SUVO'TLAR BO'LIMI

Suvo'tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o'simliklar bo'lib,
ulaming tanasi ildiz, poya va barglaiga bo'linmagan. Suvo'tlar
orasida bir hujayrali va ko'p hujayralilari ham bor. Ko'p
hujayrali tuban o'simliklar tanas* qattana yoki tallom (ildiz,
poya va bargga bo'linmagan tana) deb ataladi.
Tuban o'simliklarning ko'pchiligi suvo'tlarga kiradi.
Suvo'tlar asosan suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofill
donachalarini saqlaydigan va yorug'lik tasirida organik
moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklar.
Hoziigi vaqtda suvo'tlaming fanga malum bolgan turlari
30000 ga yaqin bo'lib, ular orasida ko'k-yashiI, sarg'ishyashil,
yashil, qo'ng'ir, qizil va tilla rangli suvo'tlar bor. Bu
suvo'tlaming hujayralarida xlorofilldan tashqari yana har xil
rang beradigan pigmentlar bor. Suvo'tlaming suvdan tashqarida - zax tuproqlarda,
semam sharoitda o'suvchi daraxtlar po'stlog'ida, to'nkalarda,
daiyo yoqasidagi toshlar ustida o'suvchi turlari ham uchraydi.
Suvo'tlar orasida oddiy ko'z bilan deyarli ko'rib bo'lmaydigan,
bir hujayrali turlari bilan bir qatorda tanasi bir
necha metr keladigan ko'p hujayrali turlari ham bor.

23-. BIR HUJAYRALI SUYO'TLAR

Bir hujayrali suvo'tlar juda mayda - oddiy ko'z bilan
ko'rib bo'lmaydigan organizmlardir. Lekin ularning
to'plamlarini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Yozda ariq,
hovuzda uzoq turib qolgan ko'lmak suvlar yashil rangga kirib
qoladi. Bunday suvni gullab qolgan suv deyidhadi. Aslida
yashil g'ubor ham, suvning yashil rangi ham to'planib qolgan
bir hujayrali suvo'tlardlr.
Agar gullab qolgan suvning bir tomchisini buvum
ovnasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa. bu suvda bir
talay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali
yashil suvo'tni - oddiy xlorellani ko'rish mumkin (47-rasm).
Ba hujayraning usti yupqa va mustahkam qobiq b'lan
o ralgan. Ichida boshqa o'simliklar hujayrasida boMgani kabi.
sitoplazma bilan mag it bor. Hujayrada sitoplazma va mag'izdan
tashqari xlorofill bilan yashil rangga
bo'yalgan -xromatofor ham joylashgan.
Xromatofor yuksak o'simlifdar
bargidagi xlorofill donachalari
vazifasini bajaradi. Yoruglik tasirida
unda suv va karbonat angidriddan
kraxmal, oqsil va boshqa
organik moddalar hosil bo'ladi,
suvga esa kislorod ajralib chiqadi.
Xlorella suvni ham, unda erigan
karbonat angidrid va mineral
tuzlarni ham po'sti orqali shimib
oladi. Xlorella asosan jinssiz - hujayrasining bo'Iinishi yo'li
bilan ko'payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik qismlar 4
yoki 8 teng bo'lakka bo'linadi va bu bo'laklaming har biri
alohida qobiq bilan o'ralib, mayda hujayrachalarga
aylanadi.Ular suvga chiqadi va o'sib mustaqil yashovchi
xlorellaga aylanadi.
Xlorella juda tez ko'payadi. Bir
kecha-kunduz yashagan har bir yosh
hujayra ham bo'lina boshlaydi. Bitta
xlorella avlodi bir oy ichida ko'payib,
bir necha millionga yetishi mumkin.
Kuz kelshi bilan xlorella qalin,
zich qobiqqa oralib, sporaga aylanadi
va shu holda qishlaydi. Bahor kelib,
qulay sharoit tug'ilgach. spora shaklida
qishlagan hujayraning oddiy bo'linishi
natijasida bir necha xlorella hosil bo'ladi.
Ular hu ayra qobig'ini yorib chiqadi va
mustac '1 hayot kech ra boshlaydi.
Xlorellaning 40 dan ortiq turi aniqlangan.
0 'rta Osiyoda esa 5 ta turi mavjud.
Bulardan tabiatda eng ko'p tarqalgani
oddiy xlorelladir.
Xlamidomonadadoshlar oilasiga
mansub bir hujayrali yana bir suvo't -
xlamidomonadadir (48-rasm). U ko'pincha iflos va azoili
birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, bazan akvarium
devorlarida ham o'sadi.