10-. URUG'LARNING NAFAS OLISHI

Yashil o'simliklarning har bir tirik hujayrasi nafas oladi.
Shuningdek, urug'lar ham nafas olganda, havodan kislorod
yutib, nafas chiqarganda karbonat angidrid gazi, suv va
issiqlik ajratadi.
Urug'ning nafas olishi turlicha kechadi. bir xil urug1
hayotchanligini (nafas olish xususiyatini) bir yil saqlasa,
yantoq kabi o 'simliklar urug'i yuz yilgacha saqlaydi.
Cho'llarda keng tarqalgan saksovul, chayir, izen kabi
o'simliklarning urug'i o'sish xususiyatini bir yildan sal
ortiqroq saqlaydi.
Urug'lar nafas olganda, havodan kislorod yutib, nafas
chiqarganda karbonat angidrid ajratishini tajribada tekshirib
ko'rish mumkin (36-rasm). Buning uchun bitta shisha idishga
undirilgan urug' solib, ichiga yonib turgan sham tushirilsa,
u yonishda davom etaveradi. Sababi, idishdagi havoda
kislorod bor. So'ngra urug'li idishning og'zini mahkam
berkitib, uni issiq joyga qo'yiladi. Oradan ikki-uch kun
o'tgach, unga yonib turgan sham tushirilsa, u o'chib qoladi.
Demak, unayotgan urug'lar havodan kislorod yutib,
karbonat angidrid ajratar ekan.
Unayotgan urug'lar nafas olganda shisha idish havoga suv
bug'larini ajratadi. Shuning uchun ham urug'lar unayotgan
banka devorida hamma vaqt suv tomchilarini ko'rish mumkin.
Unayotgan urug'lar havo, suv va tuproq orqali nafas oladi.
Shuning uchun urug'lar o'stirilganda, ularga suv quyiladi.
Urug'lar nafas olganda, boshqa tirik organizmlar kabi
issiqlik ajratadi. Buni bilish uchun urug' undirilayotgan
bankaga termometr joylashtiriladi. Urug'lar ajratayotgan
issiqlikni saqlab qolish uchun banka qog oz, paxta va uning
ustidan toza quruq latta bilan
o'raladi. Bir necha soatdan
keyin idish ichidagi harorat
ko'tariladi. Nafas olayotganda
issiqlik ajratayotgan nam
urug'lar tezda qizib ketadi
va buziladi. Shuning uchun
saqlashga mo ljallangan urug'-
lar maxsus qurilgan quruq
va yaxshi shamollatiladigan
binolarda saqlanadi. Saqlanadigan
urug'lar doimo nazorat
ostida bo'lishi zirur.

