegishli bo'lib, ularda
tayyorlangan mashinalar salmog'i butun sanoat mahsulotining
16 foizini tashkil etardi.
Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat
qiluvchi mashinasozlik tarmog'ini rivojlantirish
tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo'jaligi
zavodi (Oaonaeuiao) qishloq xo'jaligi mashinasozligining
bosh korxonasi hisoblanardi (O'zbekiston
Prezidenti I.A.Karimovning mehnat faoliyatining dastlabki
yillari mana shu yirik zavodda o'tgan. I. Karimov
zavodda usta yordamchisi, usta-texnolog bo'lib ishlagan).
Oaonaeuiao zavodida 1960-yilda 3184 ta
paxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1985-
yilda 9425 ta ana shunday mashina tayyorlandi. Bu
mashinalar Markaziy hokimiyat tomonidan ittifoqdosh
respublikalarga, shuningdek, Bolgariya, Yugoslaviya,
Vengriya va boshqa 38 ta xorijiy mamlakatlarga eksport
qilinardi. Toshkent qishloq xo'jalik mashinasozlik
zavodining Sirdaryo, Chirchiq va Asaka shaharlarida
filiallari qurilib, ularda paxta terish mashinalarining
turli qismlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
50-yillarda qishloq xo'jalik mashinalari uchun
reduktorlar, bir qator traktor moslamalari ishlab chiqaruvchi
zavod qurildi. Bu zavodga 1963-yili O'zbekiston
traktor yig'uv zavodi, 1971-yildan esa Toshkent qishloq
xo'jalik mashinasozligi agregat zavodi nomi berildi.
1957-yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar
ishiab chiqaruvchi Oaooeiieiiao zavodi bazasida yirik Oaoaaoiiao zavodi barpo etildi. Zavodda
paxtani qop-qanorsiz tashuvchi transport vositalari va
GAZ-51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar
ishiab chiqarish yo'lga qo'yildi. Zavod 1967-1971-yillarda
qayta jihozlanib, traktor ishlab chiqarish yo'lga
qo'yildi va unga Toshkent traktor zavodi nomi berildi.
U 1970-yilda 21,1 ming ta traktor, 38,5 mingta
pritsep (tirkama) ishlab chiqargan bo'lsa, 1985-yilda
26,4 ming ta traktor, 38,1 mingta pritsep ishlab chiqardi.
Zavod mahsulotlari Markaziy hokimiyat tomonidan
Kuba, Eron, Afg'oniston, Pokiston va boshqa 30
dan ortiq xorijiy mamlakatlarga eksport qilinar edi.
Respublika qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashda
O'zbekiston qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodi
muhim o'rinni egallaydi. 1948-yildan beri Ocaaenaeuiao
 nomi bilan yuritilib kelayotgan bu zavod
o'rish mashinalari, diskli baranalar, charxlash stanoklari,
nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit
ekish mashinalari ishiab chiqaradi. 1960-yilda ko'rak
chuvish mashinasi, 1965-yilda yerga to'kilgan paxtani
teradigan, g'o'zapoya yuladigan mashinalar tayyorlash
yo'lga qo'yildi.
1976-yilda O'zbekiston qishloq xo'jalik mashinasozligi
ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Birlashmaga Ocaaenaeuiao zavodi, Toshkent
kimyo qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodi hamda
Paxtakor qishloq xo'jalik mashinasozligi zavodi biriktirildi.
Birlashma korxonalarida turli modifikatsiyadagi
chigit ekish seyalkalari, paxta podborshchiklari,
changlagich-purkagichlar, ko'rak chuvish mashinalari,
g'o'zapoya yuladigan mashinalar, ehtiyot qismlar va
xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish tashkil etildi.
Birlashma mahsulotlari ittifoqdosh respublikalar hamda
Hindiston, Eron, Afg'oniston, Gretsiya kabi 28 ta
xorijiy mamlakatga eksport qilinar edi.
Mashinasozlikning paxtachilik kompleksi tarkibiga
kiruvchi yana bir yo'nalish irrigatsiya mashinasozlik
tarmog'idir. Bu tarmoqning markazi Andijondir.
1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Andijon irrigatsiya
mashinasozligi zavodida yangi yerlarni o'zlashtirish,
kanallar va suv omborlari qurilishi bilan bog'liq zovur kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtobenzosisternalar,
yer tekislaydigan buldozerlar va skreperlar,
greyderlar va kanallar tozalaydigan mashinalar, yuk
ortib tushiradigan murakkab mexanizm va uskunalar
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Paxtachilik kompleksi bilan bog'liq bo'lgan
mashinasozlikning yana bir yo'nalishi paxta tozalash
sanoati va to'qimachilik mashinalari ishlab chiqarishdir.
Bu tarmoqning yetakchi korxonalari 50-60-
yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi,
Andijon Kommunar zavodi va boshqalar hisoblanardi.
Ularda paxta tozalash mashinalari, linterlar,
paxta toylarini qabul qilish, saqlash, xillashning ko'p
mehnat talab qiladigan jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish
mashinalari, quritish-tozalash asboblari,
yuk tashish mashinalari ishlab chiqarilar edi.
To'qimachilik sanoati tarmog'ida 1946-yildan beri
to'qimachilik mashinalari ishlab chiqarilib kelayotgan
Toshkent to'qimachilik mashinasozligi zavodi yetakchi
o'rinni egallaydi. Zavod 1948-1966-yillarda
to'qimachilik mashinalarining 48 ta yangi turini ishlab
chiqarishni yo'lga qo'ydi. 1966-yildan PK-100
markali yigirish-eshish va shisha tolalariga ishlov
beruvchi PL-666 markali mashinalar ishlab chiqarish
o'zlashtirildi.
O'zbekiston aviatsiya sanoati ham o'sib bordi.
Toshkentda 1941-yilda Ximki shahridan keltirilgan
zavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilgan edi. Dastlab
u PS-84 va IL-2 samolyotlarini ishlab chiqara
boshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953-yilda IL-
14, 1958-yilda turli tipdagi transport samolyotlari,
1966-yilda esa AN-22 samolyotlari tayyorlash yo'lga
qo'yildi. 1972-yilda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent
Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Uyushmaga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh korxona),
Andijon mexanika zavodi, Farg'ona mexanika zavodi
va Toshkent kislorod zavodi birlashtirildi.
Birlashmada samolyot yig'iladi, uning turli detal va
uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq iste'moli
buyumlari ishlab chiqariladi. O'zbekiston Prezidenti I.
Karimov ham 1961-yildan boshlab besh yil davomida Toshkent aviatsiya zavodida muhandis, yetakchi
muhandis-konstruktor bo'lib ishladi va yetuk mutaxassis
bo'lib toblandi.

