20-. QALPOQCHALI ZAMBURUG'LAR

Erta bahorda respublikamiz bog'larida, to'qaylarida,
daryo bo ylarida, adir va tog' etaklarida to p-to'p bo'lib
foydali (istemol qilinadigan) va zaharli zamburug'lar chiqa
boshlaydi. Bular orasida qalpoqchali zamburug1 laming bir
qator turlari uchraydi. O'zbekistonda ko'p uchraydigan qalpoqchali
zamburug'lardan bin qo'ziqorindir (43-
rasm).
Qo'ziqorinning mevatanasi yirik, bo'yi
10-20 sm, ichi bo'sh bo'lib, qalpoqcha va
oyoqchadan iborat. Qalpoqchasining ustki
tomoni qo'y qomining ichki tomoniga
o'xshash katakchalarga bo'lingan, cheti esa
i oyoqchasi bilan birlashgan holda o'sadi.
Qalpoqchadagi katakchalar ichida sporalar
I yetishadi.
43-rasm. Qo'ziqorinlar chirindiga boy tuproqda
Qo'ziqorin. yashovchi saprofit zamburug'Iardir. Ulaming
ko'p yillik vegetativ tanasida yoz faslida oziq moddalar
to'planadi va kuzdan boshlab mevatanacha hosil bo'ladi. U
faqat kelgusi yilning ko'klamida tuproq nami ketmasdan
o'sib, yo'g'onlashib, kattalashadi, so'ngra bahoming yog'inli
va iliq kunlarida yer betiga chiqadi va sporalarini sochadi.
Qo'ziqorin va qo'zidumbalarning bahorgi mevatanasi
istemol qilinadi. Qo'zidumba issiqxonalarda ham o'stiriladi.
U sporasi ungandan so'ng, qirq kunda yetiladi.
0 'zbekiston tekisliklarida qalpoqchali zamburug'lami faqat
bahorda uchratish mumkin, chunki bu yerlar yozda ular
uchun haddan tashqari quruqlik qiladi. Ular apreldayoq
yo'qolib ketadi, tuproqda esa faqat sporalari qoladi.
Tog'larimizdagi o 'rmonlarda xilma-xil qalpoqchali
zamburg'lar o'sadi. Bu yerlarda ular uchun qulay sharoit
bor: tuproqda nam yetarli, chirindi ko'p, yorug'lik kam,
yozda harorat uncha baland bo'lmaydi.
Qalpoqchali zamburug'lar orasida zaharlilari ham bor.
Tuproq chirindisi ko'p va doim zax bo'ladigan yerlarda,
go'ng uyumlari ustida zamburug'lar uchraydi. Go'ng
zamburug' ming mevatanasi uzun, oyoqchasi ingichka va tepasi
cho'qqaygan yupqa qalpoqchadan iborat. Qalpoqchasining
ostki tomoni, sporalarining ko'pligidan qop-qora bo'lib
ko'rinadi. Sporalar yetilishi bilan zamburug'ning mevatanasi
yumshaydi va undan quyuq qora siyohga o'xshash suyuqlik
toma boshlaydi. Shuning uchun go'ng zamburug'i siyoh
zamburug4 i deb ham ataladi. 