ZAMBURUG'LAR BO'LIMI 

Zamburug4 laming vegetativ tanasi ildiz, poya va barglaiga
bo'linmagan. Ular ham sporalar bilan ko'payadi. Zamburug4
hujayralarida plastidalar va xlorofill bo'lmaydi. Ularr ng
hujayrasi qobiq, protoplazma va mag'izdan iborat.
Zamburug'lar xuddi bakteriyalarga o'xshash tayyor organik
moddalar bilan saprofit yoki parazit holda oziqlanadi.
Zamburug4laming vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi.
Mitseliy gifa deb ataladigan ingichka ipchalar yig4indisidan
iborat. Mitseliy bir yoki ko4p hujayrali hamda bir-ikki
yoki ko4p mag4izli bo4ladi.
Voyaga yetgan ayrim zamburug4ning vegetativ tana idan
spora hosil qiluvchi qismi 4 sib chiqadi. Bunga mevatana
deyiladi. Mevatana odatda oyoqcha va qalpoqchalardan iborat
bo4lib, ularda sporalar yetishadi.
Zamburug'lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo4l bilan
ko4payadi.
Yer yuzidagi zamburug4laming 100 000 dan ortiq turi
fanga malum. O'zbekistonda 3 mingga yaqin turi tarqalgan.

18-. MOG'OR ZAMBURUG'LARI

Malumki, non yoki kesilgan ho4l meva issiq va nam
joyda qoldirilsa, 2-3 kundan keyin ulami po4panak bosadi.
Buni xalq orasida mog4or bosdi ham deyishadi. Ana shu
po4panak mog4or zamburug4ining vegetativ tanasidir. Agar
buyum oynasidagi suv tomchisiga nina bilan ana shu
po'panakdan kichik bir bo4lakcha qo4yib mikroskop ostida
ko4rilsa, uning iplardan tashkil topganligi aniq ko4rinadi
(42-rasm). Zamburug4ning vegetativ tanasi bitta katta
hujayradan iborat.
Po4panak zamburug4i yaxshi sharoitda jinssiz ko4payadi.
Bunda zamburug4 ning vegetativ tanasidan shoxlanmagan
gifa (sporangiy band) tik ko4tarilib chiqadi. Sporangiy
bandining achida sharsimon bo4rtma - sporangiy hosil bo4ladi.
Sporangiy ichida esa sporalar shakllanadi. Bir zamburug4da
bir necha o'nlab sporangiy, bir sporangiyda esa o'n mingdan ortiq spora yetishadi. Sporangiy
voyaga yetgach (ichidagi sporalar
tayyor bo'lgach) qoramtir rangga
kiradi.
Sporangiyda yetilgan sporalardan
qulay sharoitda yangi mitseliy hosil bo'ladi.
Jinsiy yo'l bilan ko'payishda har xil tupdagi zamburug'dan
chiqqan gifalarning uchi bir-biri bilan tutashadi va undan
zigota hosil bo'ladi. U tinim davrini o'tgach, o'sib chiqadi
va sporangiy hosil qiladi.
Po'panak zamburug'i oziqlanish usuli jihatidan xuddi
bakteriyalar singari, saprofit oziqlanadi. Shuning uchun ham
uning hayoti uchun yorug'likning hojati yo'q. U qorong'ida
ham yashay oladi, lekin namlik va issiqlik bo'lmasa yashay
olmaydi.
Mahsulotlar mog'orlamasligi uchun sovutgichlarda saqlanadi.
Mog'or zamburug'lari orasida foydalilari ham bor. Ulaming
bazilaridan (masalan, penitsill zamburugMdan) qimmatli
dori - penitsillin olinadi. Boshqa mog'or zamburug'larida
o'simlik va hayvonlarning o'sishini tezlatishga, chorva
mollarining mahsuldorligini oshirishga yordam beradigan
moddalar bor. Ana shu moddalar mol va parranda ovqatiga
qo'shib berilsa, buzoqlar va jo'jalar tez o'sadi.
Shunday qilib, zamburug'laming o'sishi uchun harorat,
namlik va oziq zarur. Qulay sharoitda ular vegetativ (jinssiz)
yo'l bilan ko'payadi.