ll- . URUG'NING UNIB CHIQISHI.
0'SIMTA(NISH)NING OZIQLANISHI VA 0'SISHI

Urug'lar biologik xossasiga ko'ra turli muddatda yetiladi va
turli sharoitda unib chiqadi. Urug'ning unib chiqish xususiyati
ba'zi o'simliklarda bir yil saqlansa, boshqalarida 10-100
yil ham saqlanishi mumkin.
Har bir urug'ning unib chiqishi uchun ma'lum sharoit
zarur. Aks holda u unmaydi. Birinchi navbatda, ular ma'lum
muddatli tinim davrini o'tishi zarur. Urug'lar suvni o'ziga
shimib olib, bo'rta boshlaydi va katta bosim ostida o'sadi. Ana
shu bosim kuchi ostida urug'lar po'stini yorib yuboradi.
Suv faqat urug'larning bo'rtishi uchun emas, balki
rivojlanayotgan maysalaming oziqlanishi uchun ham zarur,
chunki unda urug'dagi oziq moddalar eriydi, ya'ni kraxmal
shakarga aylanadi.
Bug'doy maysasidan tayyorlanadigan sumalakning shirin
bo'lishiga sabab ham ana shunda.
Urug'laming unishi uchun havo ham juda zarur. Urug'lar
yumshatilmagan qattiq yerga ekilsa, havo kamligi tufayli
sekin ko'karadi, ba'zilari esa ko'karmaydi. Urug'lar tez va
bir tekis unib chiqishi uchun tuproq yumshoq, o'rtacha
namlikda bo'lishi kerak. bruglar o'lchamiga qarab
turlicha chuqurlikda ekiladi,
masalan, sabzi 0,5-2 sm,
shivit 1-3 sm, turp 2-3
sm, bug'doy 3-5 sm, g'o'7_a
6-7 sm, makkajo'xori 6-
10 sm chuqurlikda ekiladi.
Ulaming unib chiqish harorati
har xil (37-rasm).
Odatda, yirik urug'lar
maydalariga qaraganda chuqurroq
ekiladi, chunki yirik
umg'da oziq moddalari ko'p
bo'ladi. Maysalar shu oziq
hisobiga tuproq yuzasiga
oson unib chiqadi.
Urug'larni chuqur yoki
yuza ekish tuproqning xossasiga
ham bog'liq. Zich
tuproqda urug'lar yuzaroq
ekiladi, chunki bunday tuproqda
havo va suv kam bo'-
ladi. Yumshoq tuproqqa
urug'larni nisbatan chuqurroq
ekish mumkin.
Urug'ning unib chiqishi
uchun zarur omillardan yana
biri haroratdir. Turli o'simliklar urug'i unib chiqish uchun
turli xil haroratni talab qiladi.
Mevali daraxtlardan o'rik, shaftoli, bodom kabi o'simliklarning
danagi qattiq bo'lganligi uchun sekin unadi.
Shuning uchun ulaming danagi kuzda ekiladi.
Nish -urug'dan endigina o'sib chiqqan kalta va nozik
o'simta. Bobodehqonlarimiz una boshlagan urug'ga urug' nish
urdi deb, bejiz aytmaganlar.
Nishning o'sishi uchun oziq moddalar zarur. Bu moddalar
nishga urug'pallalar va endospermadan o'tadi. Oziq moddalar
hujayra sitoplazmasiga faqat suvda erigandan keyin o'ta oladi. Kraxmal suvda enb shakarga aylanadi. Turli jarayonlar
natijasida o'zgargan organik moddalar suvda erib murtakka
o'tadi. Natijada murtak qismlarining hujayralari oziqlanadi.
Urug'da oziq moddalar qancha ko'p bo'lsa, nish
shuncha yaxshi rivojlanadi. Demak, oziq moddalari ko'p
bo'lgan yirik urug'lardan baquwat, mo'l hosil beradigan
o'simliklar yetiladi. Urug'lami saralab ekishning mohiyati
ham ana shunda.
0'sish davomida nishda o'simlikning organlari shakllana
boshlaydi. Uning yosh ildizchasi tuproq ichkarisiga kirib
boradi. Kurtakli poyachasi esa tuproq yuziga o'sib chiqadi.
Nish o'sishi bilan uning ildizchasidan yosh ildizchalar
o'sib chiqadi. Ikki urug'pallali o'simliklarning urug'palla
baiglari shakllanadi. Urug'palla barglari yer yuziga chiqqandan
so'ng yashil rangga kiradi va kunlar o'tishi bilan undagi
oziq moddalar kamayib boradi. Natijada ular yupqalashadi,
bujmayadi va sarg'ayib to'kilib ketadi. Nish o'sib, asta-sekin
maysaga aylanadi. Maysalar fotosintez jarayonida hosil bo'lgan
moddalardan oziqlana boshlaydi.
G'o'za va makkajo'xori nishining o'sishi 38-39-rasmlarda
tasvirlangan. Ikki urug'pallali o'simliklarning nishi ikkita
urug'palla bargi bilan yer yuzasiga chiqadi.
Bir urug'pallali o'simlildardan bug'doy,  va makkajo'
xorining urug'idan nish 'sib chiqishi bilan endospermadato'plangan oziq moddalar sarflanib ketadi va u bo'sh
xaltachaga o'xshab qoladi. Bu o'simliklarda urug'pallabarg
nishi bilan yer yuziga ko'tarilib chiqmaydi, tuproq orasida
qolib ketadi.