17-. ITUZUMDOSHLAR OILASI

Ituzumdoshlar oilasi yer kurrasining mo'tadil iqlimli
mintaqasida va tropiklarda keng tarqalgan. U 80 turkumga
oid 3000 ga yaqin tumi o'z ichiga oladi. 0'zbekistonda
96
ituzumdoshlarga mansub 11 turkumga oid 36 tur o'simlik
o'sadi.
Ituzumdoshlaming ko'pchiligi bir yillik va ko'p yillik o'tlar,
qisman yarim butalar yoki butalardir. Ildizi - o'qildiz
tizimli. Poyasi tik, yonboshlab yoki yotib o'suvohi, bazan
shakli  zgargan yer osti novdalarini hosil qiladi (rnasalan,
kartoshkada). Barglari oddiy. butun yoki bo'lingan. Gullari
to'g'ri, ba zan biroz qiysh.q, ikki jinsli, yakka-yakka holda
barglar qo'ltig'ida yoki shoxlar uchidagi gajak to'pgullarda
jovlashgan. Kosachasi bir-biri bilan qo'shilgan 5 ta
gulkosHchabargdan tashkil topgan. Gultoji yarmigacha yok:
uchigacha bir-biri bilan qo'shilgan 5 ta gultojbargdan tashkil
topgan, turlicha rangda. Changchilari 5 ta. gultojbargining
qo'shilishidan hosil bo'lgan nayga o'mashgan. Unig'chi>; Ditta.
Me\ asi rezavor meva yoki ko'sakcha.
Ituzumdoshlarga mansub yowoyi turlaming  pchiligi
begona o'tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora
ituzum ham bor (66-rasm).
Qora ituzum ituzum turkumiga oid bir yillik o't. Uni paxtazorlarda,
polizlarda va boshqa ekinzorlarda, tashlandiq
yerlarda va hatto yo'l yoqalarida ham uchrabsh mumkin.
Qora ituzumning bo'yi 25-50 sm. Poyasi sershox. Barglari
oddiy, uzunchoq tuxumvmon. Gullari oq sh, shoxlari uchidagi
gajak to'pgullarda 3 tadan 10 tagacha gul joylashgan.
Gulk< )sachasi va gultoji 5 bo'lakli. Changchilari 5 ta. Urug'chisi
1 ta. Qora ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq uiguncha
gullayveradi. Sharsimon rezavor mevalari avgustning oxirida
qorayib pishadi. Mevalari ѻ
darmondor ga boy, undan xalq
tabobatida foydalaniladi. 0'zbekistonda
ituzum turkumiga oid 10
turdagi o'simliklar o'sadi. Bulardan
kartoshka va baqlajon sabzavot ekini
sifatida ko'p ekiladi. Ituzumdoshlardan keng tarqalgan
begona o'tlar qatoriga mingdevona
(67-rasm) va bangidevona turkumlari
ham kiradi.
Bulaming har ikkalasi ham qo'lansa
hidli, o'ta zaharli, shu bilan bir
qatorda dorivor o'simlik hamdir. Ularm.
ig barglari aralashgan pichanni yokj
urug'lari aralashgan yemni yegan
mol zaharlanadi.
0'zbekistonda mingdevona turkumiga oid 5 ta tur,
bangidevona turkumiga oid esa 4 ta tur o'simlik o'sadi.
Ituzumdoshlaming 0'zbeKistonda ko'p ekiladigan vakillaridan
yana biri pomidordir. Ituzumdoshlarga garmdori
(qalampir), chilim tamakisi va maxorka tamakisi ham kiradi.
Tamaki barglari maxorka, papiros, sigara, zararli hasharotlami
nobud qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlash
uchun ishlatiladi. Barglari tarkibida kishining asab va
qon-tomir tizimiga (sistemasiga) zararli tasir qiluvchi zaharli
modda - nikotin bor.
Ituzumdoshlar oilasidan faqat bitta tur - Oloy xiyoli 0'zbekiston
Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. U Shohimardon
va So'x daryolari vohalari (Farg'ona viloyati)da o'sadi.