Ill BOB O'SIMLIK - YAXLIT ORGANIZM

13-. 0'SIMLIK ORGANLARINING 0'ZAR0 VA
ATROF MUHIT BILAN BOG'LIQLIGl

Yer yuzidagi yashil o'simliklar qancha ko'p va xilma-xil
bo'lmasin, ular orasida juda katta umumiylik va o'xshashlik
bor. Bu umumiylik, birinchi navbatda, o'simlik organlarining
hujayralardan tuzilganligidir.
0'simliklarda tuziiishi o'xshash va muayyan bir xil vazifani
bajaradigan hujayralar yig'ilib to'qima hosil qiladi. 0'simliklar
esa organlardan tashkil topgan. Ildiz, poya, barg, gul va
mevalar uning asosiy organlari hisoblanadi.
0'simliklarning organlari bir-biri bilan mustahkam
bog'langan. Agar bir organ ishdan chiqsa, qolganlarining
ham faoliyati buziladi.
0'simlik tirik organizm, u oziqlanadi, nafas oladi, o'sadi,
gullab meva bezadi, ko'paydi. Bir organda hosil bo'lgan
moddalar boshqa organlarga o'tib, ularning o'sishi va
rivojlanishi uchun sarflanadi. Masalan, bargda fotosintez
jarayonida hosil bo'lgan oziq moddalardan o'simliklarning
boshqa barcha organlari foydalanadi. Yoki ildiz orqali
tuproqdan olinadigan suv va unda erigan mineral moddalar
o'simliklaming har bir hujayrasigacha yetib boradi.
Organlardagi umumiylikni ifodalash uchun g'o'za misolida
ayrim organlaming ishi bilan tanishib chiqamiz.
G'o'za o'qildiz tizimli o'simlik. U ildiz tizimi orqali
suv va unda erigan mineral tuzlami tinimsiz shimib oladi va
poyaga uzatadi. Poya esa o'z navbatida uni naychalari orqali
barglarga o'tkazadi. Barglarda (fotosintez jarayonida)
o'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur organik
moddalar hosil bo'ladi.
Organlar o'rtasidagi bog'liqlik kurtak, g'uncha va mevalar
misolida yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Ulaming bir holatdan
ikkinchisiga o'tishida ildiz bilan barg juda muhim rol
o'ynaydi. G'o'za shonalagandan keyin pastki qismidan yuqoriga
qarab gullay boshlaydi. Oldin ochilgan gullarda hosil bo'lgan
ko'saklar boshqalariga qaraganda ertaroq yetiladi. Qolgan

ko'saklami ham o'simlik o'z navbatida oziq moddalar bilan
ta'minlab turadi.
Kuz kelib, o'simlikning barglari to kilib yoki sovuq urib
ketmaguncha uning hamma organlari o'zaro bog'liq holda
o'sadi va rivojlanadi.
0'simliklar dunyosini tashqi muhit, ayniqsa u o'sib
turgan joysiz tasawur etib bo'lmaydi. 0'simlikning o'sishi
va rivojlanishi uchun tuproq, suv, yorug'lik, harorat,
kislorod nihoyatda zarur. Yorug'liksiz bargda organik
moddalar hosil bo'lmasligi sizga ma'lum.
Tog'lardagi archalar hech qachon cho'lda jazirama
qumlarda saksovullar bilan yonma-yon o'smaydi. Saksovulning
ildizi shu qadar mustahkamki, ular oziqa va
namlik qidirib, hatto 0,5-1 m li gips qatlamlarini teshib
o'tadi. Yantoqning ildizi esa 25-30 m gacha chuqurlikka
tushib, o'zini yer osti suvi bilan ta'minlaydi.
Yozning eng issiq paytlarida barglarini to'kib, salqin
tushishi bilan yana barg chiqaradigan shuvoq, boyalish kabi
o'simliklar ham bor.
0'simliklarning changlanishida tashqi muhit bilan
bog'liqlik kishini o'ziga jalb etadi. Bu o'rinda o'simliklarning
chetdan hasharotlar, shamol va suv orqali changlanishini
eslash kifoya. Hatto maxsus hasharotlar bilan changlanishga
moslashgan turlar ham bor. Mevalarning tarqalishi va o'ziga
qulay joyga tushib o'sishida ham tashqi muhit bilan
bog'lanishni yaqqol ko'rish mumkin.