Qurilish sanoati

50-80-yillarda O'zbekistonda
qurilish materiallari
sanoati rivojlandi. Urushgacha O'zbekiston hududida
bir nechta kichik g'isht zavodlari, 1926-yilda Bekobodda
qurilgan Xilkovo sement zavodi, 1932-yilda
qurilgan Quvasoy sement zavodi ishlagan bo'lsa, 1985-
yilda qurilish materiallari sanoatining ko'plab korxonasi
turli xil qurilish mahsulotlari ishlab chiqardi.
Shular jumlasiga Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron,
Navoiy, Qumqo'rg'on yirik sement zavodlari,
Toshkent, Chirchiq, Yangiyo'l, Angren, Ohangaron,
Bekobod, Bektemir, Jizzax, Samarqand, Andijon,
Chirchiq, Farg'ona, Qarshi, Nukus, jami 11 ta yirik
panelli uysozlik kombinatlari va boshqalar kiradi.
O'zbekistonda turli xil qurilish materiallari -
sement, shifer, asbosement quvurlar, pardozlash plitalari,
issiqni saqlaydigan (termoizolatsion), gidroizolatsion
materiallari, keramika quvurlari va boshqalar
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Angren uysozlik
buyumlari zavodida emallangan cho'yan vannalari,
rakovinalar, cho'yan kanalizatsiya quvurlari, Angren
keramika buyumlari kombinatida quvurlar, Xovosda
sopol quvurlar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida
alibaster, ganch, ohak, cherepitsa, chiy,
qamish, plitalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Hozirgi zamon qurilishida keng foydalanayotgan
marmar va boshqa bezak toshlar asosida toshtaxtalar
tayyorlash taraqqiy topdi. O'zbekistonda 34 ta marmar
koni bor. Toshkent, G'azalkent, Ohangaron,
Kitob, Nukus va G'azg'onda marmarni qayta ishlash,
undan qurilish materiallari tayyorlash zavodlari va
kombinatlari faoliyat ko'rsatmoqda.

Yengil sanoat

Respublikada yengil sanoatni
ustun darajada rivojlantirishga
imkon beruvchi barcha omillar mavjud.
Birinchi navbatda ko'plab paxta, pilla, kanop xomashyosi
yetishtiriladi. Respublika yengil sanoatni rivojlantirish
uchun zarur bo'lgan yoqilg'i-energetikasi va to'qimachilik mashinasozligiga ega. Aholi tabiiy
o'sishining yuqori darajasi yengil sanoatni ishchi kuchi
bilan yetarli darajada ta'minlash imkoniyatiga ega.
Qolaversa, tez ko'payib borayotgan aholi yengil sanoat
mahsulotlarining asosiy iste'molchisi hamdir.
Tarix bunday omillar davlat mustaqilligi sharoitidagina
to'la hisobga olinishi mumkin ekanligini
ko'rsatdi. 50-80-yillardagi qaramlik sharoitida O'zbekistonda
yengil sanoat bir tomonlama rivojlantirishga
yo'naltirildi. Asosiy e'tibor paxta qabul qilish, paxta
tozalash, pillakashlik, qorako'l teriga va kanop tolasiga
dastlabki ishlov berish, jun yuvish tarmoqlarini
rivojlantirishga qaratildi. O'zbekiston bunday xomashyolardan
tayyor mahsulotlar tayyorlash imkoniyatiga
ham, huquqiga ham ega emas edi. Bu masalani
Markaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xomashyo
Rossiya sanoat korxonalariga, Ittifoqning boshqa shaharlariga
olib ketilardi va tayyor mahsulotga aylantirilardi,
ortib qolgan xomashyo boshqa mamlakatlarga
sotilardi va undan katta daromad olinardi.
Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalash
zavodi, ko'pchiligi quritish-tozalash sexlariga ega
bo'lgan 490 ta paxta punktlari ishladi. G'ijduvon,
Buxoro, Namangan, Juma kabi yirik paxta tozalash
zavodlarining har biri yiliga 100 ming tonna paxtani
qayta ishlardi. Yiliga respublikada 1,5 million tonna
paxta tolasi yetishtirib berilardi.
Respublika to'qimachilik sanoati yetishtirilgan
paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilishi va tayyor
mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 70-
80-yillarning boshlarida respublika to'qimachilik
sanoatining yirik korxonalari - Buxoro to'qimachilik
kombinati (1973), Andijon ip-gazlama kombinati
(1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983)ning
Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, Qo'rg'ontepa, Marhamat,
Yangiqo'rg'on, Beshariq, Rishton, Vobkent,
G'ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg'ona
to'qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar
qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish
1960-yildagi 234,7 million metrdan 1985-yilda 395,7
million metrga ko'paydi. 

