24-. KO'P HUJAYRALI SUVO'TLAR

Chuchuk suvlarda yashaydigan ko'p hujayrali suvo'tlaming
ko'pchiligi oddiy yoki shoxlanib ketgan iplar shaklida bo'ladi.
Ularga xos belgilardan biri o'sish davrida hujayralarining
to'xtovsiz bo'linib tui shi natijasida qattananing doim o'sib
kattalashib borishidir. Bularga ulotriks, spirogira, kladofora
va xara kabi suvo'tlar misol bo'ladi.
Daiyo va soy] a- ^mizda ko'p uchraydigan belbogli ulotriks
suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, yog'ochlar
va boshqa narsalarga yopishib o'sadi (49-rasm). Ulotriks
ipchasi zanjirsimon tizilgan bir xil hujayralardan tashkil
topgan. U shoxlamaydi. Uning suv tagidagi narsalarga birikkan
hujayrasiga rizoid deb ataladi. Boshqa hujayralari yashil, qisqa
silindr shaklida bo'lib, bir qator joylashgan. Har bir hujayraning
qobig'i, sitoplazmasi, mag'zi va o'rtasida belbog'
ko'rinishidagi xromatofcrasi bor.
Ulotriks jinssiz va jinsiy yo'l bilan
ko'payadi. Jinssiz ko'payishida ulotriks
hujayrasi 16, 32 hujayrachalarga bo'linadi.
_ Yosh hujayrachalar ona hujayra qobig'ini
yorib, suvga chiqadi. Ular 4 dona xivchini
yordamida suvda suza boshlaydi. Bu
hujayralar zoosporalar deb ataladi. Oradan bir qancha vaqt o'tgach ^oosporalar harakatdan
to'xtab suv tagidagi narsalaiga yopishadi va ko'ndalangiga
ikkiga bo'linadi. Pastki qismida rizoid hosil bo'ladi; ustki
qismi esa xromatoforli bo'lib, suvo'tning vegetativ hujayrasini
hosil qiladi. Vegetativ hujavraning o'sib, ko'p marta
ko ndalangiga bo'linishi natijasida ulotriksning ipi hosil
boladi.
Ulotriksning jinsiy ko'payishida teng kattalikdagi ikki
\ivchinli gametalar hosil bo'ladi. Ular suvda suzib yuradi,
bir-birlari bilan juft-juft bo'lib qo'shilib, zigota hosil qiladi.
Zigota qalin polst b-lan qoplanadi va tinim davri tugagach
bo'linib, to'rtta hujayraning hammasi o'sib, ulotriksning \angi
ipiga aylanadi.
Noqulay sharoit vujudga kelganda, ya'ni suv ha1 zasi qurib
qolganda yoki qish kelib suv soviganda ulotriks hujayrasi
qalin po'stga c'ralib, spora hosil qiladi.
Ulotrikslaming 25 ta turi bo'iib, ko'pc*iiligi chuchuk
suvlarda o'sadi.
Hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda ko'p
uchravdigan suvo'tlardan yana biri spirogiradir (50-rasm).
SnirogJra iplari shoxlanmagan va virik silindrsimon huja\
ralardan tuzilgan boiib, hech narsaga vopishmay suvda
erkin holda qalqib turadi.
Spirogiralam ng 340 turi malum.
O'zbekistonning darvo. koll va suv omborlarida yashil
suvo'tlardan kladoforani ko'p uchratish mumkin. U yir k
suvo't. uning bo'yi bazan 1 m ga yetadi.Ariq, hovuz, ko'l va sholipoyalarda keng tarqalgan
begona o't - xara ham  p hujayrali suvo'tlar qatoriga
kiradi. Uning bo yi 30-60 sm uzunlikdagi sershox o'sirr, ik.
0'zbekistondagi suvo'tlami o'rganishda 0'zbekiston Fanlar
akademiyasining haqiqiy azosi A. . M izaffarovning xizmatlari
katta. U Olrta Osiyo, xususan, 0'zbekiston suv
havzalaridagi suvo'tlami o'rganib, ulardan xalq xo'jaligida
foydalanish yo'Uarini ko'rsatib berdi.