12-. MEVA VA URUG'LARNING TARQALISHI

0 'simliklaming turi qancha ko'p bo'lsa, ulaming mevasi
va urug'i ham shuncha xilma-xil bo'ladi. Shunga ko'ra,
ular tabiatda va madaniy sharoit da turli xil yollar bilan
tarqaladi. Tabiatda o'simliklar million yillar davomida shamol,
hayvonlar, qushlar, hasharotlar, suv yordamida va boshqa
usullar bilan tarqalib ko'payishga moslashgan (40-rasm).
Ko'pchilik yowoyi va madaniy o'simliklar odamlar
ishtirokida tarqatiladi va  paytiriladi. Meva va urug'laming
tarqalishga moslashishi o'simliklaming eng muhim biologik
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Meva va urug' shakii, vazni,
rangi va hidi bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan,
qo'ng'irbosh mevasining uzunligi 0 5 mm va og'irligi 0 1 
0,2 mg kelsa, aksariyat gulli o'simliklaming mevasi kattahgi 310 sm orasida, og'irligi
esa bir necha kilogrammga
yetadi. Jumladan.
Seyshel palmasining og'irligi
25 kiligrammgacha
yetadi. Shunga qaramay
ular  ziga xos yoMlar
bilan tarqaladi.
Meva va urug* laming tarqalishi  p jihatdan ularning
tuzilishiga (morfologiyasiga) bog'liq. Meva va urug'larini o'z
kuchi bilan tarqatadigan o'simliklarga avtoxor o'simtiklur
deyiladi. Bunga <ma. ko'pchilik dukkai.li o'simliklar, burchoq.
o'qotar (o'qotar bodnng). vorongul kabilar misol bo'ladi.
Bularning urug'i mevasi, ichki bosim, pallalarining chatnashi
yoki buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi. Shamol
yordamida tarqaladigan o'simliklarning me\alari nihovatda
yengil bo'ladi. Ayrim turlaming mevalari bir necha. hatto
50 va undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi. Masalan.
terak, tol, qoqio t, qo'g'a kabi mevalarning uchida joylashgan
bir tutam popuklar (tuklar) hisobiga uchadi.
Qayrag'och. shumtol. saksovul, cherkez, boyahsh, baliqko'z,
zarang, rovoch, jud kabilarda meva atroflni o'rab olgan
qanotchalar orqali shamolda bir yerdan ikk' ichi yerga
tarqalib o'tadi. Shuning uchun ular uchma mevalar deyiladi.
Meva va urugMaming tarqahshida suv katta rol o'ynaydi. Ayrim
o'simliklarning mevalari suv o'tkazmaydigan qobiqqa ega
boMganlifc tufayli suv (dengiz, daryo, ko'l va ariqlar)da
uzoq masofalarga, hatto bir necha kun mobaynida qalqib
borish yo'li bilan tarqaladi.
Bularga nilufar, g'umay, kurmak, machin, qo'ypechak,
zarpechak, zubturum, qurttana kabilar kiradi. Aksariyat o'simliklam ing meva va urug'lari mevalardagi moslamalari
(gajagi, tikani, shirasi, hidi, iste'mol qilinishiga qarab) orqali
hayvonlar, qushlar, hasharotlar yordamida tarqaladi. Shuni
ham aytish kerakki, hayvonlar iste'mol qiladigan o'simliklaming
soni qancha ko'p bo'lsa, ulaming meva va urug'lari
shuncha keng tarqaladi. Hayvonlar meva va urug'lami iste'mol
qilib, chiqindilari orqali ham uzoq yerlarga olib borib
tashlaydi. Qushlar ham seret shirali mevalarni yutib hazm
bo'lmaydigan danak va urug'larini uzoq masofalarga tarqatadi.
Meva va urug'larni yer yuz bo'ylab tarqatishda odamga teng
keladigan omil yo'q desak muboIag'a bo'lmaydi. Chunki
odamlar sutka davom ida xohlagan meva yoki urug'ni uzoq
oika, davlat va qit'alarga turli usullar bilan olib o'tishi mumkin.
Masalan: o4mishda Xorazmdan Amerikaga yantoq urugli beda
urug'iga qo'shilib bor'b qolgan. Ta'kidlash joizki. barcha meva
va urugiar ham shamol, suv va hayvonlar orqali uzoq
masofalarga tarqalavermaydi. Ular o'z og irligi va morfologik
tuzilishiga qarab o'sib turgan joyning o'ziga to'kiladi.