20-. QAYTA QURISH SIYOSATI VA UNING
BARBOD BO'LISHI. O'ZBEKISTONNING
DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO'LGA KIRITISH
TOMON YO'L TUTISHI


Qayta qurish siyosati
va uning barbod
bo'lishi

XX asrning 70-80-yillarida
SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish
sur'ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni
hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan
ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya
va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy
ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Iqtisodiyot ekstensiv yo'lda tobora ko'p qo'shimcha
mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga
jalb etish yo'lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta
tabiiy resurslarga ega bo'lsa-da, xo'jaliklar ularning
yetishmovchiligiga duch keldi. Ko'pgina mamlakatlar
fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy
burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan
chetda, orqada qolib ketdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning
sifati past, ular sotilmasdan omborlarda
to'planib qolayotgan edi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi,
iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi
iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi urinishlarni
yo'qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga
mablag' ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda
tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga
ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik,
poraxo'rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda
edi. Buyruqbozlik - boshqaruv usuli, sansalorlik,
qog'ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o'z qonunlari
va vositalari asosida rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda
edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu
tufayli loqayd, sust, beparvo edilar. Huquq va qonuniylik
puturdan ketgan edi. Xo'jalikni boshqarishda 200
mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar
hukmron bo'lib, ular xo'jalik xodimlarining har bir
qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo'g'ar edi.
Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan
respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy
ahvolni bo'yab ko'rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni
maqtash, ular nomiga hamd-u sanolar o'qish rasm
bo'lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki
davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRda
inqirozli vaziyat shakllanib yetilgandi.
KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985-yil aprelida
bo'lgan plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR
239
tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e'tirof
etdi. Mazkur plenum jamiyatni qayta qurish orqali
iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash
siyosatini belgiladi. 1985-1986-yillarda Markazdagi
rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi
anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi
hali to'la idrok etilmagan edi.
1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga
partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda
xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham
samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib
qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo'ldi.
80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilishga,
birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy
hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik
organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga,
xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga
urinish bo'ldi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham
behuda ketdi.
Qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda juda
kuchli buzilishlar ro'y berdi. Markaz qayta
qurishning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniqravshan
dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat
puxta o'ylab ko'rilmagan sinov va eksperimentlarga
asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatolar bilan
siljib bordi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan
xalq xo'jaligining barcha sohalarini bir vaqtning
o'zida rivojlantirishdan iborat noto'g'ri yo'l tutildi.
Bu hol, - deb yozadi I. Karimov, - pirovard natijada,
cheklangan mablag'larning parokanda bo'lib
ketishiga, moliya va ta'minot tizimining batamom
izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi.
Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan
chiqarish uchun ma'muriy-buyruqbozlik tizimini,
hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish
asosida boshqarish va taqsimlash yo'lidan tartibga
solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakligini
o'z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-
yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o'tish zaruriyati
anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq
vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod
bo'lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan,
boshqaruv mexanizmi falaj bo'lib qolgan edi. SSSR
ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz
tutgan edi.

O'zbekistonning ijtimoiy-
siyosiy hayoti

O'zbekistonliklar jamiyatni
qayta qurish, islohotlar
yo'lini katta umid bilan
kutib oldilar. Jamiyatni yangiiashdan najot kutayotgan
edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'ldi.
O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada
murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va
qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan,
siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga
kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi
orqasida respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga
Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi.
Kadrlar to'dasi deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar
O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara
boshladilar. I'zbekiston Kompartiyasi va Respublika
Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi.
Birinchi lavozimda o'tirgan mahalliy kadrlar
ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldilar.
O'zbekiston Kompartiyasi MQda Moskva vakillari
Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib
olgan edi. O'sha yillarda tez-tez bo'lib turadigan
plenumlar va yig'ilishlar O'zbekistonda doimiy ishlash
uchun yuborilgan kadrlar to'dasining boshliqlari -
Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari
nazorati ostiga olingan edi.
O'zbekistonda o'zbeklar ishi, paxta ishi deb
atalgan jinoiy ishlar to'qib chiqarildi. Moskvadan
yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning
boshiga tushgan kulfat bo'ldi. Guruh a'zolari hech
kim bilan hisoblashib o'tirmay odamlarni qamash
bilan shug'ullandi. Oddiy dehqondan tortib O'zbekiston
Kompartiyasi MQ kotiblari va hukumat a'zolarigacha
bo'lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan
zo'rlab yozdirib olingan bir parcha qog'ozning
o'zi kifoya edi. O'zbekistonda qonunchilik buzildi,
o'zboshimchalik va qatag'onchilikning yangi davri avj
oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini

puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar,
ter to'kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi.
Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining
rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi.
Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas
usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab,
boshqalar ustidan to'qilgan aybnomalarni ularning
qo'li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu aybnoma
tobora ko'p begunoh odamlarni qamashga asos bo'lib
xizmat qilardi.
Butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham
kamchiliklar, qo'shib yozishlar, poraxo'rlik illatlari va
boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni
o'zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining
ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko'paydi.
1986-1987-yillarda respublikada 270 nafar ayol
o'zini o'zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha'ni,
qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzilishiga
nisbatan so'nggi norozilik ifodasi edi.
Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning
o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni
istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan
ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari,
an'analarini oyoqosti qildilar. Xalqimizning boy
madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona
tilimizning qo'llanish doirasi sun'iy tarzda yanada
cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham
qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan yoki
vafot etgan qarindosh-urug'larni milliy, diniy qadriyatlar
asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi,
shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi,
hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi.
Siyosiy va mafkuraviy zug'umlarga qaramasdan ijtimoiy
ong o'zgara boshladi. O'tmish va hozirgi zamon
muammolari to'g'risida munozaralar, turli qarashlar,
nuqtayi nazarlar bildiriladigan bo'lib bordi. Jamoatchilik
paxta yakkahokimligini tugatish, o'zbek tiliga
davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog'lomlashtirish
kabi masalalarni ko'tara boshladi. Norasmiy
guruhlar va tashkilotlar paydo bo'la boshladi. Bularning
242
norasmiy deyilishiga sabab, hali mamlakatda tashkilotlarni
ro'yxatga olish va ularga qonuniy maqom berishga
asos bo'ladigan qonun, huquqiy hujjatlar yo'q edi.
Norasmiy harakat asta-sekin siyosiy tusga kira boshladi.
1989-yilda tashkil topgan Birlik xalq harakati
respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi.
Shuningdek, O'zbekiston erkin yoshlar ittifoqi,
xotin-qizlarning To'maris nomli tashkiloti, rusiyzabon
ziyolilarning Intersoyuz deb atalgan harakati
tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma'-
naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasining oldini
olish, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish,
boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usulidan voz
kechish kabi dolzarb masalalarni ko'tardilar. Biroq bu
harakatlar g'oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli
darajada uyusha olmadi. Birlik xalq harakati rahbarlari
mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan dasturlar
ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga
oshirish yo'lida siyosiy kurash olib borish o'rniga
namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko'cha va maydonlarda
to'plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish
bilan shug'ullandi. Oqibatda Birlik bo'linib ketdi.
1990-yil boshlarida Birlik harakati faollarining
Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya
tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda Erk
demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo'ldi.
Qurultoy Erk partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul
qildi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi.
Biroq Erk partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash
uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o'tish
zaruriyatini, qanday islohotlar o'tkazish kerakligini va
uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va psixologiyasini
o'zgartirish lozimligini, buning uchun
mashaqqatli o'tish davrini bosib o'tish lozimligini
anglab, tushunib yetolmadilar.
Respublika matbuoti xalq turmushiga doir
masalalarni, noxush hodisalarni, xalq dardi, orzuarmonlarini
oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning
o'zligini anglashga ko'maklashdi.
Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi.
1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida
243
qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi
ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalarini,
qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz
va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada
(jamoa) pudratiga o'tkazish hech qanday samara
bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish,
xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh
qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka
o'tish yuzasidan ko'rilgan tadbirlar ham natija bermadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan
vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa
chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib
qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya,
mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga
qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga
tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni
avvalgidek Markaz belgilab berardi.
Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda,
mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, kun
kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm
zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda
daromadi 75 so'mdan oshmaydigan 8,8 million
kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi.
Qishloq aholisining atigi 50 foizi normal ichimlik
suvi bilan ta'minlangan edi.
Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa
yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham
chorva mol, 37 foiz xonadonlarda sigir, yarmisida
qo'y boqilmas edi.
Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta
maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar
ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin
maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab
qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan
binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi,
o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi
smenada o'qir edi. O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab
qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini
izdan chiqargan edi. O'quvchilar bilimi sayozlashib
bordi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham
mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi.
244
Oliy o'quv yurtlari yuqori malakali professoro'
qituvchilar bilan, zamonaviy texnika vositalari bilan
yetarli darajada ta'minlanmagan edi. Kadrlar tayyorlashda
son ketidan quvishga yo'l qo'yildi.
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar
to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari
bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natija
bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan
ishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga
chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar
o'tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham
sodir bo'la boshladi.
1989-yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali
voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi
natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini
o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik
qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik
aloqalarini bog'lab, o'n yillar davomida inoqlashib
yashadilar. Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda
tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida
mushtlashish sodir bo'ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining
voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik
bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat
murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga
olib keldi. Ana shunday favqulodda vaziyatda
respublikada hukumat komissiyasi tuzildi. 4-iyundan
boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg'onaga
shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki
qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi.
Ur-yiqit 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada
Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston tumanlariga
tarqaldi. 8-iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi
SSSR ichki ishlar vazirligi qo'shinlari tomonidan o'qqa
tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i
yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, uryiqitlar
natijasida jami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi
jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi
ichki qo'shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya
xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodimlaridan
biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport
vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
245
Voqealarning keng miqyosda fojiali tus olganligi
sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini
Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda
Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi
Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirishni
tashkil etdilar, ular qurolli askarlar tomonidan qo'riqlandi,
oziq-ovqat bilan ta'minlandi va tibbiy xizmat
yo'lga qo'yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda
uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16282 kishi
Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk,
Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib
olib borib joylashtirildi.
Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan
kuchlar kim edi?
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil
23-iyunda bo'lgan XIV plenumida Farg'ona fojiasi
bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus
komissiya tuzildi. Komissiya axboroti O'zbekiston
Kompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda bo'lgan XV
plenumi tomonidan ma'qullandi. Farg'ona viloyati,
shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining,
huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik,
siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab
bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning
kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo
adovatni keltirib chiqarishga uringan
ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba
bermadilar. Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida
ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi
izdan chiqqan, tarmoqlar xomashyo yetishtirish,
yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan
edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni,
ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari
ko'rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish ishlari
buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'-
mol qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan,
respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib
chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar
foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan,
puxta tayyorgarlik ko'rgan reja asosida ig'vogarona
harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan
246
varaqalar tarqatdilar. Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy
ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil
etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo'ka,
Parkent, O'sh, Andijonda ham shunday urinishlar
bo'ldi. Yovuz kuchlar bostirildi, ig'vogarlar o'z
maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi
rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida
keskinlik bartaraf qilindi.

