35-. GULXAYRIDOSHLAR OILASI

Bu oilaga asosan tropik, qisman mo'tadil iqlimli mintaqalarda
tarqalgan 70 turkumga mansub 900 o'simlik turi
kiradi. 0'zbekistonda gulxayridoshlarga mansub 7 turkumga
oid 27 tur o'simlik o'sadi.
Gulxayridoshlarga, asosan o'tlar, qisman butalar va
daraxtlar kiradi. Ildizi o'qildiz tizimli. Poyasi asosan tik.
Barglari oddiy, uzun bandli, panjasimon tomirli, butun
yoki o'yilgan, ko'pincha panjasimon bolakli. Gullari barg
qo4tig'ida yoki shoxlar uchidagi to'pgulda bittadan joylashgan,
to'g'ri, ikki jinsli. Gulkosachasi 5 ta gulkosabargning
qo'shilishidan hosil bo'lgan. Ko'pchilik vakillarida kosacha
ikki qavatli. Bunda ostki gulkosacha, erkin holdagi yoki
qo'shilgan gulbargchalardan tashkil topgan. Gultojbarglari 5
ta, erkin. Changchilari ko'p, iplari bir-biri bilan qo'shilib,
urug'chini o'rab turadi. Umg'chisi bitta. Mtvasi 3'5 uyli
ko'sak yoki bir urug li juda ko'p mevachalaiga bo'linadigan
yig'ma meva.
Gulxayridoshlarning  p tarqalgan vakillaridan biri
yerbag'ir tugmachaguldir (63-rasm). U bo'vi 10'40 sm
keladigan, bir yillik begona o't. Uni barcha sug'oriladigan
yerlarda, ariqlar bo'yida va ekinlar orasida uchratish
mumkin. Poyasi sershox, yer bag'irlab yoki yonboshlab
o'sadi. Barglari uzun bandli, yaprog'i deyarli yumaloq,
cheti 5'7 ga bo'lingan. Gullari baig qo'ltig'ida o'mashgan.
Gultojbarglari 5 ta, erkin, gulkosachabarglarga nisbatan 2
marta uzun. Changchilari ko'p, iplari birikkan, urug'chini
o'rab turadi. Urug'chilari ham ko'p (12'16).
Yerbag'ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gullaydi.
Mevasi quruq meva, 12'16 ta mevachadan tashkil topgan.
Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug'i xalq
tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Bu turkumga oid turlardan 6 tasi O zbekistonda o'sadi.
Bulaming hammasi ham begona o'tdir.
O'zbekistonda oilaning tabiiy
holda o'sadigan tugmachagul,
gulxayri, dag'al kanop, bo'ritaroq
kabi turkumlari bor.
Daryo va ko?llar sohilidagi
to'qaylarda, sernam yerlarda
dorivor gulxayri o'sadi. U gulxayri
turkumiga oid, bo'yi 70'150 sm
keladigan ko'p yillik o't.
Ildizidan tayyorlangan damlama
:lrr. iy tabobatda yo'talga qarshi ishlatiladi.
Respublikamizda ekiladigan, gulxayridoshlarga mansub
o'simliklar orasida g?o?za asosiy o?rinni egallaydi.
0'zbekistonda g?o?za turkumiga mansub asosan 3 tur
o?sadi. Bulaming hammasi ham bir yillik, madaniy o?simlik
sifatida o?stiriladi.
1. Jaydari g'o'za' ko'saklari mayda. Tolasi mallarang,
qisqa va dag'al. Vatani Afrika, Ocrta Osiyoda eramizdan oldingi
davrlardan boshlab to 1925-yilgacha ekilgan. Hozirgi vaqtda
uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin.
2. Meksika g'o'zasi yoki oddiy g'o'za. Ostki gulkosachabarglari
3 ta. Gullari yirik, gultojbarglari och-sariq,
tubi qizil, dog?siz. Ko?saklari yirik, 4'5 chanoqli, yaxshi
ochiladi, tolasi mayin, uzun, oq, bazan qo?ng?ir rangda.
Vatani Markaziy Amerika. 1925-yildan beri 0'zbekiston
dehqonchiligida asosiy o'rinni egallab kelmoqda. Hozir
0 ?zbekistonda shu tur asosida yetishtirilgan ko?plab navlar
ekiladi.
3. Misr g'o'zasi yoki Barbadoss g?o?zasi. Ostki gulkosachabarglari
ham 3 ta. Gullari yirik, gultojbarglari sapsariq
' limon rangida, tubida qizil dog?i bor. Ko?saklari yirik,
3'4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o?xshash
mayin, och sariq. Vatani Janubiy Amerika (Peru,
Kolumbiya, Braziliya). 0'zbekistonda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaiyo
viloyatlarida ekiladi. Hamma ingichka tolali g'o'za
navlari va Misr g'o'za ;i shu turga taalluqlidir.
Respublika iqtisodiyotida tutgan o'rniga ko'ra
gulxayridoshlar oilasi vakillari orasida g'o'za alohida o'rinda
turadi. Seleksioner olimlarimiz tomonidan g'o'zaning serhosil,
tezpishar, tolasi uzun va pifchiq,, qurg oqchilikka, tuzga hamda
kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Bu navlardan
yil sayin mo'l hosil olinmoqda. Paxta xomashyosidan xalq
xo'jaligining turli sohalarida foydalanib kelinmoqda.
0'zbekiston paxta yetishtirish bo'yicha dunyoda o'zining
salmoqli o'miga ega.
Gulxayridoshlarga mansub tolali o'simliklardan yana biri
bo'ritaroq turkumiga mansub kanopdir.
0'zbekistonda kanopdan tashqari bo'ritaroq turkumiga
oid yana 5 ta tur kiradi.
Bu oilaga kiruvchi o'simliklar gulkosachasining tagida
oslk gulkosachabarglarning borligi, changchilarining
qo'shilib osganligi bilan ajralib turadi.