Oziq-ovqat sanoati

O'zbekistonda mahalliy
xomashyoni qayta ishlashga
asoslangan ko'p tarmoqli oziq-ovqat sanoati kompleksi
barpo etildi. Uning yog'-moy, konserva, non, un
yormasi, qandolat, go'sht, sut, baliq, choy, tamaki,
vino yetishtiruvchi tarmoqlari ishladi. 1985-yilda
oziq-ovqat sanoati kompleksida 271 korxona faoliyat
ko'rsatdi. Tarmoqning respublika sanoat mahsulotlari
umumiy hajmidagi salmog'i 14 foizni tashkil
etdi. Bu tarmoqda yog'-moy sanoati yetakchi o'rinda
turardi. 1970-yillarda respublikada ishlaydigan 17 ta
yirik yog'-moy korxonasi 2,2 million tonna paxta
chigitini qayta ishlab, 294 ming tonna paxta yog'i ishlab
chiqargan bo'lsa, 1985-yilda O'zbekistonda 451
ming tonna paxta yog'i ishlab chiqarilgan.
Respublikada go'sht kombinatlari 1960-yilda 97,4
ming tonna go'sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulotlari
ishlab chiqargan bo'lsa, 1985-yilda 232,3 ming
tonna go'sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlari
yetishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985-yilda 554 ming
tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming
tonna mol yog'i yetishtirilgan.
Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha
o'sdi. 50-yillarda Namangan va Buxoro shaharlarida
konditer-makaron fabrikalari, 1964-yilda Yangiyo'l
konditer fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillarda
qurilgan Toshkent O'rtoq konditer fabrikasi
1965-yilda tubdan rekonstruksiya qilindi. 1968-yilda
Yangiyo'l drojji (achitqi) zavodi qurildi. 1985-yilda
qandolat sanoati tarmog'iga qarashli 60 ga yaqin
zavod va sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari
ishlab chiqarilgan.
Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi,
boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xomashyo
bazasiga aylantirildi. Oltin, mis, qo'rg'oshin, rux, volfram,
molibden kabi nodir metallar xomashyo sifatida
boshqa mintaqalarga olib ketilardi. Paxta, kanop mahsulotlarining
mo'1-ko'lligi yengil sanoatni ustun darajada
rivojlantirish va katta daromad olish imkoniyatini
berardi, ammo bunday imkoniyatlarga amalda nazarpisand
qilinmadi. Respublika aholisi boy tabiiy resurslardan, og'ir mehnat evaziga yetishtirilayotgan
qimmatbaho paxta xomashyosidan bahramand bo'lolmadi.
Respublikada anchagina yirik sanoat korxonalari
qurildi, biroq ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot
ishlab chiqara olmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan
mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur
bo'lgan butlash buyumlari boshqa mintaqalardan
keltirilar edi, respublika korxonalari Rossiya va Ittifoqning
g'arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram edi.

Transport

50-80-yillarda temiryo'l
transporti ancha rivojlandi.
50-yillarda uzunligi 627 km bo'lgan Chorjo'y-
Qo'ng'irot temiryo'li qurildi va Quyi Amudaryo shahar
va tumanlari O'zbekistonning boshqa hududlari
hamda Ittifoq markazi bilan temiryo'l orqali bog'landi.
1962-yilda qurilgan uzunligi 280 km bo'lgan Navoiy-
Uchquduq temiryo'li yangi topilgan konlarni sanoat
markazi bilan bog'ladi.
Mirzacho'l, Jizzax, Qarshi cho'llarida yangi yerlarni
o'zlashtirish bilan bog'liq ravishda 1962-yilda
Jizzax-Mehnat (133 km), 1970-yilda Samarqand-
Qarshi (144 km) temiryo'llari qurildi va yangi tashkil
etilgan xo'jaliklar respublika markazi va sanoat
markazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974-
yilda Termiz-Qo'rg'ontepa (218 km), 1975-yilda
Taxiatosh-Nukus (13 km) temiryo'llari qurilib ishga
tushirildi va Qoraqalpog'iston poytaxti respublikaning
temiryo'l tarrnog'i bilan bog'landi.
Avtomobil transporti tez sur'atlar bilan o'sdi. 50-
70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobil
yo'llari - Katta O'zbekiston trakti (Toshkent-
Termiz) ta'mirlandi, Toshkent-Olmaliq, Toshkent-
Buxoro-Nukus, Mo'ynoq-Zarafshon, Samarqand-
Chorjo'y, Farg'ona halqa yo'li, Toshkent halqa yo'li
qurilib foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog'iston
trakti qurildi, u To'rtko'l shahridan Amudaryoning
so'nggi sohili bo'ylab Nukus shahri orqali Taxtako'
pirga olib boradi. Qizilqum cho'lini kesib o'tuvchi
va qorako'lchilik xo'jaliklarini viloyat va respublika
markazlari bilan bog'lovchi Buxoro-Gazli-Sazakino avtomagistrali, Qamchiq dovoni orqali respublika
poytaxtini qisqa masofada Farg'ona vodiysi bilan
bog'lovchi Toshkent-Angren-Qo'qon yo'li qurildi.
Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik
shaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxozlarga,
posyolka va qishloqlarga qatnaydigan avtomobil
marshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiq
avtobus-taksomotor parklari barpo etildi va ular o'z
davrining texnika vositalari bilan ta'minlandi. Respublikaning
avtomobil yo'llari uzunligi 80,4 ming km
ni, shu jumladan, usti qattiq qoplama bilan qoplangan
yo'llar 66,7 ming km ni tashkil etdi. 1985-yilda avtomobil
transporti 1960-yilga nisbatan 5,5 marta ko'p
yuk tashidi yoki 1985-yilda 1,1 mlrd tonna xalq xo'jaligi
yuklarini tashidi. Umumiy foydalanishdagi avtobuslarda
passajirlar tashish 1985-yilda 2,5 mlrd kishini
tashkil etdi, bu 1960-yilga nisbatan 7 marta ortiq edi.
Respublika iqtisodiyotida havo transportining ahamiyati
ortib bordi. Havo yo'llari respublikaning 120
dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog'ladi.
Toshkent havo yo'llari orqali Ittifoqning markaziy
shaharlari, respublikalarnmg poytaxtlari, yirik sanoat
markazlari bilan bog'landi.
O'zbekiston havo yo'llarining uzunligi 60 ming km
ga yetdi. 1985-yilda respublika aeroportlarida 5,5 millionga
yaqin passajir, 63,4 ming tonna yuk jo'natildi.
Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishda Toshkent metropolitenining
o'rni katta. Toshkent metrosi 1972-yildan
boshlab qurila boshlandi, uning 12,1 kilometrlik
birinchi yo'nalishi 1977-yilda, ikkinchi yo'nalishi 80-
yillarda foydalanishga topshirildi.

