8-. RESPUBLIKA QISHLOQ XO'JALIGINI
JAMOALASHTIRISH VA UNING OQIBATLARI

Qishloqda jamoalashtirish
sari yo'l tutish

Sovetlar hokimiyatining o'tgan
asrning 20-30-yillarida
amalga oshirgan ma'muriybuyruqbozlik
va zo'ravonlik siyosatining yorqin ifodasi
qishloqda o'tkazilgan jamoalashtirish jarayonida
namoyon bo'ldi.
Necha asrlar davomida individual xo'jalik yuritib
kelgan, ongi, shuurida xususiy mulkchilik hissiyoti
kuchli bo'lgan, mulk daxlsizligi tushunchasini muqaddas
bilgan millionlab dehqon xonadonlarini ularning
xohish-irodasiga qaramasdan, majburiy tarzda yirik
jamoa xo'jaliklariga olib o'tish bu hazilakam jo'n, oson
ko'chadigan ish emas edi. Sovet hokimiyati, hukmron
partiya ijtimoiy taraqqiyotning borishi, uning tabiiy
qonuniyatlariga zid o'laroq bu jarayonni qisqa muddatlar
ichida zo'ravonlik va majburiylik yo'li bilan
o'tkazish sari yo'l tutdi. VKP(b) XV syezdi (1927-yil
dekabr) belgilab bergan qishloqda yoppasiga jamoalashtirishni
amalga oshirish siyosati bunga to'la asos
qilib olindi.
Butun SSSR hududida bo'lgani singari O'zbekistonda
ham bu ishga faol, yeng shimarib kirishildi.
Negaki, yuqoridan belgilangan har qanday amr-u farmon
va ko'rsatmalar bu yerda ham so'zsiz hayotga
joriy etilishi majburiy hisoblanardi. Buning uchun
tegishli shart-sharoit va imkoniyatlar bormi, yo'qligi
yoxud mahalliy aholining bu tadbirlarni bajarishga
tayyorgarligi qay darajada ekanligi e'tiborga olinmasdi.
Xo'sh, O'zbekiston qishloq xo'jaligining 20-yillar
manzarasi qanday edi? Uning qishloq aholisining sinfiy,
tabaqaviy tarkibidagi o'zgarishlar nimadan dalolat
berardi?
20-yillarda o'tkazilgan yer-suv islohoti davrida
badavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniylarga
tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan
edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar
ham musodara qilindi. Umuman, 1925-1929-yillar
ichida boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xususiy xo'jaliklari batamom tugatildi.
Ko'pgina xo'jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar ham
tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning
bir qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo'jaliklariga
mulk qilib berildi. Buning natijasida batrakkambag'
allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning
76 foizini tashkil etgan bo'lsa, islohotdan so'ng
ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo'jalik
turmushi yaxshilanib, o'sib borganligi bois o'rtahol
dehqonlar salmog'i 17 foizdan 52 foizga ko'tarildi. Shu
tariqa, qishloqda tovar-g'alla yetishtiruvchi mayda ishlab
chiqaruvchilarning salmog'i ko'payib bordi. Bu
islohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo'jaliklari,
ya'ni kolxozlar tashkil etildi. Biroq ularning hali
xo'jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko'rsatkichlarining
pastligi ko'zga tashlanib turardi.
Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan
bir qadar mo'tadil siyosatidan bahra olib, yer-suv
islohotidan naf topib, o'z xo'jaliklarini anchayin
oyoqqa turgizib, o'rtahollar darajasiga ko'tarilib olgan
o'zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez
orada hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy
jamoalashtirish jarayoni girdobiga g'arq bo'ldi. 

Ommaviy jamoalashtirish
va uning
oqibatlari

Qishloqda yalpisiga jamoalashtirish
siyosatini izchil
amalga oshinsh uchun O'zbekistondagi
partiya, sovet,
xo'jalik, yoshlar, xotin-qizlar va boshqa jamoat tashkilotlari
to'la safarbar qilindi. Markaz buyrug'i va dasturulamal
ko'rsatmasini quloq qoqmay bajarishni
o'zlari uchun katta ishonch yorlig'i deb bilgan, unga
ko'r-ko'rona asoslangan mahalliy rahbarlar dehqonlarni
zudlik bilan kolxozlarga majburan kiritishni
1929-yilning ikkinchi yarmi va 1930-yil boshlarida avj
oldirib yubordilar. Masalan, O'zbekiston partiya va
hukumatining 1930-yil 17-fevraldagi Jamoalashtirish
va quloq xo'jaliklarini tugatish to'g'risidagi qarorida
respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirishni
amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ko'p
joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o'rtahol, hattoki
kambag'al dehqon xo'jaliklariga nisbatan ham zulm o'tkazildi. 1929-yil oktabriga qadar respublikadagi
dehqon xo'jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga
kirgani holda, 1930-yil martiga kelganda dehqon
xo'jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi.
Ko'pgina joylarda aholi jamoalashtirish xavfidan
qo'rqib o'z chorva mollarini keragidan ziyod so'yib
yubordi. Bu esa chorvachilik uchun koni zarar bo'ldi.
Masalan, birgina qoramollar tuyog'ining soni 1930-
yilda respublika bo'yicha 60 mingdan ziyodroqqa
kamayib ketdi. Jamoalashtirish ishidagi shoshmashosharlik,
joylardagi aniq shart-sharoitlar bilan
hisoblashmaslik, milliy hududlarning i'ziga xos
xususiyatlari, aholisining milliy an'analari, udumlarini
e'tiborga olmaslik, ularni pisand qilmaslik oxir-oqibatda
bundan ham ko'ngilsizroq va noxushroq holatlarning
yuz berishiga sabab bo'ldi.
Ko'p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining
zo'ravonligi, o'zboshimchaligiga qarshi aholi keskin
norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur
bo'ldi. 1929-1930-yillarda dehqonlarning sovet tuzumiga
nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat
Qashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan.
Ma'lumotlarda qayd etilishicha, bunday
ommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublika
bo'yicha 240 marta sodir bo'lgan. Eng achinarlisi
shuki, ko'plab oddiy dehqon xo'jaliklari arzimagan
sabablar bilan yoxud birgina jamoa xo'jaligiga kirishga
rag'bat bildirmaganligi vajidan bor-budidan mahrum
etilib, uy-joyi, mol-mulki tortib olinib, quloq qilinuvchilar
ro'yxatiga tirkab yuborilavergan.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda jamoalashtirish
boshlarida O'zbekistonda shartli ravishda quloq
xo'jaligiga kiritish mumkin bo'lgan xo'jaliklarning
salmog'i aslini olganda umumiy dehqon xo'jaliklarining
5 foizidan kamrog'ini tashkil etardi, xolos. Biroq
ommaviy jamoalashtirish boshlanishi bilan 15 foizdan
ortiq xo'jaliklar quloqlashtirishga duchor bo'ldi, faqat
1930-yilning o'zida respublikada boy va quloq
xo'jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o'rtahol dehqon
xo'jaliklari tugatilgan edi.
Respublikaning o'ziga to'q, bozorga tovar-g'alla yetishtirib berishga qodir bo'lgan son-sanoqsiz dehqon
xo'jaliklari bor narsasidan mahrum bo'lib, haqsizhuquqsiz
holda o'z oila a'zolari, qarindosh-urug'lari
bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog'iston)
yoki yangi o'zlashtirilayotgan cho'lli, to'qayzor,
qamishzor yerlarga badarg'a qilindilar. Ularning
ko'plari bu kimsasiz, huvillagan joylarning og'ir shartsharoitlariga
dosh berolmay, turli kasalliklarga chalinib,
ochlik, muhtojlik azobidan bevaqt ko'z yumib ketdilar.
Endi quloq qilingan va o'z joylaridan ko'chirilgan
xo'jaliklarning tortgan azob-uqubatlari haqida bir
kichik lavha: Samarqand viloyatining Miyonko'l
oroliga bir necha ming quloq qilinganlar oilasi olib
kelinib joylashtirilgandi. Botqoqli va ko'llardan iborat
to'qayzor, qamishzor yerlar ularning kuchi bilan quritilib,
o'zlashtirilgach, paxta, sholi ekiladi. Qamishdan
to'qilgan lagerlarda yashovchi quloq oilalari hayvonchalik
qadr etilmasdi. Ichki ishlar xodimlari ularni
xo'rlar, ovoz chiqarsa otib tashlar, beayov ishlatardi.
