30-. QARAG'AY

Qarag'ay turkumi qarag'aydoshlar oilasiga mansub bo'lib,
}er yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o'sadi. Ular asosan
Shimoliv Yarimsharda tarqalgan. Yevropa, Osivo va Anerikada
katta-katta mavdonlarda qarag'ay o'rmonlari maviud.
 zbekistonda qarag'aylar tabiiy holda o'smaydi. Lekin
ulaming 10 ga yaqin turi 0'zbekistonda eng yaxshi
xushmanzara va yog'ochbop o'simlik sifatida ekib o'stiriladi.
Qarag'aylardan eng keng tarqalgani oddiy qarag'ay
hisoblanadi (56-rasm). 0'zbekiston sharoitida lining balandl gi
10-20 m oraIig'ida bo'ladi.
Oddiy qarag'ay bir uyli yorug'sevar, doimo yashil daraxt.
Tanasi qizg ish-qo'ng'ir, shox-shabbasi o'sish sharoitiga qarab
turlicha bo'ladi. Ochiq joylarda o'sgan tuplari juda ham sershox
va salobatli bo'ladi.
Barglari novdalarda 2 tadan bolib o'mashgan, uzunligi
5-7 sm, och yashil rangli. Oddiy qarag ay urug'idan yaxsh
o'sadi.
Changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalaming
pastki qismida boshoqsimon zich to'pgul hosil qilib
o'mashadi. Qubbaliming o'rtasidan  tadigan o'qda spiral
shaklida tangachalar. tangachalaming ostki qismida changdonlar
o'rnashgan. Changdonlar ichida changlar hosil bo'ladi
va shamol yordamida urug'chi qubbalarga uchib o'tadi.
Urug' chili qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning
uchida paydo bo'ladi. Qubbaning
o'rtasidan o'qqa urug'chi tangachalar
birlashadi. Bu tangachalarda 2 ta urug'kurtak
ioylashadi.
Urug'langan tuxum hujayradan murtak,
undan esa urug1 hosil bo'ladi. Oddiy qarag'ayning qubbalari 2 yilda yetiladi va shamol
ta'sirida to'kila boshlaydi.
Qarag'aylaming qubbalari turlicha shakl va kattalikda. Urug'
saqlaydigan qubbalaming tangachalari juda mustahl am bo'ladi.
Qarag'aylar o'rta hisobda 200-400 yil yashaydi.
0'zbekistonda qarag'aylar qishloq va shaharlarimizni
ko'kalamzorlatirishda ko'plab ekiladi. Ular tez o'sadigan sifatli
yog'ochbop o'simlik bo'lishi bilan bir qatorda dorivorlik
xususiyatga ham ega. Bulardan tashqari qarag'aylardan oliy
nav qog'ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi.