16-.  RIYALARNIN G TABIATDAGI VA XALQ
XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI

Bakteriyalaming tabiatdagi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati
juda katta, chunki bakteriyalaming ishtirokisiz tabiatda
moddalar almashinuvi sodir bo'lmaydi.
Bakteriyalar organik moddalar bilan ozialanadi va ulami
parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Tabiatdagi bu
jarayon moddalar aylanishi deb ataladi.
Bakteriyalami, ulaming faoliyati natijasida vujudga keladigan
jarayonlarga qarab bir necha guruhga bo4.sh mumkin.
Chirituvchi bakteriyalar. Azotli organik moddalarning
bakteriyalar tomonidan parchalanishiga chirish deb ataladi.
Barcha o'simlik va hayvonlar o'lganidan so'ng bakteriyalar
faoliyati natijasida parchalanadi - chiriydi. Chirish jarayonini
vujudga keltiruvchi bakteriyalar chirituvchi bakteriyalar
deyiladi.
Tabiatda tuproq hosil bo lishida chirituvchi bakteriyalarrrng
ahamiyati juda katta. Tuproqda yashaydigan chirituvchi
bakteriyalar tuproq bakteriyalari deyiladi. Chirituvchi
bakteriyalar bo'lmaganda yer yuzi turli xil qoldiqlar bilan
to'lib, tirik o'simliklar va hayvonlar uchun ovqat ham, joy
ham qolmagan bo'lur edi. Kuzda tuproqqa solingan go'ng
chirituvchi bakteriyalar faoliyati tasirida ko'klamgacha
chirindiga, so'ngra madaniy o'simliklar uchun oziq bo'-
ladigan mineral tuzlarga aylanadi. Chirish jarayonida hamisha
issiqlik ajralib chiqadi. Bu issiqlikdan issiqxonalami isitish
uchun foydalaniladi.
Chirituvchi bakteriyalar ekma o'simliklami kasallantirib,
xo'jalikka katta zarar yetkazadi. Chirigan oziq-ovqat
mahsulotlarida qo'lansa hid va odamni zaharlaydigan zaharli
moddalar paydo bo'ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini va ho'l
mevalarni chirituvchi bakteriyalar tasiridan saqlash uchun
ular turli usullar bilan konservalanaai, muzlatiladi,
tuzlanadi, quritiladi. Bunday sharoitda bakteriyalaming oziqovqat
mahsulotlarida yashashi uchun zarur sharoit bo'lmaydi
va ular nobud bo'ladi. Achituvchi bakteriyalar. Bu bakteriyalaming faoliyati
natijasida oziq-ovqat mahsulotlari chirimaydi, balki faqat
achiydi.
Azotsiz organik moddalaming bakteriyalar yordamida
parchalanishiga achish deb ataladi. Oziqlanish usuliga ko'ra
achituvchi bakteriyalar saprofit hisoblanadi. Ular sutda, yangi
sersuv sabzavotlarda, o'tlaming barg va poyalarida yashaydi.
Tabiatda achishning turlari ko'p. Achishning eng muhim
xillaridan biri sut kislotasining achishidir.
Bu jarayonda sut kislotali achishga sabab bo'ladigan
bakteriyalar faoliyati vujudga keladi. Sut kislotali achish
jarayonida parchalanayotgan shakar sut kislotasiga aylanadi,
hosil bo'lgan sut kislotasi esa boshqa chirituvchi
bakteriyalaming o'sishiga va ko'payishiga to'sqinlik qiladi. Shu
tufayli sut kislotali achishdan sut mahsulotlari: qatiq, pishloq,
suzma tayyorlashda foydalaniladi.
Sut kislotali achish pomidor, bodring va karamlarni
konservalashda, yem-xashak o'simliklaridan silos bostirishda
ham keng qo'llaniladi.
Sirka kislotali achish sirka kislota bakteriyalari faoliyati natijasida
sodir bo'ladi. Ovqatga ishlatiladigan yuqori navli sirkalar spirt
yoki vinolami sirka kislotali achitish yo'li bilan olinadi.
Chirituvchi va achituvchi bakteriyalardan tashqari tuproq
yoki o'simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o'zlashtiradigan
bakteriyalar ham bor. Ularga burchoqdoshlar
ildizida yashaydigan tugunak bakteriyalarni misol qilib
keltirish mumkin.
Tugunak bakteriyalaming faoliyati natijasida tuproq azot
birikmalari bilan boyiydi.