2-. TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING
O'RNATILISHI. XALQ HOKIMIYATCHILIGI
UCHUN KURASH. TURKISTON MUXTORIYATI

1917-yilgi oktabr
voqealari va uning
Turkiston xalqlari
hayotiga ta'siri

1917-yilgi fevral inqilobi
Rossiyada tub o'zgarishlarning
yuz berishiga olib kelmadi.
Buning boisi shundaki,
Muvaqqat burjua hukumati
o'zining tor, xudbin manfaatlari doirasidan chetga
chiqa olmay, yetilgan tub masalalarni hal etishga ojizlik
qildi. Natijada siyosiy tuzumda o'zgarish bo'lgani holda
muhim ijtimoiy-iqtisodiy, agrar, milliy, sulh masalalari
amalda yechilmay qola berdi. Bu esa mamlakat hayotining
yanada boshi berk ko'chaga kirib, tanglik,
tanazullik holatlarining kuchayib borishiga sabab
bo'ldi. Ayniqsa, Rossiyaning Birinchi jahon urushida
ishtirokining davom etishi, rus armiyasining frontda
ketma-ket mag'lubiyatga uchrayotganligi umumxalq
noroziligi va qahr-g'azabini tobora kuchaytirmoqda
edi. Negaki, urushning butun og'irligi xalq ommasining
zimmasiga tushayotgandi. Rossiyaning iqtisodiy
halokat tomon borishi, ijtimoiy tanglik va inqiroziy
jarayonlarning zo'rayishi esa Muvaqqat hukumatning
tobora obro'sizlanishiga, xalqdan yakkalanib qolishiga,
oqibatda esa vaziyatning keskinlashuviga olib kelayotgan
edi. Lenin boshliq bolsheviklar xuddi mana shu
qaltis vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, ommani
o'z tomoniga ag'darishni ko'zlovchi shiorlarni maydonga
tashlab, siyosiy hokimiyatni egallash sari yo'l
tutdi. Bolsheviklar o'z maqsadlariga erishishda xalqning
qo'ynini puch yong'oqqa to'ldiruvchi va'dalar
berdilar. Ular ommabop chaqiriqlarni ilgari surib, barcha
muhim masalalarni hal etishga qasamyod qildilar.
Mana shunday ustakorlik va hiylakorlik yo'li bilan bolsheviklar
1917-yilning 24-25-oktabr kunlari Petrogradda
davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Ular
Muvaqqat hukumatni ag'darib, hokimiyatni egallashga
muvaffaq bo'ldilar. Tez orada mamlakatning boshqa
hududlarida ham ularning hukmronligi o'rnatila boshlandi.
Shu tariqa proletariat diktaturasi nomi bilan atalgan
sovet hokimiyati vujudga keldi.
Turkiston o'lkasi Rossiya tarkibida bo'lganidan,
Markazda sodir bo'lgan voqealar va o'zgarishlar shabadasi
bu yerga ham esib, o'z ta'sirini ko'rsata boshladi.
Buning ustiga hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar
va ularning dohiylari Turkistonni zinhor qo'ldan
chiqarmaslik, o'lkada o'z hukmronligini qat'iy o'rnatish,
yangicha sovet boshqaruvi tizimini shakllantirishni
avvaldan o'z oldilariga maqsad qilib qo'ygandilar.
Hatto Muvaqqat hukumatning Turkiston qo'mitasi
qarorgohi joylashgan Tuproqqal'a qo'rg'onining qizil
askarlar tomonidan 1917-yil 31-oktabrdan 1-noyabriga
o'tar kechasi ishg'ol qilingani fakti ham Turkistonda
oktabr o'zgarishi yasalganidan darak bermasdi.

