21-. POYADA OZIQ MODDALARNING
HARAKATLANISHI



Barcha tirik mavjudotlar singari, osimliklar ham oziq
moddalar bilan tirik. Shunday ekan, bu oziq moddalar poyada
qanday harakat qiladi, degan savol tugiladi. Tarkibida mineral
tuzlar bolgan suv yogochlik orqali ildizdan barglar tomon
harakatlanadi. Buni tajribada sinab korish mumkin. Buning

uchun barg chiqargan novda
yoki ochilib turgan gullardan
foydalanish mumkin. Agar
berilgan siyohrang suvga
daraxtning bargli novdasini
solib qoyib, 23 soatdan
keyin kondalangiga va uzunasiga
kesilsa, rangli suv
yuqoriga qarab kotarilayotgani
uchun yogochlik boyalganini
korish mumkin.
Oziq moddalar lubdagi
elaksimon naylar b o ylab
harakatlanadi (41-rasm).
img/res/41rasm.png






Shakar suvda oson erib,
lubning elaksimon naychalari
orqali osimlikning turli qismlarida to planadi. Shakar ayrim
osimliklarning, masalan, sabzi va lavlagining ildizmevasida,
boshqalaming esa mevasi va urugida toplanadi. Kartoshka tugunagida
esa shakar kraxmalga aylanadi.
Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali boshqa
organlarga otishini tajribada korish mumkin. Buning uchun
tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan
kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qismidan sal
yuqorirogidagi postlogi halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar
bir vaqtda suvga solinadi. Lekin postlogi halqa shaklida kesilgan
novdaning faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta
otgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida
ildizlar paydo boladi. Postlogi halqa shaklida kesib olingan
novdada esa ildizlar postlogi kesilgan joyining (halqaning)
yuqorisida hosil boladi. Bundan korinib turibdiki, novdaning
postlogi kesib olingan pastki qismiga oziq moddalar otmas
ekan.
Xulosa qilib aytganda, organik moddalarning osimlikboylab
harakatlanishida lub qavati katta rol oynaydi.
Shunday qilib, suvda erigan holdagi mineral moddalar (oziq
moddalar) nay tolali boglamlar orqali osimlikning barcha


organlari boylab harakatlanadi. 0simliklaming oziqlanishida
ularning barcha organlari bir-biriga bogliq holda ishtirok etadi.
Agar ulardan birortasi qatnashmasa, oziqlanish jarayoni
buziladi. Masalan, ildiz suv va unda erigan mineral tuzlarni
zarur miqdorda yetkazib bermasa, barglarda organik moddalar
kam hosil boladi. Aksincha, barglarda organik moddalar
yetishmasa, osimliklaming barcha hujayra, toqima va organlari
osish va rivojlanishdan to xtaydi.
0simlikdagi oziq moddalarning harakatini ularning shoxshabbasiga
shakl berish va qisqartirish hisobiga maqsadga muvofiq
tomonga yonaltirish mumkin. Masalan, gozani chilpish
organik moddalarni barglardan gul va mevalarga tomon
yonaltirish imkonini beradi.
Shunday qilib, poyaning yogochlik qismi orqali suv va unda
erigan mineral tuzlar, lub qavati orqali esa organik moddalar
harakatlanadi.