Aloqa vositalari

Respublikada aloqa vositalari
tarmog'i kengaydi.
Urushdan keyingi yillarda shaharlararo telefon, telegraf
aloqalarining keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel va
radiorele liniyalari qurildi. 1965-yilda Toshkent-
Moskva va Ittifoqning boshqa shaharlari bilan koaksial
kabeli orqali bog'landi. 1971-yilda Toshkentda shaharlararo
kuchli avtomatik telefon stansiyasi ishga tushirildi.
1972-yilda Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroq
Namangan, Qarshi, Farg'onada AMTS-IM tipidagi shaharlararo avtomatik stansiyalar ishga tushirildi.
Natijada shahar telefon tarmoqlarining 160 ming abonenti
o'z telefonlaridan kod yordamida shaharlararo
avtomatik telefon aloqasi bilan bog'lanish imkoniyatiga
ega bo'ldi. 1985-yilda shaharlardagi telefon stansiyalarining
abonent telefonlari soni 953,9 mingtaga
yetdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi.
1985-yilda respublikada 4166 ta pochta, telegraf va
telefon aloqasi korxonalari ishladi.
Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956-yil 5-
noyabrda O'zbekistonda birinchi marta Toshkent televizion
markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxirlarigacha
Farg'ona vodiysi, Samarqand viloyati ham
televizion ko'rsatuvlar bilan ta'minlandi. 1977-yilda
Samarqand va Andijonga Toshkent televideniyesining
ikki programmasini rangli tasvirda uzatishga erishildi.
1978-1979-yillarda Toshkentda balandligi 350
metrli televizion minora qurildi. Urganch va Nukusda
telemarkaz qurilib ishga tushirildi. 

Qishloq xo'jaligida
yangi yerlarni
o'zlashtirish

O'zbekiston iqtisodiyotida
qisnioq xo'jaligi yetakcni
o'rinni egallaydi. 50-80-
yillarda yerning meliorativ
holatini yaxshilash, yangi yerlarni o'zlashtirish,
sug'orish inshootlari qurish ishlari avj oldirildi. KPSS
MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi Paxta
yetishtirishni ko'paytirish uchun O'zbekiston SSR va
Qozog'iston SSRdagi Mirzacho'l qo'riq yerlarini
sug'orish to'g'risidagi, 1958-yilgi O'zbekiston SSR,
Qozog'iston SSR va Tojikiston SSR dagi Mirzacho'lni
sug'orish va o'zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish
va jadallashtirish to'g'risidagi qarorlariga asosan irrigatsiya
tarixida birinchi bo'lib Mirzacho'lda katta maydonlarda
qo'riq yerlarni o'zlashtirish ishlari olib borildi.
Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish
ishlari industrial asosda olib borildi. 1956-yilda qo'riq
yerlarni o'zlashtirish bosh boshqarmasi Aeaaaieiaiinoaiuno?ie
, 1963-yilda irrigatsiya va sovxozlar qurilishi
bo'yicha O'rta Osiyo bosh boshqarmasi (Aeaan?aaacniaoicno?ie
), ularning hududiy boshqarmalari
tizimi tashkil etildi. Yangi yerlarni o'zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar,
ularning xo'jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar
bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956-
1965-yillarda Mirzacho'lda 84 ming gektar yangi yer
o'zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta
bog'dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu
yillarda o'zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metr
turar joy binolari, o'nlab maktablar, bolalar bog'-
chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy-maishiy
muassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 km
avtomobil yo'llari qurildi, 637 km elektr liniyalari
o'tkazildi, xo'jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi.
1957-yilda Yangiyer va 1961-yilda Guliston shaharlari
vujudga keldi.
1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri
bo'lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta
ekiladigan yer maydonlari 1956-yildagi 120 ming gektardan
1965-yilda 211 ming gektarga, paxta xomashyosi
yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming tonnaga
ko'paydi.
Mirzacho'l yerlarini sug'orish, meliorativ holatini
yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho'
l kanali qurildi.
Markaziy Farg'ona, Qoraqalpog'iston avtonom
respublikasida, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo
viloyatlarida ham sug'oriladigan dehqonchilikni kengaytirish,
irrigatsiya-qurilish ishlari keng ko'lamda
olib borildi. Qoraqalpog'istonda yangi sholikorlik sovxozlari
ishga tushirildi. Buxoro viloyatida 1963-yilda
Amu-Qorako'l kanali, 1965-yilda Amu-Buxoro
kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro
viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming
gektar yangi yer maydonlari sug'oriladigan, Qizilqum
sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga
suv boradigan bo'ldi.
Jizzax va Qarshi cho'li, Mirzacho'l, Surxon-Sherobod
va Markaziy Farg'ona hamda Quyi Amudaryo
yerlarini o'zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi.
Jizzax cho'lida 70 ming gektardan ko'proq yangi
yerlar o'zlashtirildi. O'zlashtirilgan yerlarda Mirzacho'
l (1967), Do'stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari
barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar
bazasida Paxtakor (1974), Do'stlik (1974),
Gagarin (1974) shaharlari vujudga keldi. Jizzax
cho'lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9
ming o'rinli maktablar, 6800 o'rinli bolalar bog'-
chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi.
1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.
Sirdaryo viloyatida yangi yerlarni o'zlashtirish ishlari
davom ettirildi. 1966-1975-yillarda 181 ming
gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. 50-yillarning ikkinchi
yarmidan 70-yillarning o'rtalarigacha qishloq xo'jalik
ishlariga kiritilgan yangi yerlar maydoni 280 ming
gektarni tashkil etdi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar
vujudga keldi. Mirzacho'l va Jizzax cho'llarini o'z
ichiga olgan yangi paxtachilik iqtisodiy rayoni vujudga
keldi, sanoat komplekslari qurildi. 1985-yilda Sirdaryo
va Jizzax viloyatlarida 731 ming tonna paxta
xomashyosi yetishtirildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Andijon,
Namangan, Farg'ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida,
Qoraqalpog'iston ASSRda ham suv xo'jaligi,
yangi yerlar o'zlashtirish ishlari keng miqyosda olib
borildi. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik
Tuyamo'yin, Kampirrovot daryosi bo'yida Andijon,
Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand
viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatlarida Surxon
suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan,
Parkent va boshqa kanallar qurildi.
Shunday qilib, O'zbekiston hududida 1946-1965-
yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug'oriladigan
yerlar ishga tushirilgan bo'lsa, 1966-1985-yillarda 1,6
million gektar yangi yerlar o'zlashtirilib foydalanishga
topshirildi. 1985-yilda 10 milliard kubometr suvni
to'plovchi 23 ta suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi
kanallar, 900 ta sug'orish sistemasi, 92 ming
gidrouzellar ishlab turdi. O'zlashtirilgan qo'riq yerlarda
160 ta sovxoz tashkil etildi, 7,7 mln kv m turar joy,
37 ming o'rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari,
102 ming o'rinli umumta'lim maktablari barpo
etildi. 

