17-. KASALLIK PAYDO QILUVCHI
BAKTERIYALAR

Ayrim bakteriyalar tirik o'simlik, hayvon va odam organizmida,
ular hujayrasida yashab, oziqlanadi. Bunday
bakteriyalar parazit bakteriyalar deb ataladi. Ularning
faoliyati natijasida o'simlik, hayvon va odam organizmida
turli kasalliklar paydo bo'ladi, shu bois parazit bakteriyalar
kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar deb ham yuritiladi.
Parazit yoki kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar (yoki
ulaming sporalari) o'simlik, hayvon va odam organizmiga
havo, ovqat, suv, teridagi jarohatlar orqali kirib, tirik
hujayralar hisobiga yashaydi, tez ko'payadi va uning faoliyati
natijasida hosil bo'lgan zahar1 moddalar qonga o'tadi. Natijada
organizm zaharlanadi va kasal bo'ladi.
Parazit bakteriyalar orasida odamlarda sil, terlama,
bolglma, vabo, o'lat va boshqa ko'pgina yuqumli kasalliklami
paydo qiladiganlari bor.
Yuqumli kasallikni paydo qiluvchi bakteriya kasalligi
bemordan sog'lom kishiga o'tsa, unga kasallikning yuqishi
deyiladi. Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemor bilan sog'
odam bir idishdan ovqat yesa, bitta o'rin-ko'rpada yotib,
bitta sochiqdan va kiyim-kechakdan foydalansa, kasallik
bemoidan sog' kishiga yuqishi mumkin. Tozalik va ozodalikka
rioya qilinmasa, yuqumli kasalliklaming sababchilari ayniqsa
tez tarqaladi.
Qaynatilmagan suvda, xususan ariq va hovuzlardagi suvda
bir talay bakteriyalar yashaydi. Shuning uchun bunday
suvlami ichish va hatto bunday suvda meva va sabzavotlami
yuvish yaramaydi. Buning uchun faqat suv quvurlari orqali
keltirilgan yoki qaynatilgan suvdan foydalaniladi.
0 'rta Osiyoning buyuk olimlaridan bin Abu Ali ibn Sino
(980-1037) yuqumli kasalliklaming suv va havo orqali
tarqalishi haqida bundan ming yilcha oldin aytib o'tgan edi.
Ilgarilari, hali odamlar yuqumli kasalliklaming paydo
bo'lish sabablari va ularga qarshi kurashish choralarini
bilmagan davrlarda terlama, vabo va o'lat singari yuqumli
kasalliklar epidemiyalaridan goho butun-butun qishloq va
shahar aholisi qirilib ketgan.
Hozirgi davrda shifokorlar kasallik paydo qiladigan bakteriyalaming
hayotini va ulaiga qarshi kurash choralarini yaxshi
biladilar. Kasai odamlar turgan joylar, maktablar, bolalar
bog'chalari kasallik sababchilari - bakteriyalami yo'qotish
uchun dezinfeksiya qilinadi. Odamlami terlama, bo'g'ma,
qizamiq va chechakdan saqlash uchun ular emlanadi.
Odamlaming o'z badanini va kiyim-boshini toza tutishi,
turarjoy va maktablar (sinflar)ning ozoda saqlanishi,
xonalarning tez-tez shamollatib turilishi yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashning muhim vositasidir.
Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalarga qarshi kurashda
shahar va qishloqlami ozoda saqlash katta ahamiyatga ega.
Ko'pgina daraxt va butalaming havoga maxsus moddalar
(fitonsidlar) ajratib turishi va bu moddalaming havodagi
kasallik tug'diruvch; bakteriyalami kuchsizlantirishi olimlar
tomonidan aniqlangan. Gledichiya, archa, yong'oq, terak
shunday moddalarni, ayniqsa ko'p ajratadi. Davlatimiz
shaharlar, qishloqlar va boshqa aholi yashaydigan joylami
ko'kalamzorlashtirishga katta etibor bermoqda. Shunday ekan 

o'quvchi]ar ham daiaxt va buta ko'chatlarini
o'tkazishga o'z hussalarini qo'shishlari kerak.
Tirik o'simliklarda yashaydigan bakteriyalar
orasida g'o 'za gommozi deb
nomlanadigan kasallikni vujudga keltiradigan bakteriyalar bo'lib, ular paxtachilikka
katta zarar keltiradi (41-rasm). Bu
bakterivalar chigit bilan birga tuproqqa  tushib tez ko'payadi va mhol ichiga kinb
olib, uning poyasi va barglariga o'tadi.
bakxeriyalar yuqqan o'simlik baiglarida qora
dogMar paydo bo'ladi. Kasai barglar
quriydi va maydalanib, kukun bo'lib ketadi. Bakteriyalar
bilan to'la bo'lgan bu kukun uchib boshqa sog'lom g'o'zalar
baigiga tushadi va barg og'izchala: ' Drqali baig eti hujayralariga
kiradi. Barg eti hujayralari bilan oziqlanib, ulami yemiradi
va tez ko'payib o'simlikning hamma oiganlariga, jumladan,
ko'saklaiga ham o'tadi.
G'o'za gommozi kasalligiga qarshi jiddiy kurash olib
boriladi. Buning uchun urug'li chigit ekishdan oldin, gommoz
sporalarini o'ldiradigan kimyoviy moddalar bilan dorilanadi.
Kasallangan o 'simliklar daladan yo'qotiladi va yoqib
tashlanadi.