Miyonko'llik keksalarning eslashicha, ularning
ko'plari mashaqqatli mehnat, ochlik, kasallik azobidan,
soqchilar zulmidan i'lib ketdilar. Bu yerda
yuzlab, minglab o'lim topgan kishilar bir joyga kafansiz,
diniy rasm-rusumlarsiz ko'mib yuborilgan.
Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning
bo'lishini oldindan his qilib, o'z kindik qonlari
to'kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona
yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo'ldilar. Ularning
ko'plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzaronlik qilib,
ona yurt sog'inchi bilan, unga talpinib yashab o'tdilar.
Faqat O'zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan
so'nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning
mo'tabar tuprog'ini tavof qilish baxtiga musharraf
bo'ldilar.
Sovet hokimiyati, uning tegishli mas'ul organlari,
mahalliy partiya, sovet va xo'jalik tashkilotlari butun
choralar bilan qishloqda jamoalashtirish siyosatini
qat'iyat bilan o'tkazishda davom etdi. Garchi partiya
Markazqo'mining 1930-yil 5-yanvardagi qaroriga
binoan O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarini yoppasiga
jamoalashtirish ishlarini 1933-yil boshlariga qadar tugallash muddati belgilangan bo'lsa-da, mahalliy
rahbarlar uni muddatidan avval bajarish uchun shiddat
ko'rsatdilar. Buni quyidagi raqamlar ko'rsatkichida
ham yaqqol ko'rish mumkin. Agar 1930-yil iyunida
respublikada 6124 ta kolxoz tuzilgan, ularga jalb
qilinganlar dehqon xo'jaliklarining 27,1 foizini tashkil
etgan bo'lsa, shu yilning oxiriga borib 37 foizga, 1931-
yil dekabrida esa 68,2 foizga yetdi.
Ayni paytda dehqon xo'jaliklarini majburiy quloq
qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi.
Quloqlashtirish oqibatida 60 mingdan ortiq kishi
O'zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga
surgun qilindi.
Ma'muriy tazyiq, oshkora zo'ravonlik, iqtisodiy
terror usullari va shu kabi ta'sir choralarining uzluksiz
qo'llanilishi orqasida kolxoz qurilishi sezilarli sur'atlarda
rivojlantirib borildi. 1932-yil oxiriga kelib umuman
O'zbekistonda jamoalashtirilgan xo'jaliklar barcha
dehqon xo'jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan
edi. 800 ming dehqon xo'jaliklari negizida 9734 ta
kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi.
Bu davrga kelib paxtachilik tumanlarida jamoalashtirish
asosan tugallangan, ularning ekin maydonlari
1929-yildagi 530 ming gektardan 1932-yilga kelib 928
ming gektarga ko'paygan edi. Shu tariqa, SSSRning
paxta mustaqilligini ta'minlashda O'zbekiston o'z
salmoqli ulushini qo'shib bormoqda edi. Masalan,
1935-yilda O'zbekistonda 1 mln tonna paxta tayyorlangan
bo'lsa, bu ko'rsatkich 1939-yilda 1,5 mln tonnani,
1941-yilga kelib esa 1656200 tonnani tashkil etdi.
Bu SSSR bo'yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan
ziyodrog'ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respublika
qishloq xo'jaligi tizimida paxta yakkahokimligi
mustahkam o'rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933-
yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlab
beradigan qishloq xo'jalik mahsulotlari umumiy
hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo'lsa, 1937-yilga
kelib bu raqam ko'rsatkichi 93,4 foizga yetdi. Qishloqni
jamoalashtirish jarayoni ham o'zining yakunlovchi pallasiga
kirib bordi. Chunonchi, 1937-yilda dehqon
xo'jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga yetgan bo'lsa, 1939-yilda u 99,2 foizni tashkil etdi.
