34-. SHO'RADOSHLAR OILASI
.
Bu oilaga deyarli hamma qit'alaming sahro va cho'llarida,
qumlarda va sho'rtob yerlarda o'sadigan 100 dan ortiq
turkumga mansub, 1500 turga oid daraxtlar, butalar, 'p
yillik, ikki yillik va bir yillik o'tlar kiradi. Bulari _ng
ko'pchiligi cho'llarda o'sadi.
Bu o'simliklar ko'pincha etdor - sersuv bo'ladi. Barglari
oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o'mashgan.
Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo'qolib ketganlari
ham bor. Gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to'g'ri yoki
qiyshiq, ikki jinsli, ba'zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki
shingilsimon to'pgulda o'rnashgan. Gulqo'rg'oni oddiy,
kosachasimon, 5 ta yashil yoki rangsiz pardasimon bargchalardan
tashkil topgan yoki gulqo'rg'on butunlay yo'qolib
ketgan. Changchilari 2-5 ta. Urug'ch.si 2-5 mevabargdan
iborat. Mevasi asosan yong'oqcha
Sho'radoshlaming keng tarqalgan vakillaridan biri oddiy
lavlagidir (61-rasm). Oddiy lavlagi lavlagi turkumiga mansub
ikki yillik o'simlik. U urug'dan chiqqan binnchi yili uzun
bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo'g'onlashgan
ildiz (ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayda bargli,
sershox, uchi to'pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi.
U may oyida gullaydi. Gullari mayda. Gulqo'rg'oni oddiy,
gulkosacha: , changchilari 5 ta. Urug^hj^ 3 ta mevabargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Lavlagining
mevasi - sentabrda pishadi. Mevasi
yong'oqcha.
Sho'radoshlaiga mansub ismaloq turkummng
0 'zbekistonda 2 tuii o'sadi.
Ulardan bin rezavor ismaloq bo'lib, u ziravor o'simliklar
qatorida ekiladi poya va barglari ovqatga ishlatiladi Ikkinchisi
Turkiston i3malog'i. U bir yillik, ikki uyli begona o't.
Qumli cho'llarda saksovul turkumiga oid oq va qora
saksovul o'sadi. Bulaming ikkalasi ham uncha yirik
bo lmagan daraxtlardir. Barglari juda mayda. Saksovullar
manning oxiri -aprelning boshlarida o'sa boshlaydi va gullaydi.
Sentabrning ikkinchi yarmidan boshlab saksovullarning
mevalari yetiladi. 5 ta gulqo'rg'on bargchalardan qanotcha
o'sib chiqadi.
Saksovul barglarining deyarli yo'qolib ketishi va bir yillik
novdalardan bir qismining to'kilishi uning issiq va quruq
cho'l sharoitida yashashga moslashganligining belgisidir.
Saksovulning poyasi qimmatbaho yoqilg'i, t ir yillik
novdalari va mevalari chorva mollar uchun ozuqa hisoblanadi.
Bundan tashqai., saksovullar ko'chma qumlami mustahkamlashda
keng qo'llaniladi.
Sho'radoshlaming ko'pchilik turlari gipsli va sho'rli cho'l
o'tloqlaridagi asosiy yem-xashak o'simliklari qatoriga kiradi.
Masalan, teresken, izen, sho'rak, donashotr turkumlariga
oid o'simliklami tuyalar va qorako'1 qo'ylari kuzda ishtaha
bilan yeydi. Izen, cholglon va keyreukni madaniy yem-xashak
o'simliklari qatoriga kiritish ustida 0 'zbekiston Fanlar
akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazida
ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Cherkezning bargi
va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda qon bosimini
pasaytirish uchun ishlatiladi. Itsigakdan olinadigan zaharli modda - anabazin qishioq xo'jaligiga zarar keltiruvchi
hasharotlarga qaishi kurashda qo'llanadi.
 zbekistonda sho'radoshlar oilasiga mansub 44 turkumga
oid 21)0 ga yaqin tur o'sadi (62-rasm).
Bu oilaga mansub 8 ta tur Rrspublika Qizil kitobiga kiritilgan.