Turkistonda sovet
hokimiyatining zo'rlik
bilan o'rnatilishi

Bolsheviklar Markazda siyosiy
hokimiyatni qo'lga olar
ekanlar, ular sobiq Rossiya
imperiyasi tarkibiga kirgan
hududlarda, jumladan, Turkistonda ham sovet tuzumini
qaror toptirishga intildilar. Ular nihoyatda
yashirin niqoblangan dasturiy hujjatlarni, o'z g'oyaviy
ta'sirini ishga solib, qisqa muddatlarda joylarda
hokimiyatni qo'lga kiritishga kirishdilar. Bu maqsadga
erishishda kerak bo'lsa har qanday zo'rlik, kuch ishlatishdan
ham qaytmadilar. Bu, ayniqsa, Turkiston
o'lkasi misolida yorqin namoyon bo'ldi.
Garchand sovetlar davrida yaratilgan ko'plab tarixiy
adabiyotlarda bu davr tarixi butunlay soxtalashtirilib,
go'yo Turkiston aholisi oktabr g'oyalariga
qo'shilib, birinchilardan bo'lib o'lkada sovetlar
hokimiyatini o'rnatdi, deb og'iz ko'pirtirib kelingan
bo'lsa-da, biroq aslida bu xil fikrlar va qarashlar tarixiy
haqiqatga mutlaqo zid edi.
Turkistonda sovet hokimiyatini o'rnatish g'oyatda
murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo,
oktabr g'oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va
shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi
sotsialistik o'zgarishlar orqali mulkni umumlashtirish
va milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan o'ziga
xos turmush tarzini, xo'jalik yuritish tartib-qoidalarini
bir lahzada tubdan o'zgartirishni xohlamasdi.
Binobarin, bu begona maslak va g'oyalar bolsheviklar
partiyasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari
tomonidan kuch va zo'riik bilan o'lka xalqlariga majbur
qilindi. Bu esa joylarda xalq qonining daryodek
oqishiga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab bo'ldi.
Chunki bolsheviklar tuzumi tomoniga o'tishni xohlamagan,
uning maqsad-mohiyatini yoqtirmagan ko'pchilik
aholiga nisbatan o'lkaning ko'plab hududlarida
ochiq-oshkor tarzda talon-tarojlik, bosqin va xunrezliklar
uyushtirdilar.
Aholini ma'naviy-ruhiy kamsitish, diniy e'tiqodini,
islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjolarni
haqoratlash, diniy kitoblarni gulxanda yondirish -
bular sovet tuzumi zo'ravonlari uchun o'sha kezlarda
odatiy tus bo'lib qolgandi. Aniq rasmiy ma'lumotlarga
ko'ra, Farg'ona vodiysida sovet hokimiyatini o'rnatish
chog'ida Marg'ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming,
Namanganda 2 ming, Bozorqo'rg'on va Qo'qonqishloq
(hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan
ziyod begunoh kishilar qirg'in qilingan. Bunday
qirg'inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida
ham sovet hokimiyatini o'rnatish chog'ida sodir etildi.
Sovet hokimiyati dohiylari o'zlarining qator rasmiy
dasturiy hujjatlari va shiorlarida bor ovoz bilan olamga
jar solib, barcha mazlum xalqlar, elatlarga huquqiy
tenglik, o'z taqdirini o'zi belgilash, milliy davlatchiligini
tuzish va mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga
qadar ularning haqli, huquqli ekanligini e'lon qilgan
edilar. Masalan, oktabrning muhim hujjatlari hisoblangan
Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi,
Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari
Deklaratsiyasi, Rossiya va Sharqning hamma mehnatkash
musulmonlariga da'vatnomasi va boshqa hujjatlarda
mazlum xaiqlarning ozodlik va mustaqillikka
erishuvini rasman qo'llab-quvvatlagan holda, amalda
zimdan boshqacha siyosat tutib, bu jarayonning yuzaga
chiqishiga butun choralar bilan to'sqinlik qildilar.
Buning yorqin ifodasi Turkistonda sovet hukumatini
tuzish chog'ida to'la kuch bilan ayon bo'ldi. Gap
shundaki, o'lka hududlarida sovetlar hokimiyatini
zo'rlik bilan o'rnatish jarayoni davom etayotgan bir
kezda Turkiston bolsheviklari o'zlariga o'xshagan
boshqa siyosiy partiyalar namoyandalari bilan til biriktirib,
