3-. TO'PGULLAR

To'pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o'simlikJarga
lola, binafsha va behini misol qilib keltirish mumkin.
Agar bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul
joylashgan boisa, unga to pgul deyiladi. To'pgullar xilmaxil
boiadi. Masalan, so'ta, shingil. kuchala, soyabon,
ro'vak, savatcha, kallak va boshqalar.
Gulning changlanishi ko'p jihatdan to'pgulga bogiiq.
To'pguldagi gullar oddiy gullarga qaraganda yaxshi
changlanadi.
'simliklar tarixiy rivojlanish jarayonida o'ziga xos
to'pgullar hosil qilgan. To'pgullar oddiy va murakkab
boiadi.
Oddiy to'pgulda gulpoya shoxlanmaydi (9-rasm), murakkab
to'pgulda esa shoxlanadi.

Olma, nok, gilos, olchaning to'pguli oddiy
qalqonsimon boiadi (10-rasm). Bularda turlicha
uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat
bilan joylashadi. Bu gullarning yuqori qismi bir
xil tekislikda boiadi.
Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada
bandsiz joylashadi. Bunday to pgul oddiy boshoq
deb ataladi (11-rasm).
Karam, rediska, jag'-jag' va qurttananing gullari to'pgul,
gulpoyaga uzun bandi bilan ketma-ket birlashgan. Buni oddiy
shingU deyiladi (12-rasm).
Sabzi, ukrop, petrushka, shashir va bodiyon shoxlangan
murakkab soyabonga ega (13-rasm).
Boshoqli o'simliklaming ko'pchiligi (bug'doy, arpa, javdar
va bug'doyiq kabilar)da ikkita-uchta gul birlashib, oddiy
boshoqcha hosil qiladi. Bunday boshoqchalardan bir nechtasi
umumiy gulpoyaga birikib, murakkab boshoq hosil qiladi
(14-rasm). Tok, sholi, qamish, nastarin, kelin supurgi,
otquloq, rovoch kabi o'simliklar murakkab shingil  ro'vak
hosil qiladi (15-rasm).
Yongioq, oqqayin va tolning changchili to'pguli 
kuchalasi boshoqqa ham o'xshaydi.

Ltkin asosiy gulpoyasining osilib turishi bilan ulardan farq
qiladi.
Kungaboqar, kartoshkagul, shuvoq, boitakoiz, sachratqi,
ermon, karrak kabi o'simliklaming guli asosan gulpoyasi
uchidagi savatchada joylashgan. Savatchalaming atrofi o'rama
bargchalar bilan o'ralgan (16-rasm).
Bulardan tashqari, guli ko'zga uncha tashlanmaydigan anjir
o'simligi gullari ham bor.