Ommaviy jamoalashtirish jarayonida O'zbekiston
bo'yicha ming-minglab kishi quloqlarga mansublikda
ayblanib qatag'on qilindi. Shunday qilib, quloqlarni
sinf sifatida tugatish masalasi uzil-kesil hal qilindi.

Jamoa xo'jaliklarining
moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash va suv
inshootlari qurilishi

O'zbekistonda dehqon xo'-
jaliklarini ommaviy tarzda
jamoalashtirish ishlari ayni
chog'da yangi xo'jaliklarga
moddiy-texnik baza bo'lib xizmat qiladigan mashinatraktor
stansiyalari (MTS)ni tashkil etish bilan uzviy
bog'liq holda olib borildi. O'zbekistonda dastlabki
mashina-traktor stansiyasi 1929-yilda Andijon okrugining
Asaka tumanida tuzilgan, u yangidan tashkil
etilgan jamoa xo'jaliklariga texnik yordam ko'rsatgan
edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931-yilga
kelib MTS lar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib,
qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko'rsatdi.
MTS larning yirik dehqon xo'jaliklariga nafi katta
bo'lganligidan ularning safi respublikada to'xtovsiz
ortib bordi. Jumladan, 1937-yilda ularning soni 163
taga, 1941-yilga kelganda esa 189 taga yetdi. Garchand
yirik jamoa yerlarini ishlab berish, qo'l mehnatini
yengillashtirish, qishloqqa texnika olib kirish,
texnika ilmidan qishloq mehnatkashlarini xabardor
qilish, ma'lumotini oshirishda MTS lar muhim rol
o'ynagan bo'lsa-da, biroq bu narsa jamoa xo'jaliklarining
davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buning
asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish
vositalari MTS lar orqali tobora davlat qo'lida
to'plana bordi. MTS lar jamoa yerlarini natural haq
evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan,
davlat organlari tomonidan belgilanardi.
MTS larning tashkil etilishi va xizmat ko'rsata
boshlashi bilan qishloqda shartli ravishda bo'lsa-da,
ikkita xo'jayin - kolxozlar va MTS lar qaror topdi.
Garchand har ikkalasining asosiy jilovi davlat qo'lida
bo'lsa-da, biroq ularning biri texnika uchun va ikkinchisi
qishloq xo'jaligi sohasining qolgan boshqa ishlari
uchun mas'ul hisoblanardi. Shunday bo'lsa-da, bunday
ikki hokimiyatchilikning yuzaga kelishi orqasida ishlab chiqarishni tashkil etish va texnika xizmatidan
foydalanishda xo'jasizlik kelib chiqdi, ekinlar
hosildorligi, chorvachilik mahsuldorligi uchun mas'-
uliyatni jamoa a'zolari ham, MTS xodimlari ham o'z
zimmalariga olmadilar. Bu esa katta va keraksiz xarajatlarga
sabab bo'ldi.
O'zbekiston qishloq xo'jaligi azal-azaldan sun'iy
sug'orish tizimiga asoslanib kelganligidan bu sohani
rivojlantirib borish asosiy vazifalar sirasiga kiradi.
Respublikaning asosiy ekin turi hisoblangan paxtachilikni
o'stirish ham ko'p jihatdan shunga bog'liq edi.
Bu esa o'lka hududlarida sug'orish inshootlari, chunonchi,
kanallar, kollektorlar, suv havzalari, suv omborlarini
ko'plab barpo etishni taqozo etardi.
O'zbekiston qishloq xo'jaligi va ayniqsa uning
yetakchi tarmog'i - paxtachilik sohasining tezkor
rivojlanishidan manfaatdor bo'lgan sovet hukumati
ham boshdan boshlab respublikada irrigatsiya va melioratsiya
tizimini yaxshilash va takomillashtirishga jiddiy
e'tibor berib bordi.