mahalliy millat namoyandalarini bu ishdan mustasno
tutib, o'z hukumatini tuzishga kirishadilar. Bu
hiyla-nayrangning hidini oldindan sezgan turkistonlik
mahalliy taniqli arboblar mabodo yevropalik ozchilikning
manfaatini ko'zlaydigan hukumat tuziladigan
bo'lsa, bu turgan-bitgan adolatsizlik bo'ladi va
ko'pchilik aholining keskin noroziligiga olib keladi,
deb o'z nuqtayi nazarlarini oshkora bayon qildilar.
1917-yilning 12-15-noyabr kunlari Toshkentda
bo'lib o'tgan Turkiston musulmonlarining III qurultoyi
qabul qilgan qarorlarda: Hokimiyatning mahalliy
aholi manfaati uchun deyarlik zid bo'lgan begona va
o'tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi - harbiylar, ishchilar
va dehqonlar tashkilotlari qo'lida bo'lishi demokratik
qoidalar talabiga javob bermaydi va mahalliy
aholiga xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilashi asosida
to'g'ri hayot qurishiga kafolat berolmaydi, deb qayd
etilgan edi.
Biroq bu haqqoniy talab va ogohlantirishlar Turkistonda
sovet hokimiyati mutasaddilari sifatida ish
yuritayotgan, joylarda esa bu hokimiyatni zo'rlik yo'li
bilan qaror toptirayotgan bolsheviklar va ularning
muvaqqat ittifoqchilariga zarracha ham ta'sir etmadi.
Ular o'z muddaolariga erishish maqsadida Turkiston
ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III
o'lka qurultoyini chaqirdilar. Mazkur qurultoy 1917-
yilning 15-22-noyabr kunlari Toshkentda bo'lib
o'tadi. Biroq uning ishida Turkiston musulmonlari
vakillari teng huquqli asosda ishtirok eta olmadilar. Bu
hol qurultoyning butun faoliyatida, xususan, u tashkil
qilgan hukumat tarkibida aniq-ravshan namoyon
bo'ladi. Bolshevik (kommunist) F.I. Kolesov raisligida
tuzilgan 7 bolshevik va 8 so'l eser komissarlardan iborat
Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Uning tarkibiga
butun o'lka aholisining qariyb 95 foizini tashkil
etgan yerli mahalliy xalqlarning birorta ham vakili kiritilmadi.
Bu endi sovet hokimiyati hukmdorlariga xos
shovinistik va ulug' davlatchilik siyosatining tipik
namunasi sifatida mahalliy aholini mensimaslik, uning
manfaatlarini sariq chaqaga arzitmaslikni bildirardi.
Shu xildagi nuqtayi nazarni ular ochiq-oshkora tarzda
bayon etishdan ham o'zlarini tiyolmadilar. Masalan,
o'lka sovetlarining IV qurultoyida so'zga chiqqan xalq
komissari, shovinist Uspenskiy: O'rtoq musulmonlar,
shuni bilingki, biz sizlarning katta og'alaringmiz. Siz
kichiksiz va tushunarliki, bizga bo'ysunishingiz kerak!,
deb dag'dag'a qilgandi. Yana bir sovet yetakchilaridan
A. Kazakov bu xususda o'z qarashlarini shunday bayon
etgandi: Turkiston jumhuriyatida 95 foiz musulmonlar
va faqat 5 foiz ruslar yashaydi va shu 5 foiz butun
hokimiyatni deyarli o'z qo'lida ushlab turibdi. Shunday
qilib, ozchilik hukmronligi davom etmoqda. Lekin bu
vaqtinchalik hol. Musulmonlar dunyosi tayyor bo'lgach, biz jumhuriyatni boshqarish ishini unga topshiramiz.
Biz ularga yordam beramiz.
Yuqorida aytilganlardan mantiqiy xulosa shuki,
turkistonliklar hali o'z yurtlarini mustaqil idora qilish,
boshqarish darajasiga o'sib chiqmaganlar. Shuning
uchun uning jilovi hozircha yevropalik katta og'alar
qo'lida bo'lmog'i kerak emish! Bu o'zining buyuk,
betakror tarixini yaratgan, milliy davlatchilik tarixi esa
ming yilliklar qa'riga borib tutashadigan, yurt kelajagi,
istiqbolini belgilashga qodir, yuksak ezgu maqsadlarga
o'zini tikkan qanchalab o'ta zakovatli, salohiyatli
o'g'lonlari muhayyo xalqqa nisbatan bepisandlik, takabburlik
edi.
Shu bois ham Turkiston yerli aholisining mutlaq
ko'pchiligi bunday shovinistik siyosatini yuritishga
mukkasidan ketgan yangi sovet hokimiyatidan hafsalasi
pir bo'lib, unga nisbatan g'azab-nafrati oshib
bordi.

