OCHIQ URUG'LI 0'SIMLIKLAR
(QARAG'AYTOIFA) BO'LIMl

Yer yuzida ochiq urug'li o'simliklaming 660 ga yaqin
turi borligi aniqlangan. Shulardan 18 turkumga mansub 40
ta turi 0'zbekiston hududida uchraydi.
Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi daraxt va butalardan
tashkil topgan. Ular urug'laridan ko'payadi.
Ochiq urug'li o's-imliklaming urug'lari gulli o'simliklamikiga
o'xshash meva ichida yopiq holda emas, balki maxsus
qubbalarda ochiq holda vetishadi. Shuning uchun ham
ular ochiq urug'Ii o'simliklar deyiladi.
Ochiq urug'li o'simliklarga misol qilib archa, saur, qarag'
ay va qora qarag'ay kabi o'simliklami keltirish mumkin.

29-. ARCHA

Archa bo'yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtdir
(55-rasm).Tog'larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag'
irlarida, sovuq va doimiy shamol tasirida archaning yer
bag'irlab o'sishga moslashgan turlari ham uchraydi.
Archaning barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon.
Archa juda sekin o'sadi. Urug'idan unib
chiqqan archaning katta daraxt bo'lib
yetishishi uchun 100 yildan ortiq vaqt
kerak. Archa ming yil va hatto undan
ham ortiqroq yashaydi. Archa ikki uyli
o'simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa
tuplarining yosh novdalarida mayda
qubbachalar hosil bo'lib, ularda juda
ko'p miqdorda chang yetishadi. Bu
qubbachalar changchili qubbalar deb
ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa
tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan
sharsimon qubbalar hosil bo'ladi. Bu qubbalarga urug"chili
qubbalar deb ataladi. Urug'kurtakdagi arxegoniy ichida esa
tuxum hujayra yetishadi. Unda esa urug'kurtak joylashadi.
Changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan
urug'chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi.
Urug'kurtakka tushgan chang malum vaqt o'tgach tuxum
hujayrani urug'lantiradi.
Urug'lanishdan so'ng urug'chi qubbani tashkil qilgan
tangachalar tezda o'sadi, yo'g'onlashadi va o'zlaridan ajralib
chiqqan smola orqali bir-birlari bilan qo'shilib, qubbani o'rab
turuvchi etdor, yumshoq po'stga aylanadi. Bunday po'st bilan
qoplangan urugchi qubba pishib yetilganda xuddi rezavor
mevaga o'xshab qoladi. Shuning uchun ham archaning
urug'chi qubbasini xalq orasida qubbameva yoki archa mevasi
deb nomlash odat bo'lib qolgan.
Archaning urug'chi qubbalari urug'langandan keyin
ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi.
Archa tog'ning yuqori qismidagi toshloq va tuproqli
yonbag'irlarda, suv ayirgichlar, daralar ichida o'sib. o'ziga
xos o'rmonlar - archazorlar hosil qiladi.
0'rta Osiyoda archaning 7 ta yowoyi turi o'sadi, bulardan
3 tasi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va saur archa).
U 0'zbekiston tog'larida katta-kichik archazorlar hosil qiladi.
Bundan tashqari, shahar ko'chalarida, maydonlarida,
xiyobonlarda va istirohat bog'larida manzarali daraxt sifatida
Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy
Amerika.
Manzarali o'simliklar qatorida archadoshlar oilasiga mansub
daraxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi. U tana va baigining
tuziiishi bilan archaga o'xshaydi, lekin yosh novdalaming
o'ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar
orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi.