30-. BARGLARNING SUV BUG'LATISHI

0simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana biri suv
buglatishdir. Suv buglanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral
tuzlaming sorilishi tezlashadi. Bu moddalar poya boylab harakat
qiladi. Suv buglatish osimlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi.
Buni tajribada oson tekshirib korish
mumkin. Masalan, gultuvakda osib
turgan osimliklardan birining bargli
novdasini kolbaga solib, ogzi paxta bilan
berkitilsa, oradan bir necha soat otgach
kolba devorida suv tomchilari hosil
bolganini korish mumkin (59-rasm).
img/res/59rasm.png





Bu osimliklar bargidan bug shaklida
ajralgan suvdir.
Suv barglardagi ogizchalar orqali
buglanib chiqadi. Bir tup osimlikdagi
barglar qancha suv buglatishini hisoblab
chiqish mumkin. Buning uchun
osimlikning bargli novdachasi suvli
shisha idishga solinadi va suv buglanib ketmasligi uchun uning
yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha
idish, ikkinchi pallasiga qadoq tosh qoyib, pallalar muvozanatga
keltiriladi. Barglar suvni buglatganligi uchun shisha
idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi
asta-sekin kotariladi. Oradan bir sutka otgandan keyin tarozi
pallalari qadoq toshlar orqali yana muvozanatga keltiriladi va
bir sutkada qancha suv buglanganligi aniqlanadi. 0simliklar
turiga va qayerda osishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli
darajada buglatadi. Issiq va quruq sharoitda osadigan osimliklar
suvni nisbatan kam buglatadi. Chunki ayrim chol osimliklarining
barglari juda maydalashib ketgan (saksovulda) yoki
shaklini ozgartirib, tikanga (kaktuslarda) aylangan (60-rasm).
Boshqa bir tur osimliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi
uchun suvni kam buglatadi. Ayrim chol osimliklari (shuvoq,
qora boyalich va boshqalar) suvni kam buglatishi uchun yoz
oylarida barglarini to kib yuboradi. Olimlarning aniqlashicha,

bir tup goza yoz davomida
oz vaznidan 500600 hissa
kop suv buglatadi. Bir tup
makkajoxori yoz davomida
buglatgan suv 2001 ga togri
keladi. Bir tup orta yoshdagi
(3040 yillik) shirinmiya
(qizilmiya) yoz davomida
500600 1 suv buglatadi.
Shuni alohida qayd qilish
kerakki, osimliklar hayotida
muhim ahamiyatga ega bolgan suv buglanishi jarayoni
barglardagi ogizchalar orqali amalga oshadi.