Paxta monokulturasi

Respublika qishloq xo'jaligida
paxta monokultura sifatida
rivojlantirildi. 1950-yilda 1,1 mln gektar yerga g'o'za
ekilgan bo'lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln gektar yerga
g'o'za ekildi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln
tonnadan 5,4 mln tonnaga yetdi. Hosildorlik har gektar
hisobiga 20,1 sentnerdan 27,0 sentnerga ko'tarildi.
Markaziy hokimiyat Ittifoq mehnat taqsimotida,
yagona xalq xo'jaligi kompleksida O'zbekistonning
asosiy o'rni paxtachilik ekanligini qat'iy belgilab
qo'ygan edi. O'zbekistonga og'ir vazifa - SSSRning
xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta'minlash vazifasi
yuklatilgan edi. Mana shu boisdan paxta O'zbekistonda
monokulturaga, ya'ni hukmron tarmoqqa
aylandi. 1985-yilda respublika paxta maydonlari barcha
ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallar
edi. Andijon, Farg'ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro
viloyatlarida esa uning salmog'i 70-75 foizga yetardi.
Bu holat ekinlarni ilmiy asoslangan mezonlarga binoan
almashlab ekish va tuproq unumdorligini qayta tiklash
imkonini bermasdi. Paxtachilikda juda zaharli ximikatlar
(butifos, merkaptofos) haddan tashqari ko'p
miqyosda qo'llanilardi, ularni saqlash va ishlatish qoidalari
buzilardi. Bunday bedodlikdan odamlar zaharlanardi,
atrof-muhit ifloslanardi, suv, havo va tuproq
ham minerallashib zaharlanib bordi. Kasalliklar soni
ortdi, o'lim, nosog'lom bola tug'ish hollari ko'paydi.
Paxta og'ir va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilardi,
dehqonlar ter to'kib ishlardi, biroq mehnatiga
yarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxta
xomashyosiga kam haq to'lanar edi, ikkinchidan, paxta
xomashyosidan tayyor mahsulotlar tayyorlash asosan
boshqa mintaqalarda amalga oshirilardi, daromadning
ko'p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi,
xomashyo yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverdi.

G'allachilikning
ahvoli

O'zbekiston qishloq xo'jaligida
makkajo'xori, bug'doy
ham yetishtirilardi. 1970-
yillarda barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan
makkajo'xorichilik sovxozlari tashkil etildi va makkajo'
xori yetishtirish sezilarli darajada ko'paydi. Biroq 80-yillarning o'rtalarida bu tarmoqqa e'tibor
kamaydi, makkajo'xori ekishga ajratilgan ekin maydonlari
keskin kamaytirildi. Natijada, makkajo'xori
yetishtirish pasayib, 1985-yilda atigi 443,1 ming tonnaga
tushib qoldi. Sersuv va jazirama issiq bo'ladigan
joylarda sholi yetishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq,
Ohangaron, Sirdaryo bo'ylarida ekilardi. O'zbekiston
Kompartiyasi MQ va Ministrlar Kengashi 1978-yil
noyabrida sholi yetishtirishni yanada ko'paytirish
to'g'risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amudaryoning
quyi qismida - Qoraqalpog'iston ASSR va
Xorazm viloyatida ancha yerlar o'zlashtirildi va ixtisoslashtirilgan
maxsus sholikorlik sovxozlari tashkil
etildi. 1985-yilda respublika bo'yicha 482,9 ming
tonna sholi tayyorlandi, bu 1970-yilga nisbatan 2,6
marta ko'p edi.
Respublikada bug'doy, arpa yetishtirish imkoniyatlari
katta, ammo bu imkoniyatdan foydalanilmadi,
bug'doy ekish uchun sug'oriladigan yer ajratilmadi.
Bug'doy va arpa bahorikor (lalmikor) yerlarga ekilardi.
Hosildorlik gektariga 5-8 sentnerdan oshmasdi.
1985-yilda atigi 387,9 ming tonna bug'doy yetishtirildi,
aholining bug'doyga bo'lgan talabi mutlaqo
qondirilmasdi, respublikaga boshqa mintaqalardan
bug'doy keltirilar edi. Respublika dalalarida shirinshakar
mevalar va uzum, qovun va tarvuzlar, sabzavotchilik
mahsulotlari yetishtirildi. Respublikada 49 ta
sovxoz meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilgan
edi.
196l-yilda respublikada 116,5 ming gektar mevazor,
46,4 ming gektar uzumzorlar bo'lgan bo'lsa,
1985-yilda ularning maydoni ancha kengayib, mevazor
bog'lar 206,1 ming gektarni, uzumzorlar 133,4
ming gektarni tashkil etdi. Shu yillarda meva
yetishtirish 152,2 ming tonnadan 633,0 ming tonnaga,
uzum tayyorlash 223,6 ming tonnadan 635,6 tonnaga
ko'tarildi.
Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofida
kartoshka, sabzavot yetishtirish yo'lga qo'yildi.
50-80-yillarda respublikada 45 ta sabzavotchilikka
ixtisoslashtirilgan kolxoz, 35 ta sabzavot, sutchilik sovxozlari tashkil etildi. Sabzavot, kartoshka
yetishtirish va poliz ekinlari maydoni 1960-yildagi
108,9 ming gektardan 1985-yilda 196,3 ming gektarga
kengaydi. Shu yillarda kartoshka yetishtirish 162,7
ming tonnadan 240,7 ming tonnaga, sabzavot tayyorlash
377,3 ming tonnadan 2,4 mln tonnaga, poliz
mahsulotlari 263,7 ming tonnadan 790,0 ming tonnaga
ko'paydi. Xorazm, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida
ko'p miqdorda qovun-tarvuz yetishtirildi.

