36-. BURCHOQDOSHLAR
(DUKKAKDOSHLAR) OILASI

Burchoqdoshlar oilasiga Yer sharining deyarli barcha
qismida tarqalgan 400 turkumga oid 12 000 ga yaqin tur
o'simlik kiradi. Respublikamizda burchoqdoshlarga oid 57
turkumga mansub 470 dan ortiq turdagi osimiik o'sadi.
Bu oila vakillarining ko'pchiligi bir, ikki va ko'p yillik
o'tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta,
buta va daraxtlar uchraydi.
Oila vakillarining ildizi - o' q ildiz tizimli. Ildizida
tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu
o'simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o'zlashtiradi.
Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik
o'suvchi, ilashuvchi, o'ralu\chi yoki yotib o'suvchi bo'iadi.
Barglari ko'pincha murakkab, bazan oddiy, hamisha
yonbargchali, poyada ketma-ket o'mashgan. Gullari qivshiq,
ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to'pgulga joylashgan.
Gulkosachasi yarmigacha qo'shilgan 5 ta gulkosachabargdan
tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo'lib, 5 ta
gultojbargdan hosil bo'lgan. Ulardan ustidagi yirikrog'i
yelkan yoki bayroqcha deb ataladi; ikki yoniga
joylashgani qanotcha yoki eshkak deyiladi. Bir-biri bilan
qo'shilgan bir juft ostki gultojbarg esa qayiqcha deyiladi.
Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan
qo shilib ketgan, o'ninchis esa erkin, urug'chisi 1 ta. Mevasi
dukkak.
Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan
o'simliklardan biri o'tIoq sebargasidir (64-rasm).
0 'tloq sebargasi bo'yi 25-50 sm keladigan ko'p yillik
o't. U asosan tog- etaklarida, daryolar va ariqlarning
bo'ylarida, qisman begona o't sifatida sug'orilaa.gan ekinlar
crasida uchraydi.
Barglari uzun bandli, uch yaproqchali.
Gullari mayda. 2-3,5 sm keladigan
kallakcha shaklidagi to'pgulga
joylashgan. Dukkag. bir urug'li. tuxumsimon,
uzunligi 1,5-2 mm.
0 'zbekistonda sebarga turkumining
7 ta turi o'sadi. Bulaming hammasi
yuqori sifatli oziqbop va guli asalshiraga
boy o'simliklar hisoblanadi. Ko'pchilikka tanish, burchoqdoshlarga mansub o's:mi'klar
qatoriga yantoq ham kiradi.
Yantoq asosan tog' etaklaridagi tekisliklarda, qir va
cho'llarda o'sadi, respublikamizda yantoq turkumiga oid 4 ta
tur tarqalgan.
Yantoqning yoshi oshgan sari uning ildizi ham
chuqurlikka va yoniga qarab uzaya boradi. Chuqurlikka qarab
o'sgan ildiz ko'p vaqt o'tmay yer osti suvlariga yetib boradi.
Shuning uchun unga uning boshi olovda, oyog'i esa suvda
deyishadi.
Yantoq bebaho, to'yimli oziqbop o'simiik. U qorako'
lchilik o'tloqlarining asosiy o'simliklaridan bin hisoblanadi.
Yantoqning guli asal-sli raga boy.
Yozning issiq kunlarida yantoqdan shakar ajraladi. Respublikamiz
aholisi qadimdan va hatto urush yillarida ham
yantoq shakaridan foydalanishgan.
Tabiatda burchoqdoshlaming turli maqsadlarda ishlatiladigan
isirg'ao't, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak (65-
rasm), astragal, burchoq, beda kabi turkumlarining turlari
o'sadi.
Bu oilaning madaniy o'simliklari - mosh, no'xat, loviya,
soya va yasmiq alohida ahamiyaiga ega.
Respublikamizning sug'or adigan yerlanda burchoqdoshlar
oilasiga kiruvchi yeryong'oq va
boshqalar ekiladi. Bu o'simlikning
yillik o't, barglari juft patsimon
murakkab. Guli to'q sariq,
dukkagi ch o 'ziq. Gullari
changlamo va urug'lanib boigach
gulli novdalari qayrilib tuproq
ichiga kiradi va meva hosil qnadi.
Respublikarmzning shahar va
qishloqlaridagi istirohat bog'larida,
xiyobonlarda va ko'chalarda
vatani Braz.liya. Yeryong'oq bir
manzarali daraxt sifatida ekiladigan o'simiiklardan tuxumak (Yapon saforasi), tikan
daraxt va oq akatsiya burchoqdoshlar oilasiga kiradi.
Burchoqdoshlar oilasi 0 'zbekiston Respubiikasining Qizil
kitobiga kiritilgan o'simliklarga boyligi, yani 60 tumi
o'z ichiga olishi bilan alohida o'rinda turadi. 'lurlar sonining
ko pligi jihatidan astragal (37 tur), oksitrops (13 tur) va
tangao't (8 tur) turkumlari ajralib turadi