O'zbekistonning davlat
mustaqilligini qo'lga
kiritish tomon yo'l
tutishi

1989-yil 23-iyun kuni bo'lib
o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi
MQning XIV plenumida
Islom Abdug'aniyevich
Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi
kotibi etib saylandi. I. A. Karimov boshliq
O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o'zbek
xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligiga
e'tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati,
qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka
erishish tomon yo'l tutildi. Farg'ona, Bo'ka, Parkent
voqealari oshkora muhokama qilindi va ularning asl
sabablari ochib tashlandi. Bu voqealar o'zbek xalqining
irodasi bilan sodir bo'lmaganligi, xalqimiz hech qachon
boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida
harakat qilmaganligi qadimiy va hozirgi tariximizdan
olingan misollar bilan isbotlab berildi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish
va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatlar ustuvorligi
ta'minlandi. Markazdan yuborilgan kadrlar
to'dasi o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishchev, Ogaryok,
Satin va boshqa kazo-kazolar respublikadan chiqarib
yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga
ko'tarildi.

Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat
bo'ldiki, endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat,
huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva
orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish
amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni
respublika rahbariyati o'z qo'liga oldi.

Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati
bo'lib, juda katta siyosiy ahamiyatga ega bo'ldi, ya'ni
siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan qadam
bo'ldi.
O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari
ko'rildi, to'qib chiqarilgan o'zbek ishi, paxta ishi-
ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq
ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan o'n minglab
kishilar oqlandi, o'z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon
o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi
ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu
masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb
qaradi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega
ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillilik haqidagi
qonun loyihasini o'tkazishga harakat qildi. Respublikaning
yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga
oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.

O'zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil
21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida O'zbekiston
SSRning davlat tili haqida Qonun qabul qilindi. Qonunda
O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili respublikaning
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining
barcha sohalarida to'liq amal qiladi, deb belgilab qo'yildi.

1990-yil 19-fevralda O'zbekiston SSRning davlat
tili haqidagi qonunni amalga oshirish davlat dasturi
qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan
mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, korxonalar va davlat
muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga
o'tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va
uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy
hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari
tashlangan muhim qadam bo'ldi.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona
tahlil etish, baholash va ko'tarishga qaratilgan dastlabki
sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy
tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo'lgan
381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila
o'z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar
uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi.
1990-yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashiga
saylov bo'ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat
bo'ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil
nomzodlar ko'rsatildi, deputatlik mandatiga bir nechtadan
nomzodlar da'vogarlik qildi. Oldingi saylovlarda
barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100
foiz ovoz bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi
turda 368 nomzod zarur ovozlarni to'play oldi.
Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo'lib o'tdi.
1990-yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o'n ikkinchi
chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasi
bo'lib o'tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga
qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bo'lib
O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish
to'g'risida qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy
Kengashda yashirin ovoz berish yo'li bilan Islom
Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so'zlab, O'zbekistonning
siyosiy mustaqilligini, o'zini o'zi idora qilishga
va o'zini o'zi pul bilan ta'minlashga o'tishni
ta'minlashni o'zimning asosiy vazifam deb bilaman,
deb ta'kidladi. Hali SSSR va markaziy hokimiyat
mavjud bo'lgan sharoitda O'zbekistonda o'z Prezidentining
saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz
mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil
qadam bo'ldi.
Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi 1990-
yil 20-iyun kuni O'zbekiston SSR Mustaqilligi to'g'risida
Deklaratsiya qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning
o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda,
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga
va demokratiya tamoyillariga asoslanib, O'zbekiston
SSRning Davlat suverenitetini e'lon qildi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat
bo'lib, quyidagilar bayon etilgan: O'zbekiston SSR
Davlat suvereniteti O'zbekiston SSR demokratik
davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarida va
barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz
va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib
o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Kengashi
qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga
muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Kengashi
249
tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston
hududida kuchga kiradi.
O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga
O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli
barcha masalalar kiradi va hokazo.
O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya
muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z
davlat mustaqilligini qo'lga kiritish yo'lida yana bir
muhim yangi qadam bo'ldi.
O'zbekiston siyosiy mustaqilligini qo'lga kiritishga
tomon tutilgan yo'l iqtisodiy mustaqillik masalasi
bilan qo'shib olib borildi. Prezident boshqaruvining
muhim vazifalaridan biri, - deb ta'kidlagan edi I.
Karimov, - respublikaning iqtisodiy mustaqilligini,
o'zini o'zi idora qilish va o'zini o'zi pul bilan ta'minlashga
o'tishni hal qilishdir.
O'zbekiston rahbariyati xalq xo'jaligini bozor iqtisodiyotiga
o'tkazish yo'lini mustaqil belgilashga kirishdi.
O'zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada
O'zbekiston xalq xo'jaligini sog'lomlashtirish va bozor
iqtisodiyotiga o'tish yo'llari belgilab berildi. Mazkur
masala yuzasidan hukumat dasturi 1990-yil oktabrida
O'zbekiston Oliy Kengashining IV sessiyasida muhokama
qilindi va ma'qullandi. Sessiya respublika hukumatiga
O'zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni
tasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanish
masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini
amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini
yaratish bo'yicha asoslangan takliflar tayyorlashni
topshirdi.
Shunday qilib, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida
O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir
bo'lgan muhim voqealar davlat mustaqilligini qo'lga
kiritish tomon dadillik bilan amaliy qadamlar tashlaganligini
yaqqol ko'rsatadi.