IKKI URUG'PALLALI 0'SIMLIKLAR SINFI
(MAGNOLIYASIMONLAR)

Ikki urug'pallali o'simliklar sinfiga 340 ta oilaga mansub
175 000 dan ortiqroq o'simlik turlari kiradi. O'zbekistonda
bu sinfga 138 oilaga kiruvchi 37000 ga yaqin tur uchraydi.
Quyida shu sinfga oid ayrim oilalar bilan tanishamiz. 

32-. RA'NODOSHLAR OILASI
Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo'tadil iqlimli
mintaqalarida o'sadigan 120 turkumga mansub 3000 ga yaqin
turdagi daraxt, buta va ko'p yillik o'tlar kiradi. 0'zbekistonda
umng 35 turkumga mansub 153 turi o'sadi (57-rasm).
Ra*nodoshlarrLnp barglari vonbargchali,
oddiy, uchga bo'lingan, panjasimon,
patsimon yoki murakkab,
poyada ketma-ket o'mashgan.
Gullari yakka-yakka, barg qo'ltig'
ida o'rnashgan yoki shingil;
qalqon, soyabon shaklidagi to'pgullarda
joylashgan; ikki jinsli,
hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab, to'g'ri, ko'pincha 5 a'zoli. Gultojbargi
5 ta, qo'shilmagan. Changchilari ko'p. Urug'chisi 5
tagacha yoki undan ham ko'p. Tugunchasi 1-5 uyli. Mevasi -
quruq (yong'oqcha, to'pbaigak) yoki ho'l (bir yoki ko'p
danakli meva yoki soxta meva).
Bu oilaga tobulg'i, olcha, na'matak, olma, olxo'ri, bodom,
nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon kabi
turkumlar kiradi (58-rasm). Mazkur oilaga kiruvchi tur va
turkumlaming ko'pligi tufayli ulaming gul tuzilishini yagona
formula va diagramma bilan ifodalab bo'lmaydi.
Tog' va to'qaylarda na'matak turkumiga mansub turlar o'sadi.
Ulardan biri oddiy na'matak (ra'no)dir. U bo'yi 3-4 m ga
yetadigan, poyasi ko'p, tikanli sershox buta. Barglari murakkab
toq patsimon, 5-9 yaproqchali. Iyun - uyul oylarida gullaydi.
Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti, gulkosacha
va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko'p changchi va urug'chilari
bor.N a'matakning soxta mevasi to'q qizil, etdor, uzunchoq
tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm. ichida juda ko'p qattiq
urug'lari bor. Meva tarkibida jnson salomatligi uchun zarur
moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va boshqa
moddalar bo'ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini
olish va davolashda ishlatiladi.
0'zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o'simlik o'sadi.
Na'matak madaniy atirgullanrng yowoyi turi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin,,
 zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi. Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo'hb,
 zbel istonda ularrvng 5 ta turi bor. Shulardan 2 tasi yowoyi,
3 tasi esa madaniy turlardir.
Nok guli va mevalari bilan olmaga o'xshaydi. Lekin
mevasining etida tosh hujayralari borligi bilan olmadan farq
qiladi. 0'zbekistonda nok turkumiga oid 7 ta tur bor.
Yowoyi olma, nok, olcha va ooshqa mevali o'simliklar
qurg'oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tufayli
yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish
uchun muhim ahamiyatga ega.
Ra'nodoshlar oilasiga tegishli o'simliklar respublikamizda
madaniy holda ham ko'p tarqalgan. Ularga o'rik, shaftoli,
gilos va olxo'ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular
xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi
( 0'rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) 0'zbekiston
Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.