YOPIQ URUG'LI 0'SIMLIKLAR
(MAGNOLIYATOIFA) BO'LIMI

31-. YOPIQ URUG LI 0'SIMUKLAR HAQIDA
MA'LUMOTLAR

Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o'simliklaming asosiy
qismmi yopio urug'li o'simliklar tashkil qiladi.
Yopiq urug'lilar o'simliklar olamining boshqa guruhlariga
qaraganda har taraflama, ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli
o'simliklardir. Haqiqiy gul esa yopiq urug'lilardan boshqa
o'simlik guruhlarining hech birida bo'lmaydi. Haqiqiy gul
gulqo'rg'on, changchi va urug'chidan tashkil topgan. Yopiq urug'li o'simliklarda urugkurtak ochiq urug'-
lilardagiga o'xshash qubba tangachalari ustida ochiq
holda emas, balki urug'chining tugunchasi ichida, tuguncha
devori bilan o'ralgan holda yetishadi.
Changlanish va urug'lanishdan so'ng urug'kurtakdan
urug', tugunchadan esa meva hosil bo'ladi. Demak, yopiq
urug'lilaming urug'i meva ichida yetishadi. Shuning
uchun ham bu o'simliklar yopiq urug4ilar deb ataladi.
Tugunchalar ichida yetiladigan urug'kurtaklar va meva ichida
rivojlanadigan urug'lar muhitining noqulay sharoitidan: sovuq
va ortiqcha issiqdan, qurg'oqchilik va ortiqcha namlikdan,
zararkunanda va kasalliklardan yaxsh-roq himoyalangan bo'ladi.
Bu bo'limga xos eng muhim belgilardan biii qo'sh
urugllanishdir.
Yopiq urug'li o'simliklar urug'ining yaxshi, sog'lom
rivojlanishi, tez va oson tarqalishi va o'sish xususiyatini tez
yo'qotmasligi tufayli o'simliklar olamida asta-sekin
hukmronlik qila boshlagan.
Yopiq urug'li o'simliklaming ichki tuzilishi ham ancha
murakkab. Masalan, ulaming ildiz, poya va barglaridagi
o'tkazuvchi to'qimalari uzun, yog'ochlangan o'lik hujayralardan
tashkil topgan naychalardan iborat.
Yopiq urug'li o'simliklamnig hayotiy shakllari har xil.
Ular ichida bir yillik, ikki yillik, ko'p yillik, chalabutalar,
buta va daraxtlar mavjud.
Hozirgi vaqtda fanga yopiq urug'li o'simliklaming 250 000
dan ortiq turi ma'lum. Bu boshqa barcha o'simlik guruhlari
turlarining umumiy soniga teng demakdir.
Odamlar qadim zamonlardan beri osimliklardan yemxashak,
oziq-ovqat sifatida bo'yoqbop, dorivor va ziravor
osimlik sifatida foydalanib kelganlar. 0'rta O s'o olimlari
Ibn Sino va A1 Beruniy bundan deyarli ming yil ilgari o'zlarining
tibbiyotga doir mashhur asarlarida yopiq
urug'lilarga oid juda ko'p dorivor o'simliklar haqida
ma'lumot keltirganlar.
Madaniy o'simliklaming  pchiligi yopiq urug'li o'simliklarga
kiradi.Yopiq urug'li o'simliklar katta ikki sinfga - ikki urug -
pallalilar va bir urug'pallalilar sinfiga bo'linadi. Bu sinflar
oLrtasidagi farq asosar quyidagi belgilar bilan aniqlanadi:
Bir va ikki urug'pallali o'simliklarning asosiy farqlari.
Tkki urug'pallalilar
1. Murtagi ikki urug'pallali. Unayotgan o'simlik tuproqdan
ikkita urug'pallabarg bilan chiqadi.
2. Murtak ildizchasidan hosil bo'lgan asosiy ildiz uzoq
muddat yoki o'simlik hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
3. Barg yaprog'i fomirlangan (patsimon yoki panjasimon).
4. Poyasi kambiyli, yo'g'onlasha oladi.
5. Ko pincha gulqo'rg'oni murakkab gulkosachabarg va
gultojbaiglari halqada 4-5 tadan o'rnashgan.
Bir urug'pallalilar
1. Murtagi faqat bitta urug'pallali. Unayotgan c'simlikda
bitta urug'pallabarg bo'lib, u yer ostida qoladi.
2. Murtak ildizchasidan hosil bo'lgan asosiy ildiz tezda
nobud bo'ladi, uning o'mini esa murtak poyasidan o'sib
chiqqan bir to'p qo shimcha ildizlar egallaydi.
3. Barg yaprog'i yoysimon yoki parallel tomirlangan.
4. Poyasi kambiysiz, yo'g'onlasha olmaydi.
5. Gulqo'rg'oni oddiy, guitojbarglar halqada 3 tadan
o'rnashgan.
O'zbekiston hududida 4500 ga yaqin yopiq urug'li
o'simliklar o'sadi. Shulardan 3700 ga yaqini ikki urug'-
pallalilar sinfiga, 800 ga yaqini esa bir urug'pallalilar sinfiga
kiradi.
Shunday qilib, yopiq urug'li o'simliklarga gul, meva va
urug'ga ega bo'lgan o't, yarimbuta, buta va daraxtlar kiradi.
Bu bo'lim ikki urug'pallali va bir urug'pallali o'simliklar
sinfiga bo'linadi.