7. 0SIMLIKLAR HUJAYRASINING
XILMA-XILLIGI



Yuqorida aytilganidek, osimlik
hujayralari qaysi organga
tegishliligiga qarab shakli, hajmi
va joylashishiga kora, birbiridan
farq qiladi. Hujayralardagi
bu farq osimliklar turiga
va yashash sharoitiga bogliq.
Hujayralarning xilma-xilligini
korish uchun osimliklarning
turli organlaridan preparat
tayyorlash kerak (20-rasm).
img/res/20rasm.png





PIYOZ POSTI HUJAYRALARINING
VA CHIGIT TUKLARINING MIKROSKOPDA
KO'RINISHI

Quyida piyoz hujayralari bilan tanishasiz. Piyozning shaffof
yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson. Buning uchun
uning etli qobigidan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum
oynasidagi tomchi suvga qoyiladi. Uning hujayralari shaklining
choziqligi, zichroq joylashganligi va plastidalarning rangsizligi
bilan boshqa osimlik hujayralaridan farq qiladi.
Hujayralar olchami jihatidan ham bir-biridan farq qilishi
haqida yuqorida aytilgan edi. Haqiqatan ham, kopchilik 0simliklaming
hujayrasi mayda boladi. Lekin yiriklari ham bor. Masalan, chigit yuzasidagi tola
(tuk) bitta hujayradan iborat
bolib, uzunligi 34 sm ga yetadi
(21-rasm).
img/res/21rasm.png





Shunday qilib, har xil turga
mansub osimliklar hujayrasi
oziga xos shaklda bolishiga
ishonch hosil qildik. Hatto bir
tup osimlikning turli organlaridagi
hujayralar ham har
xil choziq, yumaloq, kop
qirrali va boshqa shakllarda
bolishi mumkin. Hujayralar
shakliga va bajaradigan vazifasiga qarab xilma-xil tuzilgan boladi.
Hujayralar shakl jihatidan bir-biridan qancha farq qilmasin,
ularning ichki tuzilishi oxshash boladi.


Piyoz pardasidan preparat tayyorlang. Buning
uchun uni qurigan postidan tozalang va etli postidan
bir bolak kesib oling. Qisqich bilan postdan yupqa
 shaffof pardani ajratib olib, uni buyum oynasi ustidagi
suv tomchisiga qoying va ustini qoplagich oyna bilan
yoping. 2. Tayyor bolgan preparatni mikroskopda
koring. Botanikadan tutgan daftaringizga piyoz pardasi
hujayralarining tuzilishini chizing va tarkibiy qismlari nomini yozing.
3. Chigit tuklaridan preparat tayyorlang. Buning uchun namlangan
chigit tuklaridan ajratib oling va uni buyum oynasidagi suv tomchisiga
qoying. Tuklarni nina bilan togrilang va ustini qoplagich oyna bilan
yoping. 4. Tayyor boTgan preparatni mikroskopda koring.
Unda koringan hujayraning rasmini chizing va tarkibiy qismlari
no mini yozing.