33-. KARAMDOSHLAR OILASI
Karamdoshlar oilasining vakillari yer sharining deyarli
barcha qit'alarida o'sadi. U 350 turkumga oid 3000 ga yaqin
tumi o'z ichiga oladi. O'zbekistonda bu oilaga mansub
200 ga yaqin tur va 76 turkum uchraydi.
Karamdoshlaming ko'pchiligi bir yillik, ikki yillik va ko'p
yillik o'tlardir Ildizi - o'q ilaiz rizimli. Poyasi tik o'suvchi.
Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada ketma-ket
o'mashgan. Gullari to'g'ri va ikki jinsli, shingil to'pgulda
o'mashgan. Gulqo'rg'oni murakkab gulkosacha va gultojga
ajralgan. Gulkosacha to'rtta, bir-biri bilan qo'shilmagan
gulkosachabargdan, gultoj ham to'rtta erkin holdagi gultojbargdan
tashkil topgan. Gulida bitta urug'chi va oliita
changchisi bor.
Mevasi - qo'zoq (bo'yi enidan 3 marta va undan ham
uzun) yoki qo'zoqcha (bo'yi eni bilan bir xil yoki 2 marta
uzun), ko'pincha tubidan ikki pallaga bo'linib ochiladi.
Karamdoshlarga mansub yowoyi turlaming ko'pchiligi
bahorda cho'llarda, tog' etaklaridagi qirlarda tarqalgan. Oila
vakillaridan biri jag'-jag'dir (59-rasm).
Jag'-jag' shu nomli turkumga oid,
bo'yi 10-30 sm keladigan bir yillik
o't. Ildiz bo'g lZida joylashgan barglari
qisqa bandli, patsimon qirqilgan,
poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada
shingil to'pgul hosL1 qiladi. Gulkosachabarglari
gulkosachabarglaridan 1,5 marta
. uzun. Changchilari 6 ta. Urup'chisi bitta.
*' Oddiy jag'-jag' mart oyidan boshlab
mayning oxirigacha gullaydi va meva
(qo'zoqcha) hosil qiladi. Yaxshi o'sgan
har bir tup o'simlikda 70000 ga yaqin
urug' yetiladi. 0'zbekistonda jag'-jag' turkumiga
oid faqat bitta tur -
oddiy jag'-jag' o'sadi.
Oddiy jag'-jag tarkibida <C
va < K darmondorilari. olma va
limon kislotalari bor. Erta ko'klamda
to'pbarglari ovqatga ishlatiladi.
Jag'-jag'dan ko'k chu- 60-rasm. Karamdoshlar
chvara, ko'k somsa tayyorlanadi. oilasiga mansub turlar:
Uning yer ustki qismidan tay- ^ ulkaram- 2~Pekin karamiyorlangan
dorilar tabobatda qon kc ishini to'xtatishda
ishlatiladi.
0'zbekistonda karamdoshlar oilasiga mansub sabzavot
ekinlariga karam (60-rasm), sholg'om, rediska va turp kiradi.
Bo'yoq beradigan  simlik sifatida esa o'sma ekiladi.
Bu oilaga mansub 8 ta tur 0'zbekiston Qizil kitobiga
kiritilgan.