LISHAYNIKLAR BO'LIMI

Lishayniklar zamburug'lar bilan suvo'tlarning o'zaro
birgalashib (simbioz holda) yashashidan hosil bo'lgan
oiganizmlardir. Ular har qanday sharoitda o'sishga moslashgan.
Yer yuzida ulaming 26000 dan ortiq turi mavjud.

22-. LISHAYNIKLARNING TUZILISHI
VA XILMA-XILLIGI

Lishayniklar tabiatda juda keng tarqalgan. Chunonchi
qoyalarda, toshlarda, unumsiz tuproqlarda daraxtlar
po'stlog'ida, shuningdek, turli joylarda o'suvchi va yuksak
o'simliklarning o'sishi uchun zamin tayyorlovchi o'simliklardir.
Ulaming tanasi ham organlarga bo'linmagan.
Tog' va cho'llarda ko'pincha yopishqoq lishayniklar o'sadi
(46-rasm). Agar lishaynik tanasidan kesib olingan yupqa kesma
mikroskop ostiga qo'yib qaralsa, uning chigallashib ketgan
plardan tashkil topganligi ko'rinadi. Bu zambumg'ning
vegetativ tanasi (mitseliysi)dir. Ip chigallari orasida och- yashil sharga o'xahash hujayralar
borligi ko'rinadi. Bular bir
hujayrali suvo'tlardir.
Shunday qilib, bitta li 
shaynik organizmida ikkita
o'simlik: zamburug' bilan
suvo't birgalikda yashaydi.
Lishaynikdagi zamburug*
mitseliysi yomg'ir
paytida suvni shimib olib,
uni uzoq saqlaydi. Undan
tashqari, mitseliy o'zining
ip la ri orqali toshlar
yuzidagi suvda erigan mineral tuzlami ham so'rib oladi.
Suvo'tlar esa zamburug' mitseliysi yig'ib qo'ygan suvni va
havodan karbonat angidrid gazini oladi, ulardan esa
yorug'lik ta'sirida organik moddalar hosil bo'ladi. Bu organik
moddalar bilan zamburug' hujayralari oziqlanadi.
Lishayniklar asosan sporalar va vegetativ yo'l, ya'ni o'z
tanasining bo'linishi bilan ko'payadi.
Tabiatda yopishqoq lishayniklardan tashqari yana bargsimon
va shoxli (butasimon) lishayniklar ham bor.
Bargsimon lishayniklaming tanasi bargga o'xshash yassi,
pastki tomonining o'rtasi bilan jismga yopishgan.
Shoxli lishayniklaming tanasi shoxlangan, jismdan ko'-
tarilib yoki osilib turadi. Qanday lishaynik bo'lishidan qat'i
nazar, ulaming tabiatda va xalq xo'jaligida ahamiyati katta.
Undan tashqari lishayniklar tuproq paydo bo'lishida
ishtirok etadi, chunki ulaming faoliyati natijasida vujudga
keladigan kislotalar har qanday toshlami va tog' jinslarini
nuratib, maydalab tuproqqa aylantiradi. Shimolda, tundrada
bug'u lishaynigi o'sadi. Shoxli (butasimon) lishayniklar
qatoriga kiradigan bu kulrang lishaynik bug1 ulaming asosiy
ozig'idir.
Lishayniklaming ko'p turlaridan dori-darmonlar, shuningdek,
har xil atir va sovunlar tayyorlash uchun zamr
bo'lgan xushbo'y moddalar olinadi.Lishayniklar atmosfera havosining tozaligini ko'rsatib
turadigan mezondir: shahar havosi sanoat gazlari bilan
qanchalik ko'p ifloslangan bo'lsa, daraxtlaming po'stlog'ida
lishayniklar shunchalik kam bo'ladi.
Shunday qilib, lishayniklar simbioz organizmlar bo'lib,
tabiatda juda keng tarqalgan U tuproqning paydo bo'lish
jarayonida alohida o'rinni egallayd,