Turkiston Muxtoriyati

Sovetlar hokimiyati o'rnatilgandan
keyin Turkistonda
kechayotgan va tobora chigallashib borayotgan o'ta
murakkab vaziyat o'lkaning yurtparvar va taraqqiyparvar
kuchlarini faol harakatga keltirdi. Ular tashabbusni
qo'lga olib, bolsheviklar bosh bo'lgan sovet hokimiyatiga
qarshi tura oladigan, demokratik asoslarga
tayangan, chinakam xalq hokimiyatchiligini o'zida ifodalagan
milliy davlatchilikni tashkil etish tomon yo'l
tutdilar.
Bu borada joylarda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib
borildi. Nihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo'qonda
o'lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi
chaqirildi. Unda o'lkaning 5 viloyatidan 200 nafardan
ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida Sho'-
royi Islomiya, Sho'royi Ulamo, Musulmon harbiylari
sho'rosi, O'lka yahudiylar jamiyati namoyandalari
qatnashdilar. Qurultoy hay'atiga o'lka xalqlarining
taniqli kishilari - Mustafo Cho'qay, U. Asadullaxo'
jayev, Yurali Agayev, S. Akayev, Obidjon Mahmudov,
Abdurahmon O'razayev, Islom Shoahmedov,
Kamol qozi, Karimboyev va boshqalar, jami 13 kishi
saylandi. Mazkur qurultoyning 3 kun to'xtovsiz davom
etgan faoliyatining yakuni o'laroq Turkiston Muxtoriyatini
tuzishga muvaffaq bo'lindi.
Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston
Muxtoriyati deb ataladigan bo'ldi.
Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat
to'lig'icha Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston
Xalq (Milliy) Majlisi (54 kishidan iborat) qo'lida
bo'lishligi ta'kidlandi.

Turkiston Muxtoriyatini qabul qilish haqidagi qarorda
shunday deyiladi: Turkistonda yashab turgan turli millatga
mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning
o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini
namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi
tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu
bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis
majlisiga havola etadi. Qurultoy Turkistonda yashab turgan
milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya
qilinishini tantanali ravishda e'lon qiladi.

Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi
- hukumati tuzildi. Uning tarkibiga 12 kishidan
iborat a'zolar saylandi:
1. Muhammadjon Tinishpayev - Bosh vazir, Ichki
ishlar vaziri.
2. Islom Shoahmedov - Bosh vazir o'rinbosari.
3. Mustafo Cho'qayev - Tashqi ishlar vaziri (keyinroq
Bosh vazir).
4. Ubaydulla Xo'jayev - Harbiy vazir.
5. Yurali Agayev - Yer va suv boyliklari vaziri.
6. Obidjon Mahmudov - Oziq-ovqat vaziri.
7. Abdurahmon O'razayev - Ichki ishlar vazirining
o'rinbosari.
8. Solomon Gersfeld - Moliya vaziri.
Hukumat tarkibiga yana to'rt kishi - yevropalik
aholi vakillari orasidan nomzodlar ko'rsatilgach, keyinchalik
kiritilishi belgilandi. Shuningdek, bu hukumatda
Saidnosir Mirjalol o'g'li xazinachi lavozimini
egalladi.

Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning
tomonidan Turkiston Xalq Majlisi (parlamenti) tarkibining
tuzilganligi bo'ldi.
Milliy majlis tarkibiga saylanganlar orasida Muvaqqat
Kengash a'zolaridan tashqari o'sha davrning atoqli

arboblari T. Norbo'tabekov, S. Sharifxo'jayev, Nosirxonto'
ra Kamolxonto'ra o'g'li, M.Behbudiy, T. Musaboyev,
Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov va boshqa yurt
peshvolari bor edi.

Shunday qilib, o'lkaning mo'tabar, millatparvar
zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning
zimmasiga ulug'vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi,
qaddi bukilgan, qadr-qimmati, g'ururi o'zgalar tomonidan
kamsitilgan Turkistonni ro'yobga chiqarish,
uning erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash, yuksakka
ko'tarish - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi,
maqsad-muddaosi edi. Shu boisdan ham o'lkaning millionlab
fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e'lon qilinganligini
katta qoniqish, ko'tarinki ruh bilan qarshi
oldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent,
Namangan, Jalolobod, Qo'qon, Samarqand shaharlarida
va boshqa hududlarda ming-minglab yurt odamlari
mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg'in
qo'llab-quvvatlab chiqdilar, bu to'g'rida maxsus qarorlar
qabul qilindi. Masalan, 6-dekabr Toshkentning eski
shahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga
bag'ishlab ko'p ming kishilik katta miting o'tkazildi.
Unda taniqli yurt arboblari: Munavvarqori, Mullo Odil
mufti, Said G'anixon, Pirmuhammad A'lam va
boshqalar so'zga chiqib, yig'ilganlarni chinakam xalq
hokimiyati - Turkiston Muxtoriyati tashkil etilganligi
bilan qutladilar. Miting ishtirokchilari o'lka Muvaqqat
hukumatini to'la qo'llab-quvvatlashlarini izhor etib,
qaror qabul qildilar. O'sha davr milliy matbuoti sahifalarida
Turkiston ulug'lari tomonidan muxtor
hokimiyatni qo'llab-quvvatlash, uning istiqboli uchun
fidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususida
ko'plab maqolalar bitildi.

Jumladan, Fitratning Muxtoriyat maqolasida
...Qurultoy o'z ishini qildi. Qolganlari butun millatning
vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim.
Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdir. Bularni millat
hozir qilsun, deb xitob qilingan edi.
Hurriyat gazetasi, 1917-yil 5-dekabr.

Turkiston mehnatkashlari o'z milliy hukumati
24
tuzilishini qanchalik qo'llab-quvvatlab, unga ishonch
va umidlari ortib bormasin, biroq o'lkada o'rnashib
olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo'lda ushlab turgan
Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat
mahkamalari voqealarning bu tarzda rivojlanishiga
izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorlarini
yo'q qilish yo'lini butun choralar bilan o'tkazib
bordi. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni
yoqlab o'tkazilgan katta mitingning zo'rlik bilan tarqatib
yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari
otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko'plab qurbonlar
berilishi - bu Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan
uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.
Turkiston Muxtoriyati og'ir, mashaqqatli sinovlar
jarayonini boshdan o'tkazayotgan bir kezda, ya'ni
1917-yil 25-dekabr kuni Qo'qonda o'lka musulmon
ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi
ish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi.
Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash,
unga moddiy va ma'naviy madad ko'rsatish shiori ostida
o'tdi. Unda o'lkaning qonuniy hukumati tarkibini
musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi
vakillari hisobiga to'ldirish to'g'risida qaror qilindi.
Qurultoy o'zining so'nggi ish kuni - 27-dekabrda
Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisiga telegramma
yo'lladi. Unda Turkiston Muxtoriyatini e'tirof
etish, uning to'laqonli faoliyat ko'rsatishiga izn berish
so'ralgan edi. Xususan, telegrammada shunday deyilgandi:

