QIRQBO'G'IMLAR (QIRQBOG'IMTOIFA) BO'LIMI

Yer yuzida qirqbo'g'imlarning 30 dan ortiq turi o'sadi.
0'zbekistonda qirqbo'g'imlaming bitta turkumiga kiruvchi 2 ta
turi uchraydi. Qirqbo'g'imlar ko'p yillik o simlik bo'lib, jinsiy,
jinssiz va vegetativ yo'l bilan ko'payadi.

27-%. DALA QIRQBO'G'IMI

Dala qirqbo'g'imi ildizpoyali ko'p yillik o't bo'lib, daryo,
kanal va ariqlar bo'yidagi semam yerlarda, zovurlar yoqasida,
buloqlar atrofida, marzalarda o'sadi. Uning poyasi, shoxlari
serqirra va bo'g'imlarga bo'lingan. Shuning uchun ham unga
qirqbo'g'im deb nom berilgan. Bo'g'im oraliqlan ning ichi
kovak. Uning shoxlari faqat poya bo'g'imlaridan chiqadi va
bo'g'imlarda halqa hosil 'ib joylashadi. Barglari mayda
bo'iib, poya va shoxlardagi bo'g'imlarda halqa hosil qilib
o'mashgan.
Dala qirqbo'g'im poyasi va shoxlarining uchida spora
beruvchi boshoq hosil bo'ladi. Ularda sporofillar (shakli
o'zgargan barg) halqa hosil qilib o'mashadi. Sporafillaming ostki tomonida 6-8 ta sporangiy
joylashgan. Sporangiyda
esa sporalar yetiladi (53-rasm).
Erta bahorda dala qirqbo'
g'imining ildizpoyasidagi
kurtaklardan poya o'sib chiqadi.
Bu poya q o'ng'ir rangli,
shoxlanmagan bo'lib, uchida
spora beruvchi bitta boshoq
yetishadi.
Spora beruvchi boshoqlarda
yetishgan sporalar tashqariga
chiqqach suv yoki shamol
yordamida tarqaladi. 0'sish
uchun qulay sharoitga tushgan
sporalaming ayrimlaridan erkak
o simta, ayrimlaridan esa urg ochi o'simta unib chiqadi.
Erkak o'simta kichkina, chetlari bo'lingan. Undagi
anteridiyda ko'p xivchinli spermatozoidlar yetishadi.
Urg'ochi o'simta esa erkak o'simtadan biroz kattaroq
bo'lib( undagi arxegoniy ichida tuxum hujayra hosil bo'ladi.
Spermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo'shilishi
(urug'lanish) qirqbo'g'imlarda faqat suvda amalga oshadi.
Urug'langan tuxum hujayradan hosil bo'lgan murtak o'sib
yangi o'simlik - sporafitni hosil qiladi.
Yozning boshlarida dala qirqbo'g'imining ildizpoyasidan
yozgi poya o'sib chiqadi. Bu poya nozik, yashil va shoxlangan
bo'ladi. U fotosintez jarayonida organik moddalami hosil
qilishda ishtirok etadi.
Qirqbo'g'imlar sporalari orqali ko'payishdan tashqari
-.idizpoyalari orqali vegetativ yo'l bilan ham ko'payadi.
0'zbekistonda qirqbo'g'imning sershox qirqbolg'im deb
nomlanadigan ikkinchi turi ham o'sadi. Bu tur dala qirqbo'
g'imidan bahorgi poyasining yo'qligi, spora beruvchi
boshoqlari shoxli poyalar uchida hosil bo'lishi bilan farq
qiladi.Qirqbo'g imlar qimmatli dorivor o'simliklardir. Ularning
poya va shoxlaridan tayyorlangan qaynatma va damlama siydik
haydovchi dori sifatida ishlatiladi.