Shu maqsadda 1922-yildayoq respublikada irrigatsiya
tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning
asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O'zbekiston
hukumati tarkibida suv va qishloq xo'jaligi xalq komissarligi,
uning huzurida esa suv xo'jaligi bosh boshqarmasi,
joylarda viloyat, tuman, uchastka suv xo'jaligi
bo'limlari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko'rsatib
borildi. Jumladan, 1922-yilda irrigatsiya ishlariga 6
mln oltin rubl hisobida mablag' ajratildi. Bundan
ko'zlangan asosiy maqsad sug'oriladigan yerlarni 2 yil
ichida 2 mln desyatinaga yetkazish edi. Joylarda suv
inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar,
ariqlar qurildi. Ko'plab yangi yerlar o'zlashtirildi.
Natijada 1924-yilga kelib sug'oriladigan yerlar miqdori
2,4 mln desyatinaga, shu jumladan, paxta ekiladigan
maydon esa 500 ming desyatinaga yetkazildi.
Bu ishlar O'zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj
oldirib yuborildi. Urushgacha bo'lgan davrda respublikada
Darg'om, Narpay, Savay, Dalvarzin, Log'on,
Katta Farg'ona kanallari kabi ko'plab suv inshootlari
qurildi. Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda
irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi.
1929-1933-yillarda bu sohaga 234,9 mln rubl sarflandi.
1939-yilda O'zbekiston KP(b) Markaziy Qo'mitasi
va respublika hukumati hashar yo'li bilan Katta
Farg'ona kanalini qurish to'g'risida qaror qabul qildi.
O'sha yilning 1-avgustidan 160 ming kolxozchi kanal
qurilishini boshlab yubordi. Ularning 70 mingdan ziyodrog'
ini yoshlar tashkil etardi. Uzunligi 270 kilometr
bo'lgan bu kanal asosan qo'l mehnati bilan 45
kun ichida qurildi. Unda 46 ta yirik, 274 ta kichik
gidrotexnik inshootlar, 5 ta temiryo'l va 40 ta avtomobil
yo'llari ko'priklari barpo etildi. Holbuki, bunday
kanalni barpo etish uchun Rossiya mustamlakachiligi
davrida 6-8 yil, sovet davrida esa 6-8 oy
kerak bo'ladi, deyilgan edi. Amalda esa u xalq qudrati,
azm-u qarori bilan atigi 1,5 oyda bunyod etildi. Bu
o'zbek xalqiga xos bo'lgan hashar usulidagi shonli,
fidokor mehnatning samaralari edi.
Hatto Markaz matbuotining bosh organi -
I?aaaaning 1939-yil 13-dekabrdagi bosh maqolasida
shunday satrlar bitilgan edi: Shu yilning yoz faslida
uzoq Farg'onada qilingan ish, o'n minglab o'zbek
va tojik kolxozchilarining bir yarim oy mobaynida
kanal qaziganligi butun xalqni juda quvontirdi.
Ijodkor xalq, yaratuvchi xalq farg'onalik kolxozchilarning
tajribasida... mehnatdagi shunday bir yangilikni
ko'rib oldiki, bu yangilik kelajak sari qilinayotgan
harakat sur'atlarini jadallashtiradi.
Katta Farg'ona kanali Farg'ona vodiysining asosiy
qon tomiri bo'lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar bo'z,
cho'lli yerlar o'zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suv
bilan ta'minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek,
Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va
Janubiy Farg'ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot
suv to'g'oni, Qoraqalpog'istonda Qizketgan
kanali, sig'imi 1 mln kub metr bo'lgan Kattaqo'rg'on
suv ombori va ko'plab boshqa suv inshootlari barpo
etildi hamda foydalanishga topshirildi. Buning natijasida
1937-1940-yillarda respublikada sug'oriladi gan yer maydonlari qo'shimcha ravishda 200 ming gektarga
ko'paydi Respublikada yangi paxtachilik tumanlari
va ko'plab jamoa xo'jaliklari tashkil etildi. Ularning
ekin maydonlarining hosildorligi yil sayin ortib bordi.
Shunday qilib, sovet hokimiyati va kommunistik
partiya qishloqda jamoalashtirish siyosatini olib borishda
qishloq ahliga nisbatan nechog'lik zulm va
zug'um o'tkazmasin hamda ne-ne og'ir sinovlarga
duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning shiddatu,
azm-u qarorini so'ndira olmadi, o'zbek xalqi
fidoyilik bilan mehnat qildi.