25-. DENGIZ SUVO'TLARI

Deiigiz suvo'tlarining boyi bir necha sanumetrdan
60-70 m gacha boradi. Ular suv tagidagi loy, qum, tosh
va boshqa narsalarga yopishib  sadi. Dengiz suvo'tlari chuchuk
suv suvo'tlaridan xromatoforida
xlorofilldan tashqari yana karotin
(sariq), ksantofil (zaig'aldoq) hamda
qo'ng'ir va qizil rang beruvchi
pigmentlar bo'lishi bilan farq
qiladi.
Dengiz suvo'tlariga misol qilib,
Laminariya turkumiga oid yapon
laminariyasini keltirish mumkin
(51-rasm).
Yapon laminariyasi yirik o'simlik
bo'nb, tanasming yuqori qismi
uzun lentasimon, bo'yi 2-6-12
m, eni 10-75 sm keladi. Pastki
 qismi esa kalta siHndbimon yoki novsimon. Yapon laminariyasi
dengiz qirg'og'idan boshlab, to 25-35 m chuqurlikkacha
bo'lgan va suvning doimo harakatlanib turadigan yerlarida
o'sadi. U, ayniqsa, Yapon dengizining shimoliy qismida keng
tarqalgan.
Yapon laminariyasi jinssiz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi.
Olsimlik tanasida ko'p miqdorda darmondorilar, shakar
va boshqa oziqbop moddalar to'planadi. Shuning uchun
ham odamlar unga Dengiz karami deb nom qo'yishgan va
qadir.idan undan turli xil ovqatlar, har xil konservalar va
shirin mahsulotlar tayyorlashgan.
Laminariya turkumiga 30 ta tur kiradi.
Xalq xo'jaligida dengiz suvo'tlaridan turli sohalarda
foydalaniladi. Masalan, Quriya, Xitoy va Yaponiyada
laminariyadan tashqari yana nemalion va ulva kabi dengiz
suvo tlari ovqatga ishlatiladi. Ularda moy kam bo Isa ham,
oqsil, uglevod va vitaminlar ko'p bo'ladi.
Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya, Irlandiya va Angliya
kabi mamlakatlarning dengiz qirg'oqlarida uy hayvonlari
suvo'tlar bilan boqiladi, chunki ular o'zlarining kimyoviy
tarkibi jihatidan yaxshi sifatli xashakdan qolishmaydi.
Sanoatda dengiz suvo'tlaridan yod va brom olinadi. Bazi
suvotlaming 1 kg kukunidan 5 g dan 20 g gacha toza yod
olish mumkin.
Qizil suvo'tlardan agar-agar olinadi. Agar-agar oziqovqat
sanoatida marmelad va muzqaymoq tayyorlashda ko'p
ishlatiladi. Bundan tashqari, agar-agar laboratoriyalarda
bakteriyalar va zamburugiar kabi organizmlami o'stirish
uchun oziq sifatida ham qo'llaniladi.