Chorvachilik

Chorvachilik ham o'sdi.
60-yillarda qoramolchilikka
ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil etildi. 70-yillarning
ikkinchi yarmida davlat va kolxozlar mablag'
lari hisobiga 45 ming sigir boqiladigan sutchilik
komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go'shtchilik
komplekslari va ochiq maydonda 190 ming bosh
qoramol boqiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan komplekslar
qurildi. 1985-yilda xo'jaliklar 4,1 mln bosh qoramol,
shu jumladan, 1,6 million sigir boqilib, mahsulotlar
yetishtirildi. 1982-yilda chorvachilik, cho'chqachilik va
sutchilik komplekslari soni 82 taga yetdi.
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand
viloyatlari, Qoraqalpog'iston ASSRda 90 taga yaqin
ixtisoslashtirilgan qorako'lchilik sovxozlarida 5 mln
dan ortiqroq qorako'l qo'ylari boqilib, qimmatbaho
qorako'l teriiar yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln boshdan
ortiqroq hisori va jaydari qo'ylar boqildi.
60-70-yillarda parhez parranda go'shti, tuxum
ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilik
komplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish,
ko'paytirish, tuxum va go'sht yetishtirish ishlari mexanizatsiyalashtirildi.
1985-yilda respublikada 33,5 mln
tovuqlardan qariyb ikki mlrd dona tuxum olindi, bu
1960-yildagiga nisbatan to'rt marta ortiq edi.
O'zbekistonda sobiq Ittifoq bo'yicha yetishtirilgan
pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi. 1985-yilda
xo'jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan
pilla 32,2 ming tonnaga yetdi. Shuningdek, yiliga
o'rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi.
Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg'oqlarida
andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi, mo'ynalar tayyorlandi. Baliqchilik xo'jaliklari
1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar. 

Orol fojiasi

Mustabid sovet tuzumi sharoitida
dasturilamal bo'lib
qolgan Inson tabiatning xo'jayini degan soxta mafkuraviy
da'vo, xo'jalik yuritishning yaroqsiz usullari,
tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan vahshiylarcha
foydalanish kabi illatlar ekologik muammolarni
keltirib chiqardi. O'zbekistonda yerning nihoyat darajada
sho'rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi,
yerning zaharlanishi va buzilishi, havo bo'shlig'i,
yerusti va yerosti suvlarining ifloslanishi ekologik
muhitni yomonlashtirib bordi.
Cho'l-u sahrolarni o'zlashtirish borasidagi dabdabali
tadbirlar, paxta monokulturasining kuchayishi,
Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo'ylab sug'orish
tizimlarini jadal suratda qurish ishlari Orol fojiasini
keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20
metrga pasaydi, uning sohillari 60-80 km ga chekindi,
u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko'lga
aylanib qoldi. Dengizning suv qochgan 4 mln gektardan
ortiqroq tubi qumli, sho'rxok sahroga aylandi.
Undan kuchli shamol, bo'ron orqali ko'tarilgan tuz,
chang-to'zonlar atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar
sog'lig'ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki,
tuberkulyoz, qorin tifi, kamqonlik, siydik yo'llari va
jigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko'paydi.
Bolalar va xotin-qizlar o'limi ko'payishi kuzatilmoqda.
Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo'ron
tufayli 15-75 million tonna tuzli qumlar atmosferaga
ko'tarilib 300-500 km masofaga yoyilmoqda.
Orolning qurib borishi ekologik kulfat darajasiga aylandi,
uning atrofida yashaydigan qariyb 35 million kishi
xavf-xatar ostida qoldi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotda
inqirozli holatning
vujudga kelishi

