2-. GUL ARNING XILMA-XILLIGI

Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli
boiadi. Gulda faqat urug'chi yoki
changchining o'zi bo'lsa, bunday gul
bir jinsli (4-rasm) gul deyiladi (tol,
gazanda, tut, qayin) Agar gulda faqat
changchi boisa, bunday gul changchili
gul deyiladi. Aksincha, gulda faqat
urug'chi boisa, bunday gul urug'chili
gul deb ataladi.
Bitta gulda ham changchi, ham urug'-
chi boisa, bunday gul ikki jinsli gul
deyiladi (o'rik, gilos, olma, shaftoli).
Juda ko'pc hilik  simliklaming guli ikki
jinsli boiadi (5-rasm).
Ayrim o'simliklarning bitta tuoida ham
changchi, ham urug'chi gul alohida-alohida
joylashadi. Bunday o'simliklar bir uyli
'simlik deyiladi. Bunga makkajo'xorini
misol qilib keltirish mumkin (6-rasm.).
Bir turdagi o'simlikning changchili
gullari bir tupda va urug'chili gullari
boshqa tupda boisa, bunday 0'simliklar
ikki uyli o'simlik deyiladi. Masalan: gazanda.
Gullar to'g'ri va qiyshiq gullarga boiinadi (7-rasm). Agar
gulqo'rg'on ikkitadan ortiq teng boiakka ajralsa, u to'g'ri
gul deyiladi. Masalan, olma, na'matak, behi va shaftoli guli.
Agar gul faqat teng ikki boiakka ajralsa
yoki umuman teng boiakka ajralmasa, *
u qiyshiq gul deyiladi. Bunga gladiolus,
nastarin, isfarak, rayhon, marmarak,

kiyiko't, burchoq, loviya, beda va boshqalaming gullari kiradi
(8-rasm).
Demak, gullar bir yoki ikki jinsli bo'ladi.
Sbuni ham aytish kerakki, ayrim gullar, masalan. g'oza
guli olma gulidan gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik
tishchali uchta bargchasi (ostgulkosachasi) bilan farq qi-adi.
Shunmgdek, g'ozaning urug'chisi o'ziga xos tuzilgan.
