X U L O S A

O'zbekiston xalqi sovetlar hukmronligi davrida qaramlik,
mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Eski mustabid
tuzumdan bizga og'ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviymadaniy
meros qoldi.
Siyosiy jihatdan xalqimiz o'z taqdirini o'zi belgilash
huquqidan mahrum etilgan, o'z taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay
olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz,
xalqning xohish-irodasiga qarshi o'laroq, sobiq sovet
imperiyasining ma'muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi.
Xalq o'z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi,
respublika rahbari, hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar
boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham Markaz tomonidan
tayinlanardi, unga to'la bo'ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiyiqtisodiy,
ma'naviy masalalar ham Markazning ruxsatisiz hal
etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar,
quvg'in qilinar edi.
Sobiq Ittifoqdan poydevori ma'muriy-buyruqbozlik
boshqaruv usuliga qurilgan, o'ta mafkuralashgan, xalqni
yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum meros
bo'lib qolgan edi.
O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklariga, yersuv,
o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi,
respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar
Markazga, uning manfaatlariga bo'ysundirilgan edi.
O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot
ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani
va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi.
Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda ham qaram edi,
o'zining milliy valutasiga, valuta jamg'armasiga ega emasdi.
Sobiq Ittifoqdan mo'rt, zaif, xomashyo yetishtirishga yo'-
naltirilgan, ya'ni arzon xomashyo va strategik mineral
resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi.
Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq
miqyosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qoldi.
Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston
aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo'l uchida
tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o'tkir ijtimoiy,
ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz
aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, havo
bo'shlig'i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv
ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda
katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.

Bugun o'sha davr to'g'risidagi haqiqatni xolisona
aytadigan bo'lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va
amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shuni ochiq aytish
kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga -
Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga
ega bo'lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan
.
Karimov I. A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:
O'zbekiston, 1999. 6-bet.

Qaramlik davridan, eski sovetlar tuzumidan bizga og'ir
ma'naviy-ma'rifiy meros qolgan edi. Mustamlakachilik
davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti
qilindi. Ona tilimiz, boy ma'naviy merosimiz qadrsizlantirildi,
ko'plab masjid-madrasalar, eski maktablar, tarixiy yodgorliklar
buzildi, qarovsiz qoldi. Ajdodlarimiz yetishtirgan
allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini
unutish, yo'qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari,
musulmonlarning e'tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar
quvg'in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari
madaniy inqilob shiori ostida o'zbek xalqining yuzlab iqtidorli,
milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini,
istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag'on qildi, ularning
nomlarini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlashga harakat
qildi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib
ko'rsatish, milliy tuyg'ularni qo'pol ra-vishda kamsitish, ruslashtirish
siyosati yuritildi. O'z ona tilini, milliy an'ana va
madaniyatini, o'z tarixini bilmaslik ko'plab odamlarning
shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy zug'umlardan ozod bo'lib, o'z taqdirini o'zi belgilash
imkoniyatiga ega bo'ldi. Endilikda O'zbekiston o'ziga
xos taraqqiyot yo'lini tanlab, ozod va obod Vatan, erkin
farovon turmush qurish yo'lidan bormoqda.