50-80-yillarning birinchi
yarmi Vatanimiz tarixidagi
eng murakkab davrlardan
biridir. Bir tomondan, mehnatkashlarning
fidokorona mehnati tufayli respublika
iqtisodiyoti rivojlandi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy,
iqtisodiy, ma'naviy hayotda muammolar, noxush holatlar to'planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni
keltirib chiqardi. Respublikaning iqtisodiy rivojlanish
yo'lida to'xtab qolishlar yuz bermasa-da, olg'a
tomon siljish sur'atlari tobora sekinlashib, pasayib
bordi. 20-yillar oxiri - 30-yillarda shakllangan xo'jalik
yuritish tizimi boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik
usuli 30-yillarda, urush davrida, tiklash yillarida
muayyan samara bergan bo'lsa-da, 50-yillardan
e'tiboran ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga to'siq bo'la
boshladi. 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni
qayta qurishlar, boshqaruvni demokratiyalashtirishga
urinishlar bo'ldi. Avvallari Markazda hal etilgan ayrim
mahalliy masalalarni respublikalar ixtiyoriga berish,
ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga
yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini qisqartirish,
korxonalarning xo'jalik mustaqilligini kengaytirish,
xo'jalik tomorqalarini boshqarishning hududiy tartibiga
o'tish tadbirlari ko'rildi. Biroq bu tadbirlar yarimyorti
o'zgarishlar bo'lib, iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning
chuqur qatlamlariga borib yetmadi. Uning
ustiga bu o'zgarishlar, demokratlashtirish jarayonlari
konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi va
to'xtab qoldi.
60-yillarning o'rtalarida iqtisodiy islohotlar qilishga
kirishildi. 1965-yilgi islohotda sanoat, qurilish va
qishloq xo'jalik korxonalarini xo'jalik hisobiga
o'tkazish, rag'batlantirish tizimini takomillashtirishni
ko'zda tutgan tadbirlar mo'ljallandi. Korxonalar uchun
yuqoridan rejalashtiriladigan ko'rsatkichlar qisqardi,
korxonalar faoliyatiga baho berishda ishlab chiqilgan
yalpi mahsulot emas, realizatsiya qilingan mahsulot
asosiy ko'rsatkich deb belgilandi. Biroq siyosiy vaziyat
o'zgarmadi, u iqtisodiy islohotga zid bo'lib qolaverdi.
Markaziy siyosiy hokimiyatning iqtisodiyotni nazorat
qilishi, buyruqbozlik yanada kuchaydi, rejadagi tadbirlarga
tez-tez tuzatishlar kiritila boshladi, korxonalar
huquqlari cheklana bordi. Iqtisodiy metodlar yana
ma'muriyatchilik bilan almashtirildi. Islohot boshqaruvning
o'rta qismiga, korxonalargagina daxldor
bo'lib, u boshqaruvning yuqori eshelonlarini o'zgartira
olmadi. Qarorlar qog'ozda qolib ketdi. Ularni amalga oshirishni ta'minlovchi jiddiy o'zgarishlar bo'lmadi,
rahbariyatda siyosiy iroda yetishmadi. Islohotlar 60-
yillarning ikkinchi yarmida biroz samara bergan
bo'lsa-da, biroq umuman ko'zlangan natijani bermadi.
60-yillarning iqtisodiy islohoti jamiyatning siyosiy, ijtimoiy
va ma'naviy rivojlanishiga, ishlab chiqarish
munosabatlarining tub mohiyatiga daxl qilmadi. Shu
sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
yaratgan to'g'onoqli mexanizm keyingi yillarda ham
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o'zgarishlarni,
1979- yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi
urinishlarni barbod qildi. 70-80-yillarda bo'lib o'tgan
KPSSning barcha syezdlarida rivojlanishning intensiv
shakliga o'tish zarurligi qayta-qayta ta'kidlangan edi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikda
iqtisodiy usullarga o'tish vazifalari qo'yilar edi. Ammo
bu vazifalar amalda direktivaligicha qolardi. So'z bilan
ish o'rtasida uzilish ro'y berdi. Taraqqiyotda depsinish,
inqirozli holatlar yuz berdi.
Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi
fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy
sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi.
60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib
kelgan rivojlangan sotsializm tushunchasi ijtimoiyiqtisodiy
taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiy
nazariy xatoga yo'l qo'yilganligining oqibati bo'ldi.
Sovet jamiyatining holati qay darajada ekanligiga
obyektiv baho bermaslik real hayotga to'g'ri kelmaydigan
strategik va taktik yo'1-yo'riqlarni belgilashga
olib keldi. Qo'lga kiritilgan yutuqlarni ulug'lash, miqdor
ketidan quvish, kamchiliklarni payqamaslik singari
yaramas illatlar borgan sari hayotda mustahkam
o'rnasha bordi.
Natijada respublika iqtisodiyotida, butun SSSRda
bo'lganidek, inqirozli vaziyat belgilari vujudga kela
boshladi. Rasmiy ma'lumotlarga binoan, milliy daromadning
o'rtacha yillik o'sishi pasayib, 1960-1965-
yillardagi 7,8 foizdan 1981-1985-yillarda 3,3 foizga
tushib qoldi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sof daromadning o'sish sur'ati 1965-1985-yillarda yetti
marotabaga kamaydi.
Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning intensiv usullariga
o'tish, moddiy xomashyo va energetika boyliklaridan
foydalanish sohasida juda katta xatoliklarga yo'l
qo'yildi. Moddiy boyliklarni saqlash o'rniga ulardan
ayovsiz foydalanishga yo'l tutildi, mehnat imumdorligi
pasayib ketdi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar ijtimoiy
sohaga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.
Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag'lar taqsimlashning
qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonunqoidasining
ustun bo'lishi ijtimoiy adolatsizlikning avj
olishiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo munosabatlarning
keskinlashuvi ichkilikbozlik, giyohvandlik,
chayqovchilik, poraxo'rlik va boshqa shu kabi
illatlarning keng yoyilishida o'z ifodasini topdi.
Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag'batlantirish
tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat
vujudga keldi. Ko'p holatda yuqori malakali mehnat
haq to'lashda kamsitildi. Injener va ishchi, vrach va
sanitariya xodimi deyarli bir xil maosh olardi.
Natijada aholining mehnatga qiziqishi va faolligi
susaydi. Bu esa o'z navbatida mehnat unumining
pasayishiga olib keldi. Yillar mobaynida ana shunday
