QIRQQULOQLAR (QIRQQULOQTOIFA)
BO'LIMI

Yer yuzida qirqquloqlaming 10 000 ga yaqin turi tarqalgan.
0'rta Osiyoda qirqquloqdoshlar oilasiga mansub 32 tur o'sadi.
Shulardan 10 turkumga kiruvchi 15 turi 0'zbekis:on hududida
tarqalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko'p yillik o'tlar kiradi.
Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina ularning
daraxtsimon vakillari uchraydi. Yer betiga qirqquloqlaming
bir to'p patsimon qirqilgan uzun barglari o'sib chiqadi.
Yosh barglaming uchi o'ralgan bo'lib, barg o'sgan sari
yozila boradi.

28-. ZUXRASOCH VA SUV QIRQQULOG'I

Qirqquloqlar o'sishi jihatidan qirqbo'g'imlarga o'xshasa
ham, lekin baigining yirikligi va spora beruvchi boshoqlarining
bo'lmasligi bilan ulardan farq qiladi. Qirqquloqlaming
sporalari barglarining ostki tomonida yoki chet ida joylashgan
qo'ng'ir rangli bo'rtmalar (soruslar) ichiga joylashgan
sporangiylarda yetishadi.
Qirqquloqlaming ko'payishi ham xuddi qirqbo?g?imlamikiga
o'xshash jinssiz va jinsiy bo'g'inlaming gaUanishi bilan sodir
bo'ladi. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar
sporangiy po'sti yorilgach tashqariga chiqadi va shamol yoki
suv yordamida tarqaladi.
Nam tuproqqa tushgan sporadan gametafit o'sib chiqadi.
Qirqquloqlaming gametafit bo'yi 1 sm keladigan, yashil,
yupqa va yuraksimon bo'lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan
tuproqqa yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi.
Gametafitdagi anteridiylarda ko'p xivchinli harakatchan
spermatozoidlar, arxegoniylarda esa tuxum hujayra yetiladi.
Yomg'ir paytida anteridiy va arxegoniy uchidan ochilaui va
anteridiydan chiqqan spermatozoidlar arxegoniylar ichiga
kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum
hujayradan murtak hosil bo'ladi. Murtak esa o'sib yangi
qirqquloqni hosil qiladi.
Qirqquloqlardagi vegetativ ko'payish ildizpoyalari orqali
sodir bo'ladi.
0'zbekistonda qirqquloqlar asosan tog'lardagi o'rmonlarda,
qoyalar soyasida, g'orlar ichidagi semam tuproqlarda o'sadi.
Bularga misol qilib, zuxrasoch qirqquloq va suv qirqqulog'
ini keltirish mumdn.
Zuxrasoch ildizpoyali ko'p yiffik o't.
Bargi (poyasi) keng nashtarsimon, uzunligi 10-4  sm,
2-3 karra patsimon bo'lingan. Baig bo'laklari ham qisqa bandli,
pastki tomonida soruslar joylashgan, sporalari iyun-avgust
oylarida hosil bo'ladi.
Zuxrasoch tog'larda, qoyalaming yoriqlarida, soya joylarda,
buloqlaming bo'ylarida o'sadi.
Qirqquloqlaming 0'zbekistonda suvda o'sadigan vakili suv
qirqqulog'idh.
Suv qirqqulog'i suv yuzida suzib yuradigan ildizsiz mayda
o'simlik (54-rasm). Barglari 3 tadan bo'lib joylashgan. Ulardan
2 tasi yashil, poyaning ikki tomonida o'mashgan, yassi,
uchinchisi suv ichidaosilib turadi, mayda ipsimon bo'laklaiga
ajralgan. Sporali mevasi 4-8 ta, ular suvdagi bargning asosida
o'mashgan. Sporalari avgust-sentabr oylarida
hosil bo'ladi.
Suv qirqqulog'i 0'zbekistonning
ko'pchilik viloyatlaridagi suvlarda o'sadi.
Suv qirqqulog'ining zuxrasoch qirqqulog'idan
farqi shundaki, uning
sporali mevasida har xil sporalar hosil
bo'ladi.