BAKTERIYALAR BO'LIMI

Biz yashab turgan dunyoda juda mayda tirik mavjudotlar
olami ham bor. Garchi ular atrofimizni o'rab turgan bo'lsa
ham, biz ulami oddiy ko'z bilan ko ra olmaymiz. Chunki
bu tirik mavjudotlar shu qadar maydaki, ularni faqat
mikroskop orqaligina ko'rish mumkin.  zga ko'rinmaydigan
bu tirik mavjudotlar mikroblar deb nom olgan (yunoncha
rt kros so'zidan olingan bo'lib <kichik degan manoni
bildiradi). Mikroblarni mikroskop ostida birinchi bo'lib
bundan 300 yil muqaddam gollandiyalik olim A. Levenguk
 rgan.
Mikroblar juda xilma-xil bo'ladi. Liar orasidagi eng katta
guruh - bakteriyalar dir.
Hozirgi zamon yorug'lik va elektron mikroskoplari
yordamida kattaligi bir millimetrning o'n mingdan bir bo'lagini tashkil qiladigan eng mayda bir hujayrali organizmlami
ham ko'rish mumkin. Bakteriyalaming ikki ming
va yigirma ming marta kattalashtirilgan tasvirlari ham
mavjud.
Bakteriyalar hamma joyda bor. Ulami havoning yuqori
qatlamlaridan ham, chuqur yer osti va yer usti tuproqlaridan
ham, Arktika muzliklari-yu cho'Uardagi qizib yotgan
qumlardan va suvlardan ham topish mumkin. Ular tirik va
o'lgan o'simliklar, hayvonlar, hatto odam organizmida ham
uchraydi. Bakteriyalar ayniqsa go'sht, baliq, sut, sabzavot va
mevalar kabi oziq-ovqat mahsulotlarida juda tez o'sadi.
Bakteriyalaming tuziiishi, xilma-xilligi, faoliyati va ular
vujudga keltiradigan turli-tuman o'zgarishlar bilan mikrobiologiya
fani shug'ullanadi.

15-. BAKTERIYALARNING TUZILISHI VA HAYOTI

Bakteriyalaming tuziiishi bilan maktab sharoitida tanishish
uchun eng yaxshi yo'l ularni ishlov berilgan pichanda
o'stirishdir. Buning uchun pichan mayda-mayda qilib qirqilib,
idishdagi suvga solinadi va qaynatib, qorong'i, iliq joyda
saqlanadi. Oradan bir necha kun o'tgach idishdagi suyuqlik
betida yupqa parda hosil bo'ladi. Bu bakteriya hujayralarining
koloniya deb ataladigan to'plamidir. Shu suvdan buyum
oynasiga bir tomchi solinib, usti qoplag'ich oyna bilan
yopiladi va preparat mikroskopning katta obyektivida
kuzatiladi. Bir tomchi suvda ko'ringan mavjudotlar orasida
bir talay ingichka tayoqchalar ham ko'rinadi. Bular pichan
bakteriyalaridir.
Agar pichan bakteriyalaridan bittasi sinchiklab qaralsa,
uning faqat bitta hujayradan iboratligi aniq ko'rinadi.
Bakteriyalaming hujayrasi faqat yupqa qobiq va uning ichidagi
yarim suyuq sitoplazmadan iborat. Bakteriyalar hujayrasida
mag'iz aniq ko'rinmaydi. Bu esa ulami dastlab paydo bo'lgan
sodda tuzilishdagi organizmlar ekanligini ko'rsatadi.
Bakteriyalaming ko'pchiligida xlorofill donachalari bo'lmaganligi
uchun ulaming rangi yashil emas. Bakteriyalar hujayra shakliga qarab, asosan uch guruhga
bo'linadi: 1. Sharsimon bakteriyalar - kokklar; 2. Tayoqchasimon
yoki silindrsimon bakteriyalar - batsillalar; 3. Bukilgan
bakteriyalar - spirillalar. Bu guruhlarning har biri o'z
navbatida yana bir nechta shaklga bo'linadi.
Bakteriyalar asosan tayyor organik moddalar hisobiga
oziqlanadi.
Bakteriyalaming ko'payishi bakteriya hujayrasining qoq
o'rtasidan ikkiga bo'linishi bilan sodir bo'ladi. Qulay sharoitda
bakteriya hujayralari har 20-30 daqiqada bo'linib, yosh
bakteriyalami vujudga keltiradi. Bakteriyalar quyosh nuri va
haddan tashqari past harorat tasirida, havoning quruqligidan
ular tez halok bo'ladi. Biroq, bir talay bakteriyalar noqulay
sharoitga tushib qolishi bilan sporaga aylanadi. Bazi
bakteriyalaming sporalari 140C gacha issiqqa va 253C
sovuqqa bardosh beradi. Qulay sharoit vujudga kelgach, spora
ustidagi qalin po'st yemiriladi va bakteriya yangitdan
oziqlanishga, o'sishga va ko'payishga kirishadi.
Xulosa qilib aytganda, bakteriyalar shakllangan yadroga
ega bo'lmagan bir hujayrali sodda orgam/mlardir.