...Bugun Turkiston xalqi ikkala qurultoyda Turkiston
Muxtoriyatini bir ovozdan e'lon qildi va Turkiston Ta'sis
Majlisiga o'lkani boshqarishning so'nggi shaklini ishlab
chiqish taklif etildi... Saylangan Xalq Kengashida ruslar va
yevropaliklar shahar va qishloqlar aholisining 2 foizini tashkii
etsada, biz tomonimizdan 33 foiz o'rin ajratilgan... Turkiston
musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining birinchi
favqulodda qurultoyida qabul etilgan qaror haqida ma'lumot
berib, sizlardan... Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga
hokimiyatni Turkiston Muvaqqat hukumatiga topshirish
to'g'risida farmoyish berishingizni so'raymiz. Bu bilan siz
Turkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya va
qo'sh hokimiyatchilikdan qutqargan bo'lardingiz.
Ishchilar dunyosi, 1918, ? 2, 22-23-betlar.

Biroq, ming afsuski, butun bir o'lka xalqlarining
xohish-irodasi, orzu-maqsadlarini ifodalab, nufuzli
xalq qurultoyi tomonidan bolsheviklar va sovetlar
yo'lboshchisi nomiga yo'llangan bu telegramma talablari
qondirilmadi. Buning aksicha, ochiq va yashirin
tarzda foaliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatini
tez orada tugatish haqida ko'rsatma berdilar.

Turkiston
Muxtoriyatining halokati,
uning saboqlari

Hukmron Markaz va uning
Turkistondagi vakolatli hukmdorlari
o'lka xalqlarining xohish-
intilishi samarasi sifatida
tashkil topgan qonuniy muxtoriyat hokimiyatini
zo'ravonlik bilan ag'darib tashlashga qasd qildilar. Bu
razil maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati
tasarrufida bo'lgan hamma zarur narsa, vositalar
ishga solindi. Kerakli jangovar harbiy qismlar,
qurol-anjomlar shunga yo'naltirildi.
Turkiston Muxtoriyati ko'plab obyektiv va subyektiv
sabablar orqasida o'zini o'zi yetarli darajada himoya
qilish imkoniyatiga ega bo'lolmadi. Buning boisi, avvalo,
uning tarixan g'oyatda qisqa umr ko'rgani (u atigi
72 kun yashadi, xolos), shu sababdan ko'p narsalarni
bajarishga ulgurolmaganligi bo'ldi. Qolaversa, muxtoriyatchilar
orasida ko'pgina muhim hayotiy
masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi.
1918-yil 18-fevral kuni Sho'royi Ulamo jamiyati
tashabbusi bilan muxtoriyatda to'ntarish qilinib,
Mustafo Cho'qay muxtoruyat hokimiyatining ag'darilishi
va uning boshqaruvi jilovining Qo'qon mirshablari
boshlig'i Kichik Ergashga berilishi bunga guvohdir.
Moddiy, harbiy, moliyaviy madad ko'rsata oladigan
yetarli real kuchlar va imkoniyatlarning bo'lmaganligi
ham bunga sabab bo'ldi.
Muxtoriyat tashqi vaziyat nuqtayi nazaridan ham
o'z qobig'iga o'ralib, tashqi olamdan ajralib qoldi. Uni
har tomonlama quvvatlab, harbiy, moddiy va ma'-
naviy jihatdan amaliy yordam ko'rsatuvchi biror-bir
xorijiy davlat bilan bevosita aloqa o'rnatishga ulgurolmadi.
Bu omillar Turkiston Muxtoriyati ahvolini
tanglashtirib, uni pirovard oqibatda faoliyatsizlikka
mahkum etdi.