holatning takrorlanishi mamlakat miqyosida mahsulot
tanqisligini yuzaga keltirdi.
Noxush holatlar sog'liqni saqlash hamda xalq
maorifi sohalarini ham qamrab oldi. Davlat budjetidan
ajratilayotgan mablag' tobora kamayib bordi. Bu
esa ana shu sohalar moddiy-texnik bazasining
eskirishiga, ta'limning va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish
sifatining yomonlashuviga olib keldi. Mamlakatda
bolalar bog'chalari, maktablar, teatr va kino uchun
binolar yetishmasligi ham odatdagi holga aylandi.
Jumladan, 1985-yilda maktab binolarining yetishmasligi
natijasida o'quvchilarning to'rtdan uch qismi
ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qirdi. Umumta'lim
maktablarining 32 foizi vodoprovod suvi bilan, 60
foizi markaziy isitish tarmog'i bilan ta'minlanmagan
edi. Respublika ijtimoiy hayotida imzosiz xat, tuhmat,
tanqid uchun o'ch olish singari illatlar ham avj oldi. Bu esa odamlar ijtimoiy ruhiyatining salbiy tomonga
o'zgarishiga olib keldi. Tayyoriga ayyorlik, boqimandalik
kayfiyatini keltirib chiqardi.
Noxush holatlar milliy munosabatlarni ham chetlab
o'tmadi. Bu sohadagi muammolar tobora ko'p
to'planib boraverdi. Vazirlik va boshqarmalarning
xodimlari har doim ham milliy shart-sharoitlarni va
urf-odatlarni, ekologik vaziyatni hisobga olib ish yuritish
zarurligini e'tiborga olavermadi. Bir qancha joylarda
ortiqcha ishchi kuchlari paydo bo'la boshladi.
Birgina Farg'ona vodiysining o'zida 200 ming yigit va
qiz ishsiz edi.
Jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy jarayonlar, shu
jumladan, milliy o'zlikni anglash, o'z xalqining tarixiga,
ma'naviy merosiga hamda urf-odatlarga qiziqishning
kuchayishi yetarlicha e'tiborga olinmadi va
chuqur tahlil qilinmadi. Bu jarayon tub joy aholi bilan
kelib o'rnashib qolgan aholi o'rtasidagi nisbatning
o'zgargan davrida ayniqsa keskinlashib bordi. Milliy
o'ziga xoslikni asrash, milliy til va urf-odatlarni saqlab
qolish muammolari kuchayib bordi.
Rahbarlikning ma'muriy buyruqbozlik usuliga
asoslangan davlat va Kompartiyaning o'sha paytda
olib borgan millatlarni bir-biriga sun'iy yaqinlashtirish
siyosati milliy respublikalar va boshqa milliy tuzilmalarning
huquqlarini cheklab qo'ydi, ijtimoiy
keskinlikning xavfli manbalarini vujudga keltirdi,
respublikalararo munosabatlarda ziddiyatli vaziyatlarni
vujudga keltirish uchun shart-sharoit hozirladi.
Qishloq xo'jaligida sifat ko'rsatkichlari yildan yilga
pasayib bordi. Qishloq mehnatkashlarining o'z
mehnatlari natijalaridan manfaatdorligi susaydi.
Yildan yilga Markazning buyurtmasi hisobiga
paxta xomashyosini yetishtirish ko'payib borgan bo'lsa-
da, undan aholining olayotgan sof daromadi kamligicha
qolaverdi. Qishloq oilasining har bir a'zosiga
to'g'ri keladigan oylik daromad Rossiyada 98,1 so'mni
tashkil etgan bir paytda, O'zbekistonda o'z tomorqasidan
tushadigan daromad bilan birgalikda hisoblanganda
58,9 so'mga teng bo'ldi. Natijada O'zbekiston xalqining turmush darajasi pasayib, SSSR miqyosida
oxirgi o'rinlarga tushib qoldi.
Taraqqiyotga to'sqinlik qiluvchi o'ziga xos mexanizm
siyosat sohasini ham o'z domiga tortdi. Boshqaruv
apparatining byurokratlashtirilishi, qarorlar
qabul qilish va uni hayotga tatbiq etishda nodemokratik
usullarning qo'llanishi, qonunlarning bajarilishini
ta'minlovchilarning o'zlari tomonidan qonunchilikning
buzilishi, davlat va ijtimoiy hayotga doir
masalalarda oshkoralikning yo'qligi, ommaning passivligi
va shu singarilar siyosat sohasidagi inqirozning
namoyon bo'lishi edi.
70-80-yillarda partiyaviy rahbarlikning ma'muriybuyruqbozlik
uslubi tendensiyasi kuchaydi. Hamma
sohalarda boshqarish funksiyalari partiya tashkilotlari
qo'lida to'plangan edi. Qabul qilingan qarorlarni
bajarishda mas'uliyat tobora susayib bordi, omma
bilan aloqa zaiflashdi. Davlat hayotiga chuqur kirib
borgan noxush holatlar borgan sari taraqqiyotga to'siq
bo'la boshladi.
SSSR Konstitutsiyasiga binoan xalq deputatlari
sovetlari davlatning hokimiyat organlari hisoblansada,
amalda ular partiya tashkilotlarining ijrochilariga
aylanib qolgan edilar. Sovetlarning sessiyalari ham
Kompartiya tomonidan oldindan tayyorlanadigan
qonun va qarorlarni yakdillik bilan ma'qullar edi.
Sovetlar obro'sining pasayishi qonunlarning bajarilishiga
o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi. Qonunlar
turli xildagi hujjatlar bilan almashtirildi. 70-yillarning
oxiri- 80-yillarning boshiga kelib xalq xo'jaligini
boshqarishda 200 mingga yaqin har xil buyruqlar va
ko'rsatmalar to'planib qolib, xo'jaliklar faoliyatini
o'rgimchak singari o'rab, chalkasntirib tashlagan edi.
Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab
chiqilgan oziq-ovqat, agrar, ijtimoiy va boshqa sohalardagi
dasturlar iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib
yubordi.
Respublika partiya va hukumat rahbariyatida qanday
qilib bo'lsa ham Markaz va KPSS rahbariyati,
xususan, L. I. Brejnev oldida yuzni yorug' qilishga
intilish kuchaydi. O'z navbatida quyi partiya tashkilotlarining respublika rahbariyati oldida yuzni yorug'
qilish, bergan va'dalari ustidan chiqish uchun ni?ik
yo'llarni axtarishi keng tus oldi.
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1984-yil iyun
oyida bo'lib o'tgan XVI plenumida partiya, sovet va
davlat xo'jalik organlari faoliyatidagi jiddiy xatoliklar
va qonunbuzarlik to'g'risida ochiq-oydin gapirildi.
Biroq plenum tobora chuqurlashib borayotgan noxushliklarning
ildizini, keltirib chiqargan tub sabablarni
to'liq ochib bera olmadi. Shu boisdan keyinchalik ham
noxush jarayonlar davom etaverdi. Mahalliy ahamiyatga
molik ishlarni amalga oshirishda O'zbekiston partiya
tashkilotlarining ishiga Markazning aralashuvi
kuchaydi. Bu esa respublikadagi nosog'lom vaziyatni
yana ham murakkablashtirdi.
Iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tobora yaqqolroq
namoyon bo'layotgan inqiroziy holatlarini bartaraf
etish, O'zbekistonni yuqori taraqqiyot darajasiga olib
chiqish uchun yangicha yo'l tutish zaruriyati to'liq
yetilgan edi.