IV BOB 0'SIMLIKLAR SISTEMATIKASI


14-. 0'SIMLIKLAR SISTEMATIKASI HAQIDA
MA'LUMOTLAR

Yer sharida o'simlik turlari shunchalik ko'pki, ulardan
hozirgacha faqat 500 mingdan ortiqrog'igina fanga ma'lum.
0'simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning
o'xshashlik darajasiga qarab o'simliklar dunyosini ma'lum
tartibga - sistema (tizim)ga solish otsimliklar sistematikasi
deb ataladi. 0'simliklar sistematikasi botanika fanining
asosiy qismi bo'lib, unda o'simliklar kelib chiqishi, o'xshashlik
darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlarga -
sistematik birliklarga boiinadi.
0'simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar
qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo4im va
o'simliklar dunyosi.
0'simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir.
Tur - hamma organlari bir-biriga o'xshash, ma'lum
maydonda uchraydigan o'simliklarni o'z ichiga oladi.
Masalan, sariq do'lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog'larda
bu turga kiradigan o'simlik tuplari keng tarqalgan. Ular guli,
mevasi, bargi va boshqa belgilari bilan juda o'xshash. Shuning
uchun ular bir turga kiradi.
Turkum - bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan.
Fanda o'simliklami qo'shaloq (ikki) nom bilan - tur va
turkumning nomlari bilan atash (binar nomenklatura) qabul
qilingan. Tumi ikki nom bilan atashni birinchi bo'lib shved
tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan.
Masalan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozdagi sarimsoq va
anzur so'zlari turga tegishli, piyoz so'zi esa turkumga tegishli
nom bo'lib, bu shu turlaming piyoz turkumiga oid ekanligini
bildiradi.
Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana
ilmiy, ya'ni lotincha nomi ham bor. lstalgan o'simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan
(floradan yoki o'simliklar aniqlagichidan) topish mumkin.
Bir-biriga yaqin turkumlar qo'shilib, oilani tashkil qiladi.
Masalan, bodom, olma, o'nk, na'matak, do'lana kabi
turkumlar buiashib ra'nodoshlar oilasini tashkil etadi.
Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o'xshagan va kelib
chiqishi jihatidan yaqin bo'lgan oilalar birlashib sinfiti tashkil
qiladi. Masalan, bir urug'pallali o'simliklardan tashkil topgan
loladoshlar, bug'doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar
kabi oilalar to'planib bir urug'pallali o'simliklar
sinfini hosil qiladi. Ikki pallali (ikki urug'pallali)
o'simliklardan tashkil topgan ra'nodoshlar, ituzumdoshlar,
gulxayridoshlar kabi oilalar birlashib ikki urug'pallali
o'simliklar sinfini tashkil qiladi.
Bir urug'pallalilar va ikki urug'pallalilar sinfiga oid
o'simliklarning hammasi ham gulli o'simliklar bo'lganligi
uchun bu ikkala sinf qo'shilib gulli o'simliklar yoki yopiq
urug li o'simliklar bo'limini vujudga keltiradi.
O'simliklar dunyosi esa o'simliklar sistematikasidagi eng
katta sistematik birlik bo'lib, yopiq urug'li o'simliklar, ochiq
urug'li o'simliklar, qirqquloqtoifa, yo'sintoi%, yashil suvo'tlar
va hokazo bo'limlami o'z ichiga oladi.
Sistematik birliklaming ketma-ketligini g'o'za misolida
ko'rishingiz mumkin.