Vaziyat sovet amaldorlariga qo'l kelib, ular bundan
milliy muxtoriyat hukumatini har jihatdan iskanjaga
olish, uni qanday qilib bo'lsa-da mahv etish uchun
ustamonlik bilan foydalandilar. Turkiston sovet hukumati
1918-yil 14-fevralda Farg'ona viloyati hududida
favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo'qondagi
mahalliy hokimiyati-ishchi va askar deputatlari soveti
17-fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo'lishga
da'vat qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perfilev
boshchiligida qurollangan qizil qo'shin olib kelindi va
ular darhol ishga solindi. Qo'qondagi millatchi arman
dashnoqlari ham bu g'ayriqonuniy bosqinga jalb qilindi.
Ayniqsa 19-21-fevral kunlari Qo'qon xalqi ustiga
balo-qazo yog'ildi. Shahar o't ichida qolib, kunpayakun
bo'ldi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyati
hukumatini shafqatsizlarcha tor-mor etdi.
Eng dahshatlisi shuki, bu beayov xunrezlik
chog'ida hech bir aybi, gunohi bo'lmagan mingminglab
oddiy, bechorahol Qo'qon fuqarosi mislsiz
jabr tortdi, bor-budidan mahrum bo'ldi, behisob qurbonlar
berdi. Sovet hukumati quzg'unlari muxtoriyatchilarni
yo'q qilish bahonasi bilan o'zlarining
butun qahri-zahrini musulmon ahliga sochdi, undan
o'ch oldi. Qo'qonda sovetlar sodir etgan qonli fojiani
sovet davlati arboblaridan biri D. Manjara ham keyinroq
rostmanasiga e'tirof etgandi: Milliy siyosatda
yo'l qo'yilgan xatolarimiz tufayli Qo'qon Muxtoriyati
vujudga keldi. Uni yo'qotish paytida yana bir xatoga
yo'l qo'ydik. Qurol-yarog'i deyarli bo'lmagan muxtoriyatchilar
joylashgan eski shaharni qamal qilish
o'rniga, biz to'plardan o'qqa tutdik, keyin dashnoqlarning
qurolli to'dalarini ishga soldik. Natijada talontaroj,
nomusga tegish, qirg'in boshlandi. Bundan
muxtoriyatchilarga aloqasi bo'lmagan tinch aholi
katta zarar ko'rdi.
Xuddi shuningdek, sovet Turkistoni nashri -
Ciaiy naiaiau (Ozodlik bayrog'i) gazetasi
o'zining 1918-yil yanvar oyi sonlaridan birida: Rus
bolsheviklar hech qanday muxtoriyatni tan olmadi va
mazlum xalqlar o'z huquqlari va taqdirlarini haqiqatdan
o'zlari belgilamoqchi bo'lganlarida bunga yo'l

qo'ymadi, deb yozgan edi. Bu xil xolis fikrlarga
izohning hojati bo'lmasa kerak.
Turkiston Muxtoriyati mag'lubiyatga uchrab, halokatga
yuz tutgan bo'lsa-da, biroq u o'lka xalqlarining
hayoti va tarixiy taqdirida o'chmas iz qoldirdi. Eng
muhimi, u endigina mustaqillik sari yuz burgan, o'z
erki, ozodligi va baxtini qurish yo'lida ilk qadamlar
qo'ygan jafokash xalqning ko'zini ochdi, ongi, shuurini
istiqlol nuri bilan yoritdi. Muxtoriyat tajribasi Turkiston
xalqlarining milliy o'zligini anglashiga, do'st-u dushmanning
farqini chuqur bilib olishiga, mustaqillikka
erishish jarayoni murakkab ziddiyatli kurashlar orqali,
bu yo'lda murosa-yu madoralarga o'rin bo'lmasligiga,
kerak bo'lganda behisob qurbonlar berishga to'g'ri kelishini
tushunib yetishiga yordam berdi.
Muxtoriyat fojiasi ayni chog'da sovetlar hokimiyatining
mazlum xalqlarning huquqiy tengligi, o'z milliy
davlatchiligini barpo etishga haqli-huquqliligi haqidagi
shiorlarining soxtakorligini afkor omma nigohida
ochiq-ravshan ko'rsatib berdi. Bu esa erk va ozodlikka
intilib yashab kelgan turkistonliklar uchun katta
hayotiy saboq bo'ldi.
Turkiston aholisi endilikda o'z erki, mustaqilligini
birovlar, yot ajnabiy kuchlar, ularning dohiylari yordami
bilan emas, balki faqat o'z kuchlari, o'z qadoq
qo'llari bilan, o'z milliy rahnamolari yetakchiligida
birgalikda kurashib, qo'lga kiritishlari mumkinligiga
qat'iy ishonch hosil qildi.