21-. PARAZIT ZAMBURUG'LAR

Bakteriyalar orasida bo'lganidek, zamburug'lar orasida
ham parazitlari bor. Parazit zamburug'lar tirik organizm
to 'qimalarida yashab, undagi organik moddalar bilan
oziqlanadi va tirik organizmni kasallantiradi. Odamlardagi
mikoz va mikotoksikoz kasalliklari, ko'pchilik teri kasalliklari,
o'simliklardagi vilt va qorakuya kasalliklari shular
jumlasidandir.
Vilt kasalligini vujudga keltiruvchi zamburug4 vertitsilium
ayniqsa paxtachilikka katta zarar keltiradi.
Vilt- mglizcha so'z bo'lib, so'lish degan manoni
bildiradi.
Vertitsilium zamburug'i orqali kasallangan g'o'za bargi
sekin-asta sarg'ayadi, so ng qurib to'kiladi. Xalq orasida bu
kasallik oqpalak deb yuritiladi (44-rasm). G'o'za tanasini
egallagan zamburug1 faoliyati natijasida u o'sishdan, rivojlanishdan
to'xtaydi va nihoyat quriydi. Agar kasallangan g'o'za poyasidan kesib olib mikroskop ostida qaralsa,
poyaning yog'och qismi qo'ng'ir tus olgani va undagi naylar
ichida vertitsilium zamburug'ining ipchalari (gifalari) borligi
aniq ko'rinadi.
G'o'zaga zamburug4 tuproqdan o'tadi. Chunki vaqtida
yig'ishtirib olib, yoqib yuborilmagan kasal g'o'zapoya dalada
chiriydi va undagi zamburug' sporalari tuproqda qoladi.
Kelgusi yil bahorda bu sporalar o'sadi va uning ipchalari
ildiz orqali g'o'zaning o'tkazuvchi to'qimasiga o'tadi.
Vilt kasalligiga qarshi kurashish asosan turpoqqa yaxshi
ishlov berish va to'g'ri o'g'itlash bilan biigalikda olib boriladi.
Kasallangan o'simliklar tezlikda ekinzordan olib chiqib
yo'qotiladi. Paxta terib bo'lingandan so'ng dala tezlikda
g'o'zapoyadan tozalanadi. Chigitni ertaroq ekishga harakat
qilinadi. Chunki ertaroq unib chiqqan g'o'za nihollari
zamburug* sporasi o'sguncha o'zini tutib oladi.
Arpa, bug'doy, suli kabi o'simliklarning qorakuya zamburug'
i bilan kasallanishi uchrab turadi (45-rasm).
Boshoqning qoraligi qorakuya zamburug'ining o'simlik guliga
joylashib olganidan darak beradi.
Qorakuya bilan kasallangan o'simlik boshog'ida don mayda
va nimjon bo'ladi yoki kasallangan boshoqlardagi urug'lar
butunlay rivojlanmaydi.
Qorakuya zamburug'ining sporalari qop-qora
bo'lib yetilgach, o'zi o'sgan boshoq ustini qoplab
oladi. Shuning uchun ham qorakuya zamburug'i
bilan kasallangan o'simliklarning boshog'i xuddi
kuyganday ko'rinadi, zamburug'ning sporalari
shamol bilan tarqaladi. Agarda qorakuya
zamburug'i sporasi yopishgan don ekilsa sporadan
hosil bo'lgan mitseliy shu urug'dan o'sayotgan
nihol tanasiga kirib o'sadi va gulining tuguncha ga
yetib boradi.
Qorakuya sporalarini yo'qotish uchun ekiladigan
urug'lar kimyoviy moddalar bilan ishlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, parazit zamburug'lar
o'simiik va hayvon organiznida mrafcit holda yashab xilmaxil
kasalliklami